|
Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati
|
bet | 10/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 339 Kb. | | #252218 |
Bog'liq 1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.Polimetilenoksidi formal’degidni turli usullar bilan polimerlab olinadi. Formal’degid esa, amalda quyidagi usullarda sintez qilinadi:
a) metanga 500 – 6000da NO2 katalizatori ishtirokida kislorod ta’sir ettirib:
CH4 + O2 → CH2O + H2O
b) metil spirtni 500 – 7000da Pt va CuO katalizatorlari ishtirokida oksidlab:
CH3OH + O2 → CH2O + H2O
v) uglerod (II) - oksid bilan vodorodni o‘zaro ta’sir ettirib ham olish mumkin:
CO + H2 → CH2O
Formal’degid oddiy sharoitda rangsiz, o‘tkir hidli gaz, -1180 da suyuqlanadi, -190 da qaynaydi. U gaz holida tez polimerlanadi. Formal’degid polimerlanish natijasida 2 xil tuzilishli polimer hosil qiladi:
Formal’degid dastlab polimerlanganda qattiq modda– paraformal’degid hosil bo‘ladi. Paraformal’degidni polimerlanish darajasi juda kichik. U kristall modda bo‘lib, uning formulasini (CH2O)x*H2O ifodalash mumkin. Formulada x = 8 dan 100 gacha, issiqlik ta’siriga beqaror, parchalanadi va gaz holiga o‘tadi.
Ikkinchisi polimetilenoksididir: .....- CH2O - CH2O - CH2O - CH2O - ..... U sanoatda va texnikada katta ahamiyatga egadir.
Polietilenoksidi HO-[-CH2-CH2-O-]n-H
Polietilenoksid etilenoksidni polimerlash natijasida hosil bo‘ladi. Etilenoksid amalda 2 usulda sintez qilinadi:
Etilenxlorgidringa konsentrlangan NaOH ta’sir ettirib:
CH2Cl - CH2OH → CH2-CH2
\ /
O
b) Etilenni oksidlab; buning uchun etilen bilan kislorod aralashmasi 375 – 4000gacha qizdirilgan kumush kukuni orqali o‘tkaziladi.
2CH2 = CH2 + O2 → 2 CH2-CH2
\ /
O
Etilenoksid oddiy sharoitda gaz, -112.50 da suyuqlanadi, +10.70 da qaynaydi, zichligi 887 (70 C da) kg/m3. Etilenoksid odatda radikal mexanizm bo‘yicha polimerlanmaydi. Shuning uchun polietilenoksid etilenoksidni katalizatorlar ishtirokida polimerlab olinadi. Katalizatorlar sifatida metalorganik birikmalar ishlatiladi. Polimerlashni massada, eritmada, suspenziya va emulsiyalarda olib borish mumkin. Boshqa polimerlar kabi uning ham barcha xossalari molekulyar massaning katta-kichikligiga bog‘liq. Polietilenning molekulyar massasi 40000 – 12000000 atrofida bo‘ladi. Kristallarining suyuqlanish temperaturasi 60 – 680.
Molekulyar massasi 40000 gacha bo‘lganpolietilenoksid suvda eriydi. Shuning uchun polivinil spirt, kraxmal, karboksimetilsellyuloza kabi polimerlar o‘rnida ham ishlatiladi. Kimyo sanoatida poliuretanlar olish, medisinada, kosmetikada, to‘qimachilik va farmasevtika sanoatlarida oxorlovchilar, antiseptika vositalari, plastifikator va boshqalar olishda ishlatiladi. Polietilenoksid (AQSHda – polioks, Yaponiyada – alkoks nomi bilan) bo‘yoq va latekslar tarkibida qurutgich, sopollar ishlab chiqarishda bog‘lovchi sifatida, suspenziyalarga cho‘ktirgich sifatida, undan temir quvurlardan suyuqlik oqishda ishqalanishni enguychi suvda eruvchan pardalar olishda xom ashyo sifatida ham ishlatiladi.
|
| |