|
Amorf polimerlarning shishasimon holati
|
bet | 3/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 339 Kb. | | #252218 |
Bog'liq 1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.2.1.Amorf polimerlarning shishasimon holati.
Temperatura yanada oshirilsa, polimer qovushoq- oquvchan holatga o‘tadi; bu temperatura polimerning oqish temperaturasi deyiladi va Toq bilan belgilanadi. Barcha uch holatdagi polimerlarning o‘ziga xos mexanik xossalari bo‘ladi.
Shishasimon holat. Shishasimon holatdagi polimerlar juda kam deformasiyalanadi; polimerlarning bu xossasi TSH gacha qizdirilganda ham deyarli o‘zgarmaydi. Bu holatda makromolekulalarning muzlash oldidagi tasodifiy shakllari mustahkamlanib qolgan bo‘ladi. Makromolekulalar shishasimon holatda u qadar zich joylashgan bo‘lmaydi, ularning zichligi polimerning molekulyar og‘irligi va tuzulishiga bog‘liq bo‘ladi. Polimerning shishasimon holatda bunday g‘ovakroq bo‘lishi makromolekulalarning harakatlanishiga imkoniyat beradi. Shuning uchun polimerlar shishasimon holatda bo‘lsa ham mo‘rt bo‘lmay, balki elastik deformatsiyalana oladigan bo‘ladi. Makromolekulalar egiluvchanligining ortishi bilan ularning zich joylashish imkoniyati ham ortadi.
Shishasimon holatdagi polimerning o‘ziga xos xususiyti shuki, u kuch ta’sirida yuqori darajada deformatsiyalanadi. Agar bunday polimer namunasi cho‘zilsa, boshqa qattiq moddalar kabi, avval juda oz uzayadi. Lekin ta’sir etayotgan kuchning miqdori ortishi bilan uning cho‘zilish darajasi orta boradi va nihoyat polimerning uzunligi dastlabkisiga qaraganda bir necha marta ortadi. Namunaning uzayish davrida ta’sir etuvchi kuchning qiymati qariyib o‘zgarmaydi. Cho‘zilish ma’lum darajaga yetgandan keyin grafikdagi 3-bosqich boshlanadi. Bu bosqichda namunani cho‘zish uchun juda katta kuch kerak bo‘ladi va namuna oz uzayib, tezda uzilib ketadi. Namunaning 1-va 3-bosqichlaridagi elastiklik modulining qiymati bir necha ming kg/mm ga yetadi. Bu bosqichlardagi cho‘zilishlar ta’sir etuvchi kuch olinganda tez yo‘qoladi va namuna o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi. Ikkinchi bosqich davridagi cho‘zilish turg‘un bo‘lib, berilgan kuchning ta’siri yo‘qolganda ham namuna shakli o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytib kelmaydi. Polimerning bu deformasiyasi plastik deformasiya deb ham ataladi.
Polimer cho‘zilishining 2-bosqichidagi deformasiya yuqori elastik deformasiyaga kiradi. Polimer namunasi cho‘zishdan oldin g‘ujanak va tartibsiz holda bo‘lsa, deformasiyalangandan so‘ng to‘g‘rilanadi va kuch ta’sir qilayotgan tomonga qarab yo‘naladi. Bu hol yuqori elastik deformasiyaga o‘xshaydi, biroq bunda katta kuch kerak bo‘ladi. Makromolekulalarning harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyasi ularning shaklini o‘zgartirish uchun etarli emas. Shuning uchun molekulalar boshlang‘ich, g‘ujanak va tartibsiz holatga qayta olmaydi. Shishasimon polimerda makromolekulalar mustahkamlanib qolgan bo‘ladi, uni buzish uchun juda katta mexanik kuch talab qilinadi. Shuning uchun shishasimon polimerlarning yuqori darajada jo‘zilishi majburiy elastik deformasiya deb, hodisaning o‘zi esa majburiy yuqori elastiklik deb ataladi.
|
| |