• Qizilolmasoy oltin koni
  • Kurs ishi Fan: Mineralogiya va Geokimyo Mavzu




    Download 44.33 Kb.
    bet7/8
    Sana28.09.2023
    Hajmi44.33 Kb.
    #85088
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Kurs ishi Fan Mineralogiya va Geokimyo Mavzu-www.hozir.org
    MUSTAQIL ISH 111111111111, N. M. Meliqulov, S. Q. Toshev, kompyuterni tashkil etish, 0000000, Antropologiya, 50ta fe\'l, 1, kompyuter xavfsizligini taminlash, 5106 mustaqil ish, ElKIC4WmZ5UORZLnYGtqHNKODlPzGhVrb6474YOb, moliya, 17-mavzu, 3-Amaliy mashg'ulot (1), 1-MI diskret tuzilmalar
    Qoʻshbuloq oltin koni - Angren shahridan 15 km jan.da, Qurama tizmasining shim. yon bagʻridagi kon. 1959 yilda topilgan. 1966 yildan oʻzlashti-rilmoqda. Konning maydoni 10 km2. Oʻrta karbon davriga mansub andezit-datsit formatsiyali, qalinligi 2,5 km gacha boʻlgan vulkanogen yotqiziqlari qoplamidan tarkib topgan Qoʻshbuloq kalderasida rivojlangan. Rudalanish kvars-sulfidli tomirlarda va kvarslanish zonalarida sodir boʻlgan. Mineral tarkibi boʻyicha oltin-sulfid-kvarsli telluridli formatsiyaga tegishli. Rudalarning tarkibida koʻproq kvars va kamroq miqdorda karbonat, seritsitlardan tashqari, turli sulfidlar va kam darajada sulfatuzlar, telluridlar, oksidlar, tugʻma elementlar mavjud. turli ruda tanalarida rudali minerallarning miqdori har xil (5 dan 15— 20% gacha). Konda oltin-sulfid-tel-luridli assotsiatsiya asosiy oltin mahsulotli hisoblanadi. Yertomir minerallari kvars, karbonat, seritsitlardan tashkil topgan. Asosiy rudali minerallar piryt, xira rudalar, oltin va kumushning telluridlari, tugʻma oltinlardir. Baʼzan qalay minerali (kassiterit) uchraydi. Kon rudalari majmuali: asosiy komponen-tlari oltin (13,4 g/t), kumush (112,4 g/t gacha); yoʻl-yoʻlakaylari mis (0,29%), selen (0,0004%), tellur (101,6 g/t), vismut (0,01%). Rudalar 32 ta yirik rudali strukturalarda mujassamlashgan, hozirgi vaqtda 120 tacha ruda tanalari aniqlab oʻrganilgan. Konda ruda tanalarining ikki morfologik turi mavjud. Birinchi turga uz. 632 m gacha boʻlgan va oʻzga-ruvchi qalinlikka (0,1 —10,2 m, oʻrtacha 3,8 m) ega boʻlgan, ruda notekis tarqalgan tomirlar va minerallashgan zonalar kiradi. Ular tik va qiya holda muvofiq yotadi. Ikkinchi turga murakkab geologik tuzilishga ega boʻlgan tik yotuvchi quvursimon tomirli tanalar yoki notoʻgʻri shaklli eksp-loziv brekchiyalar tanalari kiradi. Burgʻilash maʼlumotlariga koʻra rudalanish koʻlami 1500 m chuq.gacha boradi. Kondan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda. Chuqur gorizontlari va chekka qismlari hali yaxshi oʻrganilmagan.

    Qizilolmasoy oltin koni — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi kon. Angren shahridan shim.sharqda, Chatqol togʻlarining jan. yon bagʻrida joylashgan. Qizilolmasoy oltin konik. 1959 yilda ochilgan. 1975 yildan foydalanilmoqda. Konning umumiy maydoni 4 km2, uz. 10 km chamasi boʻlgan kuchli minerallashgan (qalinligi 350 m gacha) zonadan iborat. Qamrovchi jinslar andezitdatsit formatsiyadagi vulkanitlarning yupqa (150 m cha) gʻilofidan va zamini slanetslarning ksenolitlari boʻlgan granitoidlardan tashkil topgan. Sanoatbop rudalanish, asosan, 3 ta yirik ruda tanalarida rivojlangan boʻlib, oʻlchamlari yoʻnalish boʻyicha uz. 200 dan 600 m gacha, yotish qiyaligining uz. 1500 m ga yetadi; oʻrtacha qalinligi 15–20 m. Oltinkumushli rudalanish konning vulkanogengidrotermalli turiga mansub boʻlib, koʻp bosqichlarda shakllangan. Qizilolmasoy oltin konik.da 100 dan ortiq mineral va ularning turlari aniqlangan, ulardan 70 tachasi rudali hisoblanadi. Rudali tanalar kvars (rudali tana hajmiga nisbatan 50—85%) va ularning turlari — ametist (safsar), xalsedon hamda kaltsit (15—45%)dan tuzilgan. Seritsit, muskovit, kaolinit, ortoklazlar kamroq. Rudali minerallar, asosan, piritdan, kamroq xalkopirit, galenit, sfalerit hamda rudali tana hajmining 3 — 5 dan 35%gacha tashkil qilgan xira rudalardan iborat. Mineral tarkibiga koʻra, rudalanish oltinkvarsli kam sulfidli formatsiyaga tegishli, kam boʻlsada, bir qancha tugʻma elementlar (Ai, A§, Si, V1, R) va slanetslar mavjud. Rudalanish kvarsli tomirlarda va kvarslangan qamrovchi jinslarda chegaralangan boʻlib, oltinning oʻrtacha miqdori 8,2 g/t, kumushniki 59 g/t ni tashkil qiladi. Rudali tanalar 2 ta shaxta yordamida 615 m gacha chuqurlikda ochilgan. Qizilolmasoy oltin konik.dan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.


    Download 44.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 44.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi Fan: Mineralogiya va Geokimyo Mavzu

    Download 44.33 Kb.