|
Mavzu: amorf polimerlarning shishasimon holati
|
bet | 12/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 339 Kb. | | #252218 |
Bog'liq 1.AMORF POLIMERLARNING SHISHASIMON HOLATI.Poli–Ɛ-kaprolaktam- H-[NH-(CH2)5-CO]n-OH ni birinchi marta 1889 yilda Gabriel va Meos Ɛ-aminokapron kislotadan sintez qilgan. Kaprolaktam rangsiz qattiq modda, 68.5-690 da suyuqlanadi, 2620 da qaynaydi.
Poli–Ɛ-kaprolaktam ko‘pchilik organik moddalarda, ishqor eritmalarida erimaydi. U ham asosan tola sifatida ishlatiladi. Tola – kapron, perlon, naylon-6, kaprolan, amilon, dederon, bodanil nomlari bilan ataladi. Poliamiddan shuningdek plyonka, elim, lak va boshqa narsalar tayyorlashda, mashinasozlikda, samolyotsozlikda, radiotexnikada, medisina va xirurgiyada, kundalik turmushda keng foydalaniladi.
Poliuretanlar birinchi marta 1947 yilda diizosianatlar bilan glikollarni polikondensatlash natijasida sintez qilingan. Diaminlar va glikollarning dixlorkarbonat efirlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan ham poliuretanlar hosil bo‘ladi. Odatda geksametilendiamin bilan fosgenning o‘zaro ta’sirlashuvidan geksametilendiizosianat olinadi:
O O
| | | |
NH2 -(CH2)6-NH2 + Cl-C-Cl → NH2-(CH2)6-NH –CO-Cl + Cl-C-Cl → Cl-CO-NH-(CH2)6-
-HCl -HCl
- NH - CO-CL + 2KOH → O = C = N - (CH2)6 – N = C = O
-2KCl, -2H2O
1950C
nOCN- (CH2)6-NCO + HO-(CH2)4-OH → HO-[CONH-(CH2)6-NHCOO-(CH2)4-O]n-H
Poliuretanlar kimyoviy tarkibi jihatidan poliamidlarga o‘xshaydi. Ular kauchuklar sifatida ham ishlatiladi. Undan tayyorlangan rezina buyumlar ishqalanishga chidamliligi bilan hamma polimerlardan afzal. Poliuretan eritmalaridan olingan lak va elim ham yaxshi xususiyatga ega. Bu elimlar metallarni yog‘och, kauchuk, plastmassalarga; kauchuklarni shisha, chinni, paxta tolasiga mahkam yopishtiradi. Bundan tashqari poliuretanlar bulutsimon g‘avak polimerlar olishda ham katta ahamiyatga ega. Bunday polimerlar juda engil hamda yuqori temperaturada ham o‘z shaklini saqlay oladi. Ular mustahkamligi, tovush va issiqlikni o‘tkazmasligi tufayli sanoatning barcha tarmoqlarida (qurilishda, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik va boshqa sohalarda) keng ishlatiladi.
XULOSA
Ma’lumki, moddalar uch xil: gaz, suyuq, qattiq agregat holatda bо‘lishi mumkin. Moddaning gaz va suyuq holatida zarrachalar tartibsiz joylashgan bо‘ladi, bu zarrachalar orasidagi о‘zaro tortishish kuchi zarrachalarni bir joyda tutib turish uchun yetarli emas, shuning uchun bunday agregat holatdagi moddalarning muayyan shakli bо‘lmaydi. Qattiq jismlar, suyuq hamda gazsimon jismlarning aksincha, ma’lum mustaqil shaklga ega bо‘lib, bu shaklni qanday vaziyatda turishidan qat’i nazar saqlab qoladi. Qattiq moddaning zarrachalari bir-biri bilan shunday puxta bog‘langanki, ular о‘rnidan-о‘rniga о‘ta olmaydi. Ammo qattiq moddalarning zarrachalari ham bir qadar harakat qiladi, ammo ularning bu harakati ma’lum nuqtalar atrofida tebranishidan iborat bо‘ladi. Bundan, moddani tashkil qiluvchi zarrachalar modda faqat qattiq holatda bо‘lgandagina bir qadar tо‘g‘ri tartibda joylashadi, degan xulosa kelib chiqadi.
Qattiq moddalarning kо‘pchiligi kristalllardan tuzilgan bо‘ladi. Bir bо‘lak moddani sindirib, uning singan joyini kо‘zdan kechirish yо‘li bilan bu moddaning kristallardan tuzilganligiga