Kupayish organlari tizimi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi




Download 50.35 Kb.
bet5/9
Sana14.04.2023
Hajmi50.35 Kb.
#51129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Marfologiya Ma\'ruza№13
xamdamov iti prezintatsiya new, 46-51, Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari, 1-Topshiriq(1), 10 - маъруза (4), Планы, Тақдимот учун-2, Mavzu Ochlovchi moddalar saqlagan dorivor simliklar, Bug‘latish qurilimalarining klassifikatsiyasi Tayanch iboralar , 1 БОБ (1), 2-Mavzu Zamonaviy kompyuter va ularning arxitekturasi. Reja-fayllar.org, 18.04.2023 maktab to\'garak, Psixologiya, result-1
Jinsiy a’zo
Jinsiy a’zo - penis murakkab tuzilgan bo’lib, muhim vazifa bajaradi: urug’donda tayyorlangan jinsiy hujayralarni urg’ochi hayvonlar jinsiy organiga kiritish, shuningdek, siydik chiqarish uchun xizmat qiladi. Jinsiy a’zoning orqa qismi uning negizi deyiladi, bu qism tos suyagining quymich bo’rtigidan boshlanadi va shu joyda ikkita oyoqcha - crura penis hosil qiladi. Oyoqchalarning har qaysisi quymich – kovak muskuli - m. ischocavernosus bilan qoplangan. Ereksiya vaqtida bu muskulning ahamiyati katta bo’lib, venoz qonning oqishini to’xtatadi. Jinsiy a’zoning oyoqchalari birlashib, jinsiy a’zo negizi - radix penis ni hosil qiladi. Negiz baquvvat ko’tarib turuvchi qisqa ikkita pay - lig. Suspensoria bilan quymich suyagi chokiga birlashib turadi: kovak tana oq pardadan tuzilgan, undan bir qancha to’sqich ipchalar tarqalib, g’alvir shaklini hosil qiladi. Ereksiya vaqtida ana shu g’alvirsimon bo’shliqlarga qon quyiladi. Natijada jinsiy a’zo uzayadi, kengayadi va qattiq holatga keladi. Bunda urug’ hujayralarni urg’ochi hayvonlar jinsiy a’zosiga kiritish uchun qulaylik tug’iladi.
Jinsiy a’zo tos suyagining qov gumbazidan (bo’rtig’idan) boshlanib, oraliq sohasi va orqa oyoqlar orasidan kranioventral yo’nalishda o’tadi. Uretra penis o’rtasida joylashgan bo’lib, kavernoz erektil to’qima (kavernoz tana, kovak penis) bilan o’ralgan. Kavernoz tana proksimal ya’ni jinsiy a’zoning piyozchasimon – kovak muskulga va jinsiy a’zoning boshchasiga qarab yo’g’onlashadi. Jinsiy a’zoning ikkita erektil oyoqchalari qov suyagi gumbaziga maxkamlanib, penis negizini hosil qiladi. Uretra shu oyoqchalar orasida o’tadi. Kavernoz erektil to’qima biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, kovaklar ichi endoteliy bilan qoplangan
Jinsiy a’zoning distal qismi qorin devorining ventral sohasida jun bilan qoplangan teri burmasining (preputsiy) ichida joylashadi. Preputsiyning ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan bo’lib, uning tarkibida smegma ishlab chiqaradigan bezlar joylashadi. Qovushish paytida preputsiy orqaga siljiydi va penis boshchasini ochadi. Erkak mushuklarning preputsiyi itlarnikiga o’xshaydi, ammo uning teshigi orqa chiqaruv teshikdan pastroqda ochiladi.


Download 50.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 50.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kupayish organlari tizimi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi

Download 50.35 Kb.