|
To‘yingan poliuglevodorodlar
|
bet | 8/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 339 Kb. | | #252218 |
Bog'liq 1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.To‘yingan poliuglevodorodlar
Polietilen [−CH2 − CH2 − ]
Poliolefin birikmalarning eng oddiy vakillaridan biri polietilen etilenni polimerlash yo‘li bilan olinadi. Etilenning o‘zi esa, quyidagi usullar bilan olinadi:
a) tabiiy gaz, neft va uning tarkibidagi gazlardan olish. Neftni qayta ishlashda chiqadigan gazlar etilen va uning hosilalarini sintez qilishda eng arzon xom ashyo hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoatda etilen, shu usul bilan olinadi.
b) etil spirtdan olish. Bu eski usul bo‘lib, etil spirtni alyuminiy oksid katalizatorligida, sul’fat kislota ishtirokida 160-1800 da degidratlanadi:
C2H5OH → CH2=CH2 + H2O
v) asetilendan olish. Asetilenga palladiy katalizatorligida 180-2000 da vodorod biriktirib, etilen hosil qilinadi:
HC≡CH + H2 → CH2 = CH2
yuqorida keltirilgan uch xil bo‘yicha olingan etilenning polimerlanish xususiyati ham turlicha bo‘ladi. Chunki xom ashyo tarkibida aralashmalar ham uchraydi. Bu aralashmalar oz bo;lsa ham etilenning polimerlanishiga xalal beradi. Etilenni dastlab 1884 yilda rus olimi Gustavson alyuminiy bromid ishtirokida polimerlagan.
Hozir etilen bir necha usulda polimerlanadi. Turli usullarda sintez qilinganpolietilen makromolekulalarining tuzilishi, katta-kichikligi va o‘zaro joylashish tartibi bilan farqlanadi, shu sababli ularning fizika-mexanikaviy xossalari ham turlicha bo‘ladi. Sanoatda polietilen asosan quyidagi uch usulda ishlab chiqariladi:
1. Yuqori bosim va kislorod katalizatorligida etilenni polimerlsh
2. O‘rta bosim (4 – 5 Mpa) va turli metal oksidlari katalizatorligida etilenning uglevodorodlardagi eritmasini polimerlash.
3. Atmosfera boisimi yoki past bosim (0,2 – 0,3 Mpa) da etilenni metalorganik kompleks katalizatorlar ishtirokida polimerlash.
2.2.Polietilenning fizika-kimyoviy, mexanik va elektrik xossalarim haqida.
Xossalari
|
Yuqori bosim
|
O‘rta bosim
|
Past bosim
|
O‘rtacha molekulyar massa
Suyuqlanish temperaturasi 0C
Issiqbardoshlik, 0C
Sovuqbardoshlik, 0C
Nisbiy cho‘ziluvchanlik, %
Egiluvchanlik, H/M2
Qattiqlik, H/M2
Issiq o‘tkazuvchanlik vt/(M.K)
Suv yutuvchanlik, 30 sut. %
Yonuvchanlik
Faza holati
Zichligi 200da, g/sm3
Qovushqoqlik hadi, dl/g
|
1,9*104 – 4,8*104
105 – 115
108 – 110
-80 dan -120 gacha
150 – 600
120 – 260
17 – 25
0.33 – 0.36
0.020
Yonadi
Kristall
0.918 – 0.930
0.8- 1.5 ksilol, 850
|
4*104 – 7*104
130 – 135
128 – 133
-70 dan -140 gacha
200 – 800
800 – 1250
60 – 68
0.46 – 0.52
0.01 dan kichik
Yonadi
Kristall
0.960 – 0.968
0.6 – 8.0 tetralin, 1350
|
7*104 – 35*104
125 – 130
120 – 128
-70 dan -150 gacha
400 – 800
650 – 750
49 – 60
0.42 – 0.44
0.005
Yonadi
Kristall
0.954 – 0.960
0.6 – 8.0 tetralin, 1350
|
|
| |