Ataktik va izotaktik polistirollarning muhim qiyosiy xossalari
Xossalari
|
Ataktik polistirol
|
Izotaktik polistirol
|
Tashqi ko‘rinishi............................
Molekulyar massa.........................
Faza holati.....................................
Suyuqlanish temperaturasi, 0C.......
Zichlik, g/sm3................................
Yumshash temperaturasi, 0C.......
Issiqbardoshlik 0C........................
Mustahkamlik, cho‘zishda H/M2...
Egiluvchanlik moduli, H/M2.........
Qattiqlik, H/M2..............................
Eruvchanlik, benzolda..................
|
Tiniq
200000
Amorf
-
1.04
80 – 100
75 – 80
45
2000 – 500
7 – 8
eriydi
|
Xira va rangsiz
6000000
Kristall
230
1.10
120 – 130
170 – 180
75
3000 – 5000
8 – 9
erimaydi
|
Stereotartibli polimer makromolekulalari izotaktik va sindiotaktik yoki izotaktik va ataktik bloklardan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin.
R
CH2 CH2 | CH2 CH2 CH2 CH2 CH2
\ / \ / \ / \ / \ / \ /
CH CH CH CH CH CH
| | | | |
R R R R R
Ataktik blok izotaktik blok
Ular odatda stereoblok polimerlar deb ataladi. Stereoblok polimerlarda radikallar zanjirning bir tekisligida, ba’zan ikkinchi tekisligida yoki betartib ravishda joylashgan bo‘ladi. Bloklarning katta-kichikligini nazorat qilib (o‘zgartirib), tarkibi bir xil polimerlarning xossalarini xohlagan tomonga o‘zgartirish mumkin. Agar bloklar kichiklashib borsa, polimer sekin – asta ataktik yuqori molekulyar birikmalarga, kattalashib borsa, izotaktik birikmalarga aylana boradi.
Stereoblok polimer tarkibidagi ataktik bloklar unga yuqori elastiklik xossasini bersa, izotaktik bloklar hisobiga polimer plastik xossasiga ega bo‘ladi. Ular ko‘p xossalari bilan to‘rsimon polimerlarga ham o‘xshab ketadi. Lekin ba’zi suyuqliklarda erishi, yuqori temperaturada plastik holga o‘tishi kabi xossalar ularni to‘rsimon yuqori molekulyar birikmalardan farq qiladi. Stereoblok polimer hatto orientasiyalangan holda ham yuqori elastiklik holatida bo‘ladi. Ularning bu xossasidan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Makromolekulalar tarkibidagi qo‘sh bog‘, funksional gruppa, geometrik izomeriya va stereotartiblilikning polimer xossasiga ta’sir etishi chiziqsimon yuqori molekulyar birikmalargagina xosdir. Makromolekulalarning tarmoqlanishi, va ayniqsa to‘rlanishi bilan polimerlarning bunday xossalari yanada keskinroq o‘zgaradi.
|