• Poliamidlar Poligeksametilenadipinamid
  • Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati




    Download 339 Kb.
    bet11/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi339 Kb.
    #252218
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.

    Murakkab poliefirlar
    Polietilentereftalat murakkab poliefirlar sinfiga kiradi. Polietilentereftalat birinchi marta 1941 yilda sintez qilingan. Polietilentereftalatdan asosan tola olinadi. Undan olingan tolalar lavsan, dakron, lanon, diolen, tetrital, svitlen deb yuritiladi. Poliefir tola o‘zining ba’zi xossalari va ko‘rinishi jihatdan poliamid tolalarga o‘xshaydi. Lekin uning elastiklik moduli juda katta. Shuning uchun bunday toladan to‘qilgan kiyim g‘ijimlanmaydi. Poliefir tolalar quyosh nurlari ta’siriga chidamli bo‘lib, yuqori temperaturada ham o‘zining mexanik xossalarini o‘zgartirmaydi. Polietilentereftalatning bu xususiyatidan foydalanib, undan maxsus kiyimlar, baliq ovlanadigan to‘r, kord tola, pardalar, elektr tokini yomon o‘tkazganligi uchun turli lentalar, kondensatorlar, fotoplyonkalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.


    Poliamidlar
    Poligeksametilenadipinamid - geksametilendiamin bilan adipin kislotaning o‘zaro polikondensat
    lanishidan hosil bo;ladi. Uni birinchi marta 1936 yilda Karozers olgan.
    Geksametilendiamin oddiy sharoitda och binafsha kristall, 400da suyuqlanadi va 2050da qaynaydi. Adipin kislotasi esa, oddiy sharoitda rangsiz kristall, 1500da suyuqlanadi.
    Poligeksametilenadipinamid rangsiz tiniq modda. Organik erituvchilar va ishqor eritmasi ta’siriga chidamli. Ammo kuchli kislotalarda oddiy sharoitda erib , temperatura ortishi bilan gidrolizga uchraydi. Poligeksametilenadipinamiddan olingan tolalari juda pishiq, dielektrik xossaga ega. U oson kristallanishi, issiqga chidamliligi va suyuqlanish temperaturasi yuqoriligi bilan boshqa poliamidlardan ustun. Poligeksametilenadipinamid ishqalanish, chirituvchi bakteriyalar va kuya ta’siriga ham chidamli. Ularning bu xususiyati suv ta’sirida ham yuqolmaydi. Poligeksametilenadipinamiddan asosan tola olinadi. Undan olingan tola turli mamlakatlarda har xil nom bilan yuritiladi. Masalan, naylon – 66, naylon – 10, anid, perlon, igamid – A, arabel’ta, braylon, akilon va hokazo.
    Poliamid tolalar sanoatning barcha tarmoqlarida, texnikada va turmushda ko‘p ishlatiladi. Undan har xil qalinlikdagi plyonkalar, ul’trabinafsha nurini yaxshi o‘tkazganligi uchun parniklarga oyna hamda sun’iy charm, kinolentalar olinadi. Poligeksametilenadipinamiddan olingan lak, elim va plyonka metallarga yaxshi yopishadi, mikroblar ta’siriga chidamli. Shuning uchun ulardan elektr simlari, kabellar, sun’iy teri va quvurlarni chirishdan saqlashda qoplama sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari undan mashinalarning turli detallari, medisina asboblari, samolyot va avtomashinalarning ba’zi qismlari kabi texnikada zarur buyumlar ham ishlab chiqariladi.

    Download 339 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 339 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati

    Download 339 Kb.