|
Kurs ishi mavzu: Amorf polimerlarning uch fizik holati Kurs ishi rahbari: To`lakov N. Q. Andijon – 2024 Mundarija Kirish I bob. Amorf polimerlarning uch fizik holatlari
|
bet | 2/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 184,69 Kb. | | #234329 |
Bog'liq Nuriddinova M 2024 305 1Kurs ishining dolzarbligi: Mazkur kurs ishi oliy ta’lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki ta’lim muassasalarida o’quvchilarda ushbu mavzu yuzasida nafaqat nazariy bilimlarni paydo qilish, balki, bilim va k’onikmalarni hosil qilish va fikrlash faoliyatini oshirish maqsadga muvofiq. Shuning uchun mavzu yuzasidan tushunchalar bilan o’quvchilarni to’liq tanishtirib, ularda mavzu bo’yicha yetarlicha nazariy bilim hamda amaliy ko’mikmalarni shakllantirish lozim.
Kurs ishining maqsadi: Amorf polimerlarning uch fizik holati mavzusini oliy ta’lim muassasalaridagi bilimlarni boyitish va ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Oliy talim muassasalarida Amorf polimerlarning uch fizik holati mavzusini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: O`quvchilarda mavzuga doir bilimini kuchaytirish asosida ularning bilish faoliyatini shakllantirish, faollashtirish.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga doir malumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish Talim muassalarida o’quvchilar fikrlash jarayonining oshiruvchi malumotlar berish Differensiallashgan talim orqali, mavzu haqida tushuncha berish Kurs ishini jihozlab, uni himoyaga tayyor qilish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi 25 sahifa, kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.
I bob. Amorf polimeriaming uch fizik holatlari
Biz zanjirsimon makromolekulaning quyi molekulyar birikmalardan farqini ko‘rib chiqdik. Endi polimer jismlarning xossalarini ko'rib chiqamiz. O’z-o'zidan ravshanki, polimeming molekulasi katta boigani uchun ularning qaynash temperaturalari juda yuqori boiadi. Shuning uchun mavjud polimeriaming parchalanish temperaturasi qaynash temperatu- rasidan past boiib, ularni gaz holiga o'tkazish rnutlaqo mumkin emas.
Demak, polimerlar yoki qattiq holatda, yoki suyuq holatda boiadi, qattiq polimer kristall yoki amorf holatda boiishi mumkin. Hozircha amorf polimerlar bilan tanishib chiqaylik.
Qattiq amorf polimerlar bir qator fizik xususiyatlari va tashqi ko‘ri- nishi bilan oddiy shishaga o'.vshab ketadi. Ular tiniq boiib, katta kuch ta’sirida ozgina deformatsiyaga uchraydi, maiiun sharoitda mo‘rt boiib qoladi. Shuning uchun qattiq amorf polimerlar shishasimon polimerlar deyilib, polimeming bu fizik holati esa uning shishasimon holati dab ata- ladi. Suyuq (oquvchan) holatdagi polimerlar ozgina mexanik kuch ta'siri- da shaklini qaytmas darajada o"zgartira oladi. Ulaming hammasi amorf tuzilishda bo‘lib, ko‘p xususiyatlari bilan oddiy suyuqliklarga o‘xshay- di. Ammo oddiy suyuqliklarga qarama-qarshi o‘laroq yuqori molekulyar suyuqliklaming qovushqoqligi juda katta bo‘ladi. Shuning uchun ham po- limerlarning oquvchan holati oddiy suyuqqliklaming oquvchan holatidan farq qiladi. Polimerlaming bunday oquvchan holati qovushqoq - oquvchanlik deyiladi.
Amorf polimerlar yuqorida keltirilgan ikki holatdan tashqari oddiy jismlarda uchramaydigan uchinchi holatga ham ega. Bu holat polimerning yuqori elastik holati deyiladi. Yuqori elastik holatdagi polimerlar uncha katta bo`lmagan kuch ta’sirida juda katta qaytar deformatsiyaga ega. Bu holat polimerning qovushqoq-oquvchan holati bilan shishasimon holati orasida vujudga keladi.
Yuqori elastik holat to‘g‘risida keyinroq alohida to‘xtalamiz. Ammo yuqori elastiklikning zanjirsimon molekula qayishqoqligi bilan bog‘liq ekanligini eslatib o‘tamiz. Shunday qilib, amorf polimerlar uchun uch fizik holat: shishasimon, yuqori elastiklik va qovushqoq—oquvchanlik holatlar xos bo‘lib, yuqori elastiklik faqat polimerlardagina uchraydi. Bu holatlardan har birining o‘ziga xos bir qator mexanik va fizik xususiyatlari bo`lib, texnikada ulardan foydalaniladi. Masalan, oddiy sharoitda shishasimon holatda bo‘lgan polimerlar tola, lak, kinolentalar olish uchun ish- latilsa, yuqori elastik holatdagilari rezina sanoatida ishlatiladi. Nihoyat, polimerlami qayta ishlashdan oldin ularni oquvchan holatga o‘tkaziladi. Shuning uchun shishasimon holatdan yuqori elastiklikka, undan qovushqoq oquvchanlikka o‘tish temperaturasini o‘rganish bilan amorf polimerlaming asosiy xususiyatlari aniqlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kurs ishi mavzu: Amorf polimerlarning uch fizik holati Kurs ishi rahbari: To`lakov N. Q. Andijon – 2024 Mundarija Kirish I bob. Amorf polimerlarning uch fizik holatlari
|