|
- Jadval. Ba'zi moddalarning polimerlanish issiqligi (Q) va yuqori harorati
|
bet | 6/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 184,69 Kb. | | #234329 |
Bog'liq Nuriddinova M 2024 305 12- Jadval. Ba'zi moddalarning polimerlanish issiqligi (Q) va yuqori harorati
Ko`rinib turibdiki, vinil guruhli monomerlarning Tp.yu. baland, oddiy haroratda polimer mustahkam, chunki nM->Mn da ancha issiqlik ajralib chiqadi. Ammo karbonil C=0 guruhi tutgan moddalarning polimerlanishi esa issiqlik yutilishi bilan sodir bo`ladi va polimerlari chidamsiz. Formaldegidning polimerlari undan istisno, chunki u +120°С gacha mustahkam.
H ar qanday moddalar (monomerlar) uchun H, S ma'lum bo`lsa Tp.yu. ni hisoblab topish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, polimerlanishda monomerning erkinlik darajasi (ayniqsa, ilgarilanma harakat erkinligi) sezilarli kamayadi. Shu sababdan, polimer hosil bo`lishida sistemaning entropiyasi pasayadi. Odatda, S0 = -100 -120 J/mol*K oralig`ida bo`ladi. Polimerlanishning borishi va elementar bosqichlari quyidagicha:
Polimerlanish monomerlarning qo`shbog`larini yoki yopiq zanjirini ochilishi va zanjirli birikishi natijasida sodir bo`ladi
n 2 2
Polikondensatlanishdan farhli o`laroq polimerlanish- zanjirli reaksiya va u bir necha bosqichdan iborat.
III bob. Insirlash reaksiyalari mehanizmi.
Monomerni inisiirlash- faollashtirish: uni boshlanishi uchun monomerni faollash zarur. Bu birinchi jarayon monomerga alohida qo`shilgan inisiator yoki katalizatorlarni beradigan faol zarrachalari (radikal yoki ion) yoki monomer moddasini nurlantirganda hosil bo`ladigan radikal yoki ion kabi faol zarrachalarni (R* bilan belgilaylik) monomer molekulasiga birikishidan iborat:
J→2R* yoki katalizator →R*
R*+M→RM*
Bu yerda J- inisiator. Bu jarayon monomerni inisiirlash deyiladi..
Zanjirning o`sishi: faollashgan monomerni RM* monomer molekulalari bilan to`qnashib ularga birikishi va faol markazni oxirgi monomer bo`g`iniga ko`chishidan iborat:
RM*+M→RMM*+M→RMMM*→... R~M*
O`sayotgan R~M*- kinetik zanjir deyiladi.
|
| |