Dunyo miqyosida oltinning qazib olinishi




Download 44.33 Kb.
bet4/8
Sana28.09.2023
Hajmi44.33 Kb.
#85088
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Fan Mineralogiya va Geokimyo Mavzu-www.hozir.org
MUSTAQIL ISH 111111111111, N. M. Meliqulov, S. Q. Toshev, kompyuterni tashkil etish, 0000000, Antropologiya, 50ta fe\'l, 1, kompyuter xavfsizligini taminlash, 5106 mustaqil ish, ElKIC4WmZ5UORZLnYGtqHNKODlPzGhVrb6474YOb, moliya, 17-mavzu, 3-Amaliy mashg'ulot (1), 1-MI diskret tuzilmalar
Dunyo miqyosida oltinning qazib olinishi
Oltin sof temir bilan birga birinchi metall sifatida qadimdan insoniyatga ma'lum. O‘zining jozibadorligi va jilosi bilan odamlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan bu metall eramizdan avvalgi 8000-12000 yillarda qazib olina boshlagan. O‘sha davrdayoq oltin taqinchoq, zeb-ziynat va boshqa maishiy jihozlar ishlab chiqarishda ishlatilgan.
Qadimgi asrlarda oltin va kumush Yevropa va Yaqin Sharq, Xitoy, Hindiston xalqlari tomonidan ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan va ishlatilgan. Qadimgi grek va rimliklarda oltin qazib olish yuqori darajada bo‘lgan.
Qadimgi zamonda asosiy oltin qazib olish markazlari: Afrika, Kichik va O‘rta Osiyo, Ispaniya, Kavkaz, Vengriya, Chexiya, Armaniston va Ural, Sibirning tog‘li rayonlari hisoblangan. Qadimgi vaqtda quldorchilik va feodal muhitida oltin qazib olish, qayta ishlash faqatgina qo‘l mehnati yordamida amalga oshirilgan. Ruda bo‘laklarini maydalash ham qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Oltinning yirik bo‘lakchalarini ushlab qolish hayvonlar terisi va tarnovlarda yuvish bilan amalga oshirilgan.
O‘sha davr taraqqiyotidan bizgacha metallarni eritish, oltin va kumush qo‘rg‘oshin qotishmasidan kupellash usuli bilan ajratib olish, hamda kislotalar yordamida oltinni ajratib olish usullari yetib kelgan. Bundan tashqari, oltinni yog‘li yuzaga ushlab qolish va ajratib olish usuli eramizdan avvalgi 5000-yillarda ma'lum bo‘lgan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, bundan 2000 yil oldin oltinni ajratib olish uchun amalgamatsiya usuli ishlatilgan.Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlar rivojlangan o‘rta asr davrida oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davrida oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davriga kelib, ayniqsa Amerika qit'asi ochilgandan so‘ng, oltin qazib olish sezilarli oshdi. O‘sha paytda qazib olish ishlarida bir qancha o‘zgarishlar qilindi, jumladan, sochma konlarni gidravlik usulda yuvish, ruda suv usulida yanchish, so‘ngra tarnovlarda yuvish, amalgamatsiya jarayonlari tatbiq qilina boshlandi. Qadimgi va o‘rta asrda qazib olingan oltin mikdori127000 tonnani tashkil etdi.
XVII asrda oltin qazib olish asosan Braziliya hisobidan oshdi, chunki o‘sha payt bu mamlakatda ko‘plab oltinning sochma konlari topilgan edi. XIX asr 1-yarmida Rossiya davlati oltin qazib olish bo‘yicha yetakchilikka da'vogarlik qildi, chunki shu davrda Ural va Sibirning oltinga boy sochma konlari ochilib o‘zlashtirishga kirishildi. Savdoning rivojlanishi, texnika va sanoatning taraqqiy etishi oltin va kumushga bo‘lgan talabni oshirdi, bu esa o‘z navbatida Yangi konlar izlab topish va ochish sabab bo‘ldi. Kaliforniya (1848 y) va Avstraliya (1851-y) ning boy sochma konlarining ochilishi va tug‘ma oltin konlarning topilishi oltin olishining sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi.
Biroq bu o‘sishdan so‘ng, ko‘p o‘tmay XIX asr 2-yarmida oltinga boy sochma konlarning o‘zlashtirilib bo‘lishi natijasida bu metall qazib olish miqdori kamaydi. Oltin qazib olish miqdorini ko‘paytirish maqsadida bir qancha texnik qurilmalar zamonaviylashtirildi, jumladan, sochma konlardan qazib olish va yuvish ishlari mexanizatsiyalashtirildi, bu o‘z navbatida avval nosanoat deb hisoblangan kambag‘al sochma oltin konlarini ochilishi va o‘zlashtirilishiga olib keldi. Sulfidli ruda va konsentratlarni qayta ishlash uchun amalgamatsiya fabrikalari qurildi. Sulfidli rudalarni qayta ishlashda shteynga eritib olish va keyinchalik metall olish usullari ishlatila boshlandi.
Oltin ishlab chiqarish sanoatida ayniqsa ahamiyatli va uzoq ko‘tarilish 1890 yildan kuzatila boshlandi. Bu davrda JARning dunyodagi eng yirik va boy oltin konlari ochildi va o‘zlashtirila boshlandi. Bir vaqtning o‘zida Hindiston (1880y) va Alyaska ( 1890 y) da oltin konlari ochildi . 1843 yilda rus olimi Bagration tomonidan kashf etilgan rudalardan oltinni ajratib olish uchun sianlash jarayonini sanoat miqiyosida ko‘llanishi oltin qazib olishda muhim o‘rin tutardi. Bu yuqori samarali usul butun dunyo miqiyosiga yoyildi va hozirda oltin ajratib olishda eng ko‘p ishlatiladigan va asosiy gidrometallurgik jarayon hisoblanadi. Rossiyada siyanlash jarayoni 1897-98 yillarda Berezov va Kochkar korxonalarida birinchi bo‘lib qo‘llanildi.
XX asrda dunyoda oltin qazib olish sanoti bir tekis taraqqiy etmadi. Asrning boshlanishidagi tez sur'atlar bilan o‘sishni 1914-1918 yillardagi 1-jaxon urushi sekinlashtirib qo‘ydi. 1914 yildagi oltin qazib olish sur'atiga faqatgina 1934 yilda erishilib 1940 yilgacha davom etdi. So‘ngra, 2-jaxon urushi boshlanishi munosabati bilan yana oltin qazib olish sur'ati kamaydi, 1970-yilgacha oltin kazib olish miqdori sekinlik bilan o‘sdi. Oxirgi yillarda oltin qazib olish miqdori dunyo bo‘yicha kamaydi, lekin 1982-1999 yillarda biroz kutarilish kuzatiladi.
Oltin qazib olishning tezkor suratda usish davri urushdan keyin 1970yilda Janubiy Afrika Respublikasi hissasiga to’g’ri keldi, unga asosan 1 yilda JAR 1000,3t oltin qazib olib, bu butun dunyoda qazib olingan oltinning 80%ni tashkil qildi. So’nggi yillarda JAR oltin qazib olish hajmi 450-500t gacha qisqardi. Shuningdek 2-jahon urushidan so’ng AQSH va Kanadada ham oltin qazib olish hajmi ancha qisqardi.1995-98yy.larga kelib esa oltin ishlab chiqarish sanoati yangi oltin qazib olish fabrikalari hisobidan oshdi, bu AQSH, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Papua Yangi Gvineya davlatlari hissasiga to’g’ri keldi. Ayni vaqtda oltin qazib olish bo’yicha 1-o’rinni JAR, 2-o’rinni AQSH, 3-o’rinni Avstraliya, 4-o’rinni Kanada, 5-o’rinni Xitoy egallagan.
Oltinning katta qismi(94-96%)rudalardan qazib olinadi, 2,5-3% esa yo’ldosh usulda boshqa rangli metallarni olish vaqtida qazib olinadi. Biroq yetakchi kapitalistik davlatlar hisoblangan Kanada va AQSHda bu ko’rsatgich 20-25-30%ni tashkil qiladi.

