Oltinning ruda va minerallari




Download 44.33 Kb.
bet3/8
Sana28.09.2023
Hajmi44.33 Kb.
#85088
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Fan Mineralogiya va Geokimyo Mavzu-www.hozir.org
MUSTAQIL ISH 111111111111, N. M. Meliqulov, S. Q. Toshev, kompyuterni tashkil etish, 0000000, Antropologiya, 50ta fe\'l, 1, kompyuter xavfsizligini taminlash, 5106 mustaqil ish, ElKIC4WmZ5UORZLnYGtqHNKODlPzGhVrb6474YOb, moliya, 17-mavzu, 3-Amaliy mashg'ulot (1), 1-MI diskret tuzilmalar
Oltinning ruda va minerallari
Oltin tarkibli rudalar moddiytarkibi bo‘yicha katta hilma-hillik bilantavsiflanadi. Ayrim rudalarning 90%massasini kvars tashkil etadi, boshqaturdagi rudalarda kvars bilan birga,rudalarda temir oksidlari (29% gacha),karbonatlar (20-30% gacha), barit (56-60 % gacha), turmalin (50% gacha)minerallari uchraydi. Oltin tarkiblirudalarda sulfid minerallarning (asosanFeS2, FenSn+1) miqdori keng chegaradao‘zgarishi mumkin 0 dan 80% gacha. Shunindek rudalarda ma’lum miqdorda boshqa minerallar va sig‘im poroda(granit, diorit, slanets va b.) ham uchraydi.
Oltin tarkibli rudalar, ruda tarkibidagioltinning granulometrik tarkibi va oltinni minerallar bilan assotsiatsiyalanganligi(minerallarning tarkibida mavjudligi) bilan, bir biridan farqlanadi.Texnologik nuqtai nazardan, oltin tarkibli rudalarning asosiy belgilovchitavsiflari quyilagilardir:- oltin bilan bir qatorda ruda tarkibida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganboshqa foydali komponentlarning mavjudligi;- sulfidli rudalarga nisbatan, oksidli rudalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi,ya’ni rudaning oksidlanish darajasi;- ruda tarkibida qayta ishlash texnologiyasini qiyinlashtiruvchikomponentlarning mavjudligi; - ruda tarkibidagi oltinning tavsifi, birinchi novbatda oltin donachalarningyirikligi.Tarkibida foydali komponentlarning mavdjudligi bo‘yicha rudalarquyidagilarga bo‘linadi: oltin rudalari; oltin-piritli rudalar; oltin-marg‘imushlirudalar; oltin-kumushli rudalar; oltin-misli rudalar; oltin-surmali rudalar; oltin-uranli rudalar; oltin-polimetallik rudalar.Oltin-polimetallik rudalarga, tarkibida oltindan tashqari ikki va undan ko‘psanoat ahamiyatiga ega qimmatbaho komponetlar (Cu, Pb, Zn, Ag, pirit, barit vab.) mavjud rudalar kiradi.
Tarkibida 60% dan ko‘p kvars va 12%gacha glinozyom bo‘lgan oltin tarkiblirudalar ko‘pincha pirometallurgikzavodlarda flyuslar sifatida qo‘llaniladi. Buturdagi rudalar oltin-kvarsli rudalar debnomlanadi, chunki bu rudalarda sanoatahamiyatiga oltin va kvars ega.
Oltin-qo‘rg‘oshinli, oltin-ruxli, oltin-tellurli, oltin-vismutli, oltin-volframli,oltin-baritli va oltin-tkrmalinli rudalar kam bo‘lganligi sababli, ular unchalisanoat ahamiyatiga ega emas va rudalarni sinflanishida hisobga olinmagan.
Oksidlanish darajasi bo‘yicha oltin tarkibli rudalar birlamchi (sulfidli),qisman oksidlangan (aralashgan) va oksidlangan turlarga bo‘linadi. Eng ko‘psanoat ahamiyatiga tarkibida 0,2 dan 90% gacha sulfidlarni mavjud bo‘lgan birlamchi rudalar ega. Ayrim rudalarda ma’lum miqdorda oksidlangan minerallar ham mavjud.
Oksidlangan rudalarning tarkibida ko‘p miqdorda temir oksidlar va boshqametallarning oksidlari mavjud. Bu rudalar turiga shlamli va tuproqli rudalarkiradi. Bu turdagi rudalarda sulfidlari yo‘q, yoki ularning miqdori judayam kamva amadiy ahamiyatga ega emas.
Qisman oksidlangan rudalarning tarkibida sulfid minerallar bilan birqatorda oksidlangan temir minerallari va boshqa metallarning oksidlanganminerallari mavjud.
Oltin tarkibli rudalarni qayta ishlash jarayonlarini qiyinlashtiruvchi rudatarkibidagi birikmalarga quyidagilar kiradi: mis (xalkopirit va xrizokoladantashqari) va surma minerallari, pirrotin, ko‘mirli moddalar, selen va tellurbirikmalari.
Oltinning kimyoviy birikmalari bo‘lgan minerallardan quyidagilar aniq:oltin telluridlari (kolaverit AuTe2, silvanit AuAgTe4, krennerit AuAgTe2, petsit Ag3AuTe2 va b.); aurostibit AuSb2.
Oltinning barcha aniqlangan mineral ko‘rinishlaridan (20 ortiq), asosiysanoat ahamiyatiga tug‘ma oltin ega. Qolgan minerallarda kam uchraydi.
Oltin konlari tomirsimon va sochma konlarga bo’linadi. Tomirsimon konlar ham o’z navbatida endogen va ekzogen konlarga bo’linadi. Bu konlar rudalari tarkibi minerallari har xilligi bilan boshqalaridan ajralib turadi, kelib chiqishiga ko’ra ular gidrotermal sinfga mansubdir. Bu konlarning kelib chiqishi turli xil chuqurliklardan olinishiga asoslangan bo’lib ular 10 metrdan 4-5 kilometrgacha cho’ziladi. Tomirsimon endogen konlar tomirlar(jila)i, sayoz tomirli rudalardan iborat bo’lib, ularning chuqurligi 10metrdan 1000metrgacha uzunlikda bo’lishi mumkin. Bunday mustahkam va yirik tomirlarni Kolar(Hindiston)da uchrab, uzunligi 20km, chuqurligi 3,2 km va tomir qalinligi 1,2km, Mazer-Lod(AQSH)da uzunligi 200km, shuningdek Enisey va O’rta Osiyo tog’larida.

Tomirsimon rudalarning mineralogik tarkibi juda murakkab. Bu rudaning asosiy tarkibini kvars egallb u rudada 10%dan 95-98%gacha yetadi. Shuning bilan birgalikda uning tarkibida kam miqdorda temir sulfid(pirit), mis(xalkopirit), mishyak(arsenopirit), qo’rg’oshin, rux, vismut, kumush. Sulfid bo’lmagan minerallar oksid shaklida, karbonat shaklida, barit, turmalin, kaolin, gematit, magnetit, uglerod slanslari, grafit shaklida uchraydi.


Tomirsimon endogen konlar mahsulot tarkibi va hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Oltin-sulfidli-kvarsli ruda –kvarsruda va tomirlaridan iborat bo’lib 0,5-30% sulfid mineralidan iborat. Oltin bu rudalarda bir xil taqsimlanmagan. Oltin yirikligi mayindan to yirik bo’lak va balki erkin holda ham uchraydi. Ruda tarkibida oltin miqdori 10-50 uramdan 1000 g/t gacha yetadi. Bunday konlar Kanada, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Gana, Zimbabveda keng tarqalgan. Sulfidli rudalar qatlamlardan, mayda tomirlardan tashkil topadi. Oltin rudada mayin zarra shaklida uchrab miqdori 1-2g/t dan oshmaydi. Bu rudalardan oltin yo’ldosh usulda mili , ruxli rudalarni qayta ishalsh vaqtida ajratib olinadi. Sulfidli oltin tarkibli rudalar quyidagi guruxlarga bo’linadi: oltin-piritli, oltin-mishyakli, oltin-misli, oltin-surmali, oltin-uranli va oltin yarimmetalli rudalar.
Egzogen oltin konlari – bu mis kolchedan va yarimmetalli mineral konlaridan iborat. Bu zonalar oksidli temir birikmalari bilan qoplangan bo’lib «jelezniy shlyapki» deb ataladi va ular ildizsimon oltin rudalariga boy bo’ladi va sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bunday rudalar Ural va Qozog’istonda qayta ishlanadi.
Sochma oltin konlari – bu yumshoq oltinga boy mahsulotlar bo’lib ular tomirsimon rudalarning parchalanishi hisobiga hosil bo’lgan.
Elyuvial sochma rudalar tomirsimon rudalarning yuzaga chiqishi yoki ulardan qutulish natijasida hosil bo’ladi.
Delyuvialniy sochma konlari qiyaliklarning elyuvial harakatlanishidan hosil bo’ladi. Ular kambag’al rudalar sinfiga mansub bo’lib shuning uchun sanoat miqyosida qo’llanilmaydi.
Allyuvial sochma konlarga pog’onali, vodiyli, qiyali va o’zanli konlarga bo’linadi. Pog’onali sochma konlar daryo o’zanlarining faoliyati natijasida hosil bo’ladi.
Og’ir fraksiya hisoblanmish sochma konlarning mineralogik tarkibi kassiteritdan, volframitdan, sheelitdan, ilmenitdan, kolumbitdan, granatomdan, rutildan, sfenomda, topazomdan, sirkoniydan iborat. Bu minerallarning rudadagi miqdori shuningdek oltinning granulometrik shakli va uning zarralari shakli boyitish jarayoniga ta’sir etadigan asosiy omillardan hisoblanadi. Sanoatda qayta ishlanadigan rudalar tarkibidagi oltin zarralarining yirikligi 0,1dan 4mm gacha bo’ladi. Oltin shaklining o’lchamiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: kesakli, sharsimon, yassi va silliq, cho’zinchoq(lentasimon, tayoqchali).
Oltinning passiv metalligini inobatga oladigan bo’lsak u minerallarda erkin holda uchraydi. Erkin oltinning odatiy qo’shimchalari bular kumush, mis, temir kam miqdorda mishyak, vismut, tellur, selen va boshqalar.
Zarrachalarda erkin oltinning miqdori 75-90%, kumush 1-10%(bazan bu ko’rsatgich 20-40%gacha ko’tarilishi mumkin), temir va mis 1%. Mis rudalarida ba’zida oltin mis-oltin shaklida uchraydi, mis-nikel rudalarida palladiyli,platinali,rodiyli oltinlar uchraydi. Erkin oltin minerallari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Erkin oltin ruda tarkibida turli xildagi noto’g’ri shakllarda joylashgan bo’ladi: ilmoqsimon, simsimon, taram tomirli, g’ovak, tangachali, tarmoqlangan, donador va boshqalar.
Erkin oltin bo’laklarining o’lchami keng ko’lamda o’zgaruvchan bo’lib-mikraskopda ham ko’rinmaydigan maydaligdan to 10-100 kg li kata samarodkalarga bo’linadi. Oxirgi holat kamdan kam hollarda kuzatiladi.
Aksariyat oltin miqdori ruda tarkibida mayin 0,5-1,0 mm holda uchraydi.

Oltinning yirikligi-uning muhim texnologok xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Oltin bo’laklarining yirikligiga ko’ra quyidagi texnalogik guruhlarga bo’lishimiz mumkin:


a) yirik olitin – bo’laklar yirikligi 0,1 mm(> 100 mkm), solishtirganda yanchish natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitiladi(juda yirik: 1-5mm; sof yoxud tug’ma oltin 5mm dan yirik);
b) mayin oltin – Bo’laklar o’lchami 0,1dan 0,001mm(100dan 1mkm)gacha – yanchish natijasida qisman ajraladi va yaxshi flotatsiyalanadi, sianidda yaxshi eriydi ammo gravitatsiyada qiyin ajraladi;
v) mayin zarrali — bo’laklar o’lchami 0,001 mm ( < 1 mkm);
g) juda kichik oltin — bo’laklar o’lchami 0, 1 mkm dan kichik.
Sulfidli rudalarning o’ziga xosligi.
Yirik oltin bo’laklari yanchish jarayoni natijasida ruda minerallaridan oson ajraladi va gravitatsiya usulida boyitilganda oson ushlab qolinadi, ammo yomon flotatsiyalanadi va sianid eritmalarida sekin eriydi. Mayin oltin yanchish jarayonida sof holda kam holda uchraydi, qisman boshqa minerallar bilan birga keladi. Mayin tug’ma oltin yaxshi flotatsiyalanadi, sian eritmalarida tez eriydi, ammo gravitatsiya usulida yomon ajraladi.
Mayin zarrali oltin – ko’p hollarda sulfid minerallari bilan bog’langan bo’lib yanchish natijasida kam miqdorda yuzasi ochiladi asosiy qism oltin pirit va arsenopiritda qoladi. Bunday oltin minerallari sian eritmalrida erimaydi, gravitatsiya va flotatsiya usulida u sulfidlari bilan birga ajraladi.
Mayin zarrali oltin rudalari qiyin ajraluvchi rudalarga mansub bo’lib undan oltin maxsus usullarda ajratib olinadi. Oltinning zarralarining yuzasi temir oksid va marganets, argentit (Ag2S), kovellin(CuS), galenit (РbS) va boshqa minerallar bilan qoplangan. Oltin yuzasidagi qavatlar yanchish vaqtida ham hosil bo’lishi mumkin.

Ayrim qazilmalarga ko’ra oltin konlar hosil bo’lishining so’nggi bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig’ida turli zarralar holida qotgan. Masalan, shu oltin, kvars, turli sulfidlar, ko’pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan.


Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin, sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko’ra gidrotermal eritmalardan kvarsli oltin kon rudalari vujudga kelgan. Bunday rudalarda kvars halaqit beruvchi jins shaklda ishtirok etadi. Ayrim holda oltin sulfidlar bilan adashgan holda uchraydi.Odatda yaxlit sulfidli oltin rudalari ham uchraydi, o’z navbatida bunday rudalar rangli metall rudalarini tashkil etadilar. Tug’ma oltin konlari shu tariqa vujudga kelgach, tabiiy sharoitga ko’ra ular, eroziya, yemirilish, hamda daryo suvlari, shamol-tufonlar ta'sirida parchalanish, mayda zarra va qumlar shaklida boshqa joyga « ko’chib » to’planadilar va sochma oltin konlarini vujudga keltiradilar.

Download 44.33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 44.33 Kb.