|
II bob. Chiziqsimon polimer gomologlarinig termomexanik egri chiziqlari
|
bet | 4/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 184,69 Kb. | | #234329 |
Bog'liq Nuriddinova M 2024 305 1II bob. Chiziqsimon polimer gomologlarinig termomexanik egri chiziqlari.
Egri chiziq sonining ortib borishi bilan poiimerlanish darajasi ortadi. Turli xil to'qimachilik materiallari ustida monomerlarni payvand sopolimerlanishini o'tkazish maxsus maqsadli kompozision materiallarni olinishini istiqbolli usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul maxsus maqsadli issiqlikka va olovga bardoshli to'qimachilik materiallarini olish va ularni modifikasiyalash uchun yangi keng imkoniyatlarni ochib beradi. Buning natijasida to'qimachilik materiallarini nafaqat fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi, balki har xil moddalarning bir-biriga kimyoviy moyilligi va maxsus xossalari ham yaxshilanadi. Ma'lumki, organik moddalarni molekulalarida azot, galogenlar, fosfor, bor, kremniyni mavjudligi ushbu moddalarni yonishini kamaytiradi. Shuning uchun, tabiiy va sintetik tolalar asosidagi tradision to'qimachilik materiallarni ustida yuqorida qayd etilgan element saqlagan monomerlarni payvand sopolimerlanishini amalga oshirish ularni olovga bardoshligini oshiradi.
Tarkibida oqsil makromolekulasi bo'lgan tabiiy tolalarni modifikasiyalash uchun zarur bo'lgan faol markazlarni paydo qilish uchun quyidagi reaksiya sxemasidan foydalaniladi:
Faol markazni hosil bo’lishi:
R–NH-RI + K2S2O8 → R–N -RI + KSO4 + KHSO4
Inisirlash jarayoni va zanjirning o'sishi:
RRIN + n CH2CHCOOH → RRIN–(CH2CHCOOH)n-1 -CH2CHCOOH
Zanjirning uzilishi:
RRIN–(CH2CHCOOH)n-1-CH2CHCOOH +
+RRIN–(CH2CHCOOH)n-1–CH2CHCOOH →
RRIN–(CH2CHCOOH)n-1-CH2CHCOOH-CH2CHCOOH-(CH2CHCOOH)n-1-NRRI
RRIN + KSO4 → RRIN - KSO4
Bunday jarayonni olib borilishi plenka hosil qiluvchi va elastik konstruksion materiallarni olish imkoniyatlarini yaratadi.
Demak, kompozisiya tarkibida antipiren miqdorini oshishi mahsulotni olovga bardoshligini oshiradi. Ushbu bo'limning asosiy maqsadi: Issiqqa bardosh beruvchi va antipirenli xossaga ega bo'lgan monomerlarni polimerlanishini kinetik va termodinamik qonuniyatlarini ishlab chiqish, polimer kompozisiyalarini maxsus xossalarini hisobga olgan holda polimerlanish usulini amalga oshirish sohalari dolzarb amaliy muammo hisoblanadi, buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
-To'qimachilik materiallarini, modifikasiyalash uchun monomerlarni yong'in xavfsizligi xossalarini hisobga olgan holda tanlash;
-To'qimachilik materiallari ustida galogen- va azot saqlagan vinil monomerlarini payvand sopolimerlanishini o'tkazish va jarayonni asosiy qonuniyatlarini o'rnatish;
-To'qimachilik kompozisiyalarini tarkibini va payvand sopolimerlanishni optimal sharoitlarini aniqlash;
- Olingan kompozision to'qimachilik materiallarini fizik-kimyoviy va mexanik, issiqlikka va olovga bardoshlik xossalarini, olovni tarqalish tezligini aniqlash, materiallarni yonishini aniqlash, yonish jarayonida tutun hosilq?ilishini aniqlash, hamda spektroskopiya va differensial-termik analiz usullari bilan tekshirish.
Kimyoviy (poliakrilonitril va asetat) va tabiiy (paxta va jun) tolalar asosidagi to'qimachilik materiallari bo'yicha adabiyotlarni talqin ?ilish natijalari shuni ko'rsatdiki, ularni rivojlanish tendensiyasi asosan, yuqoridagi to'qimachilik materiallari assortimentini kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan tolalarni sifatini yaxshilashni texnologik jarayonlarini takomillashtirish, hamda to'qimachilik materiallarini kimyoviy va fizik modifikasiyalash sohasidagi zamonaviy yutuqlarni qo'llashga qaratilgandir.
Ma'lumki, kimyoviy va tabiiy tolalar to'qimachilik materiallari, texnik va maishiy maqsaddagi buyumlar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ammo, kimyoviy va tabiiy tolalarni qator afzalliklari bilan ular tez yonuvchan, yonish jarayonida zaxarli gazlarni chiqaruvchi va tutun hosil qiluvchi mahsulotlardir. Tolalarni yuqori olovga chidamliligini oshirishga erishish uchun maxsus olovga chidamli, yong'inni kamaytiruvchi tarkibda geteroatomlar bo'lgan moddalarini qo'llashdir.
Oquvchanlik butun molekulaning siljishidan sodir boigani uchun molekula uzunligining oshishi bilan To ning ko‘tarilishi tabiiydir. Yuqori elastik holat esa makromolekulaning qayishqoqligi, ya’ni makromolekula alohida qismlari- seg`ientlarining siljishiga bogiiq. Shuning uchun molekulaning uzunligi o‘zining seg`ientidan kattalashgach, yuqori elastik holat temperaturasining vujudga kelishi molekulyar massaga bogiiq bo‘lmay qoladi. T, esa turg‘un qola beradi. Bundan seg`ient qancha kichik boisa, polimer uchun shishalanish temperaturasi va yuqori elastik holat molekulyar massa kamroq boiganda ham vujudga kela beradi, degan xulosa kelib chiqadi. Demak, seg`ient mazkur polimerning yuqori elas- tikligi namoyon boigandagi molekulyar massasiga teng ekan. Seg`ient qiymatini top ish uchun polimer fraksiyaiarining alohida termomexanik egri chiziqlari olinadi. Undan koordinatalarga T - Th va poiimerlanish darajasi qo‘yilib, yangi egri chiziq chiziladi va hosil boigan egri chiziq Tq — T->0 gacha ekstropolyatsiya qilinadi. Chiziqning ordinata o‘qi bilan kesishgan nuqtasidan koordinata markazigacha boigem masofa seg`ien qiymatiga teng boiadi. Poiimerlanish darajasi bilan ifodalangan seg`ient qiymati orqali makromolekulaning qayishqoqligini ifodalash mumkin.
Aytaylik, shu usul bilan topilgan poliizobutilen segmentining qiymati, ya’ni uning poiimerlanish darajasi 20 ga teng, polivinilxlorid seg`ientining qiymati esa 100-150ga teng boisin. Bundan poliizobutilen makromolekulasining polivinilxlorid makromo'ckulasiga nisbatan qayishqoqligini, ya’ni polivinilxlorid makromolekulasining qattiqligi sababini bilish mumkin. Rasmda keltirilgan termomexanik egri chiziq, ma'luni darajada ideal- lashtirilgan. Aslida esa polimeming termomexanik egri chiziq zanjirsimon molekula bo‘g‘inlarining kimyoviy tarkibi va tuzilishiga qarab o'zgaradi. Thva Го larning qiymati bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Shuning uchun ham ikki, hatto, bir fizik holatda bo`lgan polimerlar uchrab tura- di Masalan, parchalanish temperaturasi shishalanish temperaturasidan yuqori, ammo oquvchanlik temperaturasidan past bo`lgan polimer qizdi- rilsa, u yuqori eiastik holatga o'tadi, lekin uni qovushqoq-oquvchan holatga o`tkazib bo`lmaydi, chunki u endi ortiq darajada qizdirilsa, parchalanib ketadi. E3unday polimerlarga poliakrilonitril, polivinilxlorid, polivinil spirt va boshqalar misol bo`la oladi. Polimer zanjirining qattiqligi juda katta bo`lsa, polimeming Тф si shu qadar yuqori bo`ladiki, u qizdirilgan- da yuqori eiastik holatga o'tmasdanoq parchalanib ketadi. Nitrosellyuloza va sellyulozaning bir qator efirlari faqat shishasimon holatdagina mavjud bo`ladi. Shunday qilib, hamma polimerlar uchun ham shishasimon holat mavjuddir.
|
| |