Qovushoq – oquvchan holat




Download 339 Kb.
bet5/12
Sana24.05.2024
Hajmi339 Kb.
#252218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.

Qovushoq – oquvchan holat. Polimerning molekulalari chiziqsimon va katta bolganligi uchun, oquvchan holatda ham uning o‘ziga xos xususiyati bo‘ladi. Bu holatda polimer, past molekulyar moddalar kabi, tashqi kuch ta’sirida haqiqiy oqish prosessiga uchraydi. Polimerning qovushoq – oquvchan holatini o‘rganishning ahamiyati juda katta, chunki polimerlardan har xil buyumlar (tolalar, plyonkalar, har xil detallar) shu polimerlarning oquvchan holatida tayyorlanadi.
Biroq qovushoq – oquvchan polimerlarning oqish prosessi mexanizmi butunlay boshqacha. Past molekulyar moddalar oqqan vaqtda harakatlanuvchi zveno ularning butun molekulalari bo‘ladi. Shuning uchun ularning qovushoqligi va oquvchanligini aktivlashtirish energiyasi butun molekulaning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Polimerlarda esa, oqish prosessida harakatlanuvchi zveno rolini segmentlar o‘ynaydi. Qovushoq-oquvchan holatda makromolekulalar kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartira boshlaydi va tartibsiz holdagi o‘ralgan segmentlar kuchning ta’sir etish tomoniga qarab sekin-asta siljiy boshlaydi. Bu vaqtda ayrim segmentlar mustaqil ravishda harakatlanib, tashqi kuch tomoniga qarab surilganligi tufayli, polimer molekulalari to‘g‘rilanib, batartib joylashgan holga o‘tadi. Demak, makromolekulaning siljishi barcha segmentlarning surilishi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun polimerlar qovushoq-oquvchanligining energiyasi ular segmentlarining aktivlanish energiyasiga tengdir. Haqiqatdan ham, qovushoq-oquvchanlikning aktivlanish energiyasi polimer molekulasi segmentining tabiati va og‘irligiga bog‘liq. Shu sababli bu energiyani aniqlab, molekula segmentining uzunligi, og‘irligi, tuzilishi va tabiatini o‘rganish mumkin. Biroq polimer molekulyar og‘irligining ortishi bilan polimerning qovushoqligi ortadi. Buning natijasida qovushoq-oquvchanlikka qarshi ta’sir etuvchi kuchning miqdori ko‘payadi. Molekulalarning batartib joylashishi qiyinlashadi va polimerning egiluvchanligi kamayib ketadi. Polimerlarning qovushoq-oquvchan holatidagi bunday o‘zgarishlar makromolekulalarning oqishini to‘xtatib, ularni shishasimon holatga keltiradi. Bu hodisa ko‘pincha molekulalarining egiluvchanligi kam bo‘lgan polimerlarda ro‘y beradi va mexanik shishalanish deb ataladi. Qovushoq-oquvchan holatdagi polimerga tashqi kuch ta’sir etganda ikki xil deformasiya vujudga keladi. Bu deformasiyalar molekulalarning o‘rin almashtirishi hisobiga paydo bo‘lgan plastik deformasiya bilan molekulalarning batartib joylanishi natijasida paydo bo‘lgan yuqori elastik deformasiyadir. Bu ikki xil deformasiyaning o‘zaro nisbati makromolekulalarning egiluvchanligiga va temperaturaga bog‘liq. Agar polimerning tuzilishi deformasiyadan oldin ham bir xil, lekin shakli har xil bo‘lsa, demak, bu deformasiya plastikdir. Agar polimer deformasiyaga uchragandan keyin vaqt o‘tishi yoki temperaturani ko‘tarilishi bilan o‘z shaklini o‘zgartirsa, bu deformasiya yuqori elastik deformasiya bo‘ladi. Ko‘rib o‘tilgan xossalar chiziqsimon yoki qisman tarmoqlangan polimerlarga xosdir. Lekin tarmoqlanishning ko‘payishi, ayniqsa to‘rsimon shaklga o‘tishi polimerning qovushoq-oquvchanlik xossasini yo‘qotadi. Bunday hollarda polimer namunasi makromolekulalar o‘rtasidagi kimyoviy bog‘larning uzilishi hisobiga oqadi.



Download 339 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 339 Kb.