So’nggi yillarda jahon miqyosida oltinga bo’lgan talabning oshishi ko’p miqdorda oltin zahiralarining vujudga kelishiga imkon yaratdi. Jahon iqtisodiyotida ikkilamchi resurslarning qo’llanilishining tinimsiz o’sishiga olib keldi. Oltin zaxiralari taxminan quyidagicha taxsimlanadi: 60% davlat g’aznasida(banklarda), 20% - xususiy qo’lda(tuplanishi) va 20% -qimmatbaho buyumlar holatida(zargarlik va tasviriy ishlanmalar kurinishida) va sanoat mahsulotlari shaklida.


Hozirgi vaqtda oltin metallurgiyasi oldida murakkab tarkibli atalmish sulfidli, mishyakli, surmali va glinali rudalardan oltin va boshqa metallarni to’liq ajratib olish yangi rivojlangan usullar evaziga amalga oshirilmoqda. Bo’tanalardan oltinni sorbsiya usulida ajratib olish keng miqyosida qo’llanilmoqda. Rangli metallarni yo’ldosh usulda qazib olish hajmi yanada kengaymoqda. Oltin ajratib olishning MDH davlatlarida tarqalishi taxminan quyidagicha ko’rinishga ega: rudadan 50%, sochma konlardan 40%, yo’ldosh usulda qayta ishlash 10%ni tashkil qiladi. Ayni vaqtda oltin qazib oluvchi zavodlarning zaxirasi bo’yicha, ruda tarkibidagi oltin miqdori bo’yicha, ishlab chiqarish hajmi bo’yicha va 1gramm oltin olish uchun tan narxiga oid ko’rsatgichlar quyidagi jadvalda keltirilgan.(3-Jadval).
Oltinning eng yaqin xususiyatlarini o‘zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab-chiqarish va xalq xo‘jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o‘rinda turadi. Oltin o‘zining o‘zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomalasi o‘rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jahon banklaridagi boylik jamg‘armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Davlatlararo tovar ayirboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.



Download 44.33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 44.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dunyo miqyosida oltinning qazib olinishi

Download 44.33 Kb.