Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati




Download 339 Kb.
bet4/12
Sana24.05.2024
Hajmi339 Kb.
#252218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.
1762-Article Text-3678-1-10-20210825, Blood Flow Through The Heart, Проблема человека на Востоке и Западе 1, 61.Xodimlarni ish bilan ta\'minlash tizimi
Yuqori elastiklik holat – faqat polimerlargagina xos bo‘lib, makromolekulalarning egiluvchanligi tufayli vujudga keladi. Agar makromolekulalar egiluvchan bo‘lmay, qattiq yoki yuqori darajada to‘rsimon bo‘lsa, polimerda yuqori elastiklik xossasi bo‘lmaydi. Yuqori elastiklik holatidagi polimerlar uchun kuchli deformasiyalanish va bu deformasiyaning, asosan, elastik, ya’ni tezda yo‘qoluvchan bo‘lishi xosdir. Bu holatda molekulalar g‘ujanak shakldan chiziqsimon ko‘rinishga o‘ta boshlaydi va kuch ta’sir qiluvchi tomonga qarab yo‘naladi. Bu holatda past molekulyar moddalarda oqish hodisasini kuzatish mumkin. Lekin polimer molekulalari bir-biriga ta’sir etganligi tufayli, ularning qovushqoqligi juda katta bo‘ladi va shu sababli ularni oqishini amalda ko‘rish mumkin bo‘lmaydi. Demak, molekulalarning o‘zaro o‘rin almashtirish hodisasi kam bo‘lgandagina, polimerda yuqori elastiklik xossasi vujudga keladi. Lekin yuqori elastik holatdagi polimerlar tashqi kuch ta’siri ostida muvozanat holatida bo‘lmaydi, chunki bu holatda makromolekulalar cho‘ziq, chiziqsimon shaklda, ya’ni yo‘nalgan bo‘lib, boshlang‘ich, g‘ujanak holatiga qaytishga intiladi. Lekin tashqi kuch bunday holatga o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi va polimerning deformasiyalanishi ta’sir etuvchi kuchdan orqada qoladi. Agar tashqi kuch uzoq vaqt davomida ta’sir etsa, makromolekulalar o‘zaro o‘rin almashtiradi. Yuqori elastik polimerlardagi bu hodisalar mexanik xossalar relaksasiyasi deyiladi.
Agar tasma holidagi polimer namunasiga ma’lum miqdordagi kuch ta’sir ettirilsa (tasmsning uchiga tosh osib qo‘yilsa), u vaqt o‘tishi bilan borgan sari uzayadi. Avval makromolekulalar faqat ma’lum tartibda joylashsa, keyinroq borib o‘zaro o‘rin almashtiradi va oqa boshlaydi.demak, polimerning deformasiyasi ikki qismdan, ya’ni molekulalarning batartib joylanishidan va ularning qovushoq-oqish prosesslaridan iborat bo‘ladi. Makromolekulalarning batartib joylanishi tufayli hosil bo‘lgan deformasiyada qaytish xususiyati bor; bu deformasiya qaytuvchi yoki elastik deformasiya deyiladi. Lekin makromolekulalarning qovushoq- oqishidan hosil bo‘lgan deformasiya qaytmaydi va u plastik deformasiya deb ataladi.

Download 339 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 339 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati

Download 339 Kb.