• II.BOB.POLIMERLARNING KIMYOVIY SINFLANISHI……….…....….19
  • Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati




    Download 339 Kb.
    bet1/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi339 Kb.
    #252218
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.


    MAVZU: AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI


    MUNDARIJA
    KIRISH....................................................................................................................3
    I.BOB.AMORF VA KOLLOID HOLATDAGI MODDALAR……..…......….5
    1.2.Polimorfizm va uning turlari haqida ma’lumot………………….....……...…..5
    2.1.Amorf polimerlarning shishasimon holati........................................................15
    II.BOB.POLIMERLARNING KIMYOVIY SINFLANISHI……….…....….19
    2.1.Karbozanjirli polimerlar gruppalari …………………………………...……...19
    2.2.Polietilenning fizika-kimyoviy, mexanik va elektrik xossalarim haqida...…...25
    XULOSA………………………………………………………………….....…...32
    FOYDALANILGA ADBIYOTLAR…………………………………….…..….33

    KIRISH
    Polimerlarning mexanik xossalari ularning eng asosiy va ahamiyatli xossalaridandir. Shuning uchun har xil sharoitda mexanik xossalarni o‘rganib, polimerning qanday holatda ekanligini va sanoatning qaysi tarmog‘ida ishlatilishi mumkinligini aytsa bo‘ladi. Agar uy haroratida shishasimon holatdagi amorf polimer namunasini olib, uning har xil haroratda deformasiyaga uchrashini ko‘zdan kechirsak, qarayib hamma polimerlarning shishasimon yuqori elastik va qovushoq-oquvchan holatlarda bo‘la olishini ko‘ramiz. Polimerning bu xossasi termomexanik xossa deb, olingan grafik esa termomexanik grafik deb ataladi.
    Odatda, past haroratda barcha polimerlar shishasimon holda bo‘ladi. Polimerlarning bunday holatda bo‘lish temperaturasi ularning tabiatiga (kimyoviy tarkibi, molekulyar og‘irligi va molekulasining shakli, funksional gruppalarining xossalariga) bog‘liq bo‘lib, bu temperatura har xil polimerlar uchun keng ko‘lamda o‘zgaradi. Bunday shishasimon polimer sekin-asta isitilganda o‘zining boshlang‘ich holatini saqlaydi va kuch ta’sirida juda kam darajada deformasiyalanadi. Ta’sir etuvchi kuch olinganda bu deformasiya tez yo‘qoladi va polimer o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytib keladi. Lekin temperatura ortishi bilan polimerning deformasiyalanishi osonlashib boradi va ma’lum temperaturada u yumshoq holatga utib, juda katta darajada deformasiyalana oladigan bo‘lib qoladi. Polimerda shishasimon holatning yo‘qolish temperaturasi polimerning shishalanish temperaturasi deyiladi va Tsh bilan belgilanadi. Polimer shishalanish temperaturasidan yuqorida elastik holatda bo‘ladi. Bu vaqtda u katta darajada deformasiyalanadi va bu xossasini ma’lum temperaturagacha saqlab turadi. Ta’sir etuvchi kuch olib tashlanganda, deformasiya asta-sekin yo‘qoladi va ma’lum vaqt ichida polimer o‘zining boshlang‘ich shakliga keladi.

    Download 339 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 339 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati

    Download 339 Kb.