• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Kurs ishi Fan: Mineralogiya va Geokimyo Mavzu




    Download 44.33 Kb.
    bet8/8
    Sana28.09.2023
    Hajmi44.33 Kb.
    #85088
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kurs ishi Fan Mineralogiya va Geokimyo Mavzu-www.hozir.org
    MUSTAQIL ISH 111111111111, N. M. Meliqulov, S. Q. Toshev, kompyuterni tashkil etish, 0000000, Antropologiya, 50ta fe\'l, 1, kompyuter xavfsizligini taminlash, 5106 mustaqil ish, ElKIC4WmZ5UORZLnYGtqHNKODlPzGhVrb6474YOb, moliya, 17-mavzu, 3-Amaliy mashg'ulot (1), 1-MI diskret tuzilmalar
    Sarmich oltin koni - Nurota tumanida, Qoratogʻning markaziy qismida joylashgan kon. 1968—73 yillarda konning uchta uchastkasida 15 ruda tanalari oʻrganilib, istiqbolliligi aniqlangan. Ruda tanalari kvarsli tomirsimon, baʼzan diorit va porfirit daykalaridan iborat, uz. 50 m dan 250 m gacha, qalinligi 0,6 m dan 6,0 m gacha. Rudali minerallar pirit, arsenopirit, galenit, kamroq miqdorida pirrotin, xalkopirit, markazit, oltin va kumush telluridlaridan hosil boʻlgan. Atrofdagi jinslar, asosan, kvars, kalsit, albit, xlorit, seritsit kabi minerallardan tarkib topgan. Rudalarda foydalai komponentlarning maʼlum qismi (oltinning 80— 90%, kumushning 50 — 66%) erkin holda boʻlganligi tufayli ularni ajratib olish jarayoni osonlashadi. Sarmich oltin konik.da oltin va kumushdan tashqari kamroq miqdorda qoʻrgʻoshin ham sanoat ahamiyatga ega boʻlgan komponent deb belgilangan. Sarmich oltin konik. 1980 yilgacha qisman qazib olingan.

    Xulosa
    Oltin tabiatda keng tarqalgan boʻlib, otqindi, effuziv, metamorfik, choʻkindi togʻ jinslarida uchratiladi va oltin rudalari konlarini gidrotermal jarayonlar natijasida paydo boʻlishida ishtirok etadi. Oltinning suvda eruv-chan birikmalari (xloridlari, gidro-sulfidlari va boshqalar) Yer poʻstining pastki gorizontlari yoki yuqori man-tiyadan gidrotermalar bilan olib chiqilib, kvars tomirlarining avval shakllangan yoriqlarida Fe, Cu, Pb, Zn, Bi, As, Sb, Ag sulfidlari va shu elementlarning telluridlari bilan birgalikda kristallanadi. Mis kolchedani va qoʻrgʻoshin-rux sulfid konlari shakllanishida Oltin ishtirok etib, ularning orasida yupqa dispersli donachalar hosil qiladi. Xuddi shu tarzda magma-tik genezisli mis-nikelli sulfid rudalarda ham Oltinning qoʻshimchalari paydo boʻladi. Gipergenez zonalarda oltin qisman qayta choʻkib, sulfid ruda tanalarini yuqori qismini qoʻshimcha boyitadi. Ruda tanalarining keyinchalik yemirilishi bilan yuzada joylashgan oltin avval birga bogʻlanib turgan agregatlardan ajralib va suv oqimlari bilan chiqarilib toʻplanganda sochma oltin konlarini hosil qiladi. Bu jarayon mobaynida oltin zarrachalari silliqlanadi, elektrokimyoviy korroziya natijasida ularning yuzasidagi Ag yemirilishi bilan Oltinning probasi oshadigan qatlam hosil boʻladi. Oltin rudali konlarni hosil qiluvchi asosiy mineraldir.

    Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stansiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o‘tga va kislotaga chidamli asbob-uskunalarda ishlatiladi. Oltin va uning qotishmalari samalyotsozlik va raketasozlikda yuqori sezgirlikka ega elementlarni oksidnashini oldini olish uchun qo’llaniladigan dastgohlarda ishlatiladi: olovbardosh qotishmalarni payvandlashda, raketasozlikda, reaktiv dvigatellarda, yader reaktorlarida, kosmik kemalarda keng qo’llaniladi. Turli xildagi radio va rentgen dastgohlari ishlab chiqarishda elektronika va elektrotexnikada keng qo’llaniladi.



    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. “Nodir metallar metallurgiyasi” fanidan ma’ruzalar matni. S.R. Xudoyarov, S.T. Matkarimov, S.Q. Nosirxo’jayev. Toshkent. ToshDTU, 2020.-200


    2. "Mineralogiya" Qo'shmurodov O. Toshkent-2005.


    3. https://hellcomics.ru


    4. https://naborkin.ru


    5. https://uz.m.wikipedia.org




    http://hozir.org
    Download 44.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 44.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi Fan: Mineralogiya va Geokimyo Mavzu

    Download 44.33 Kb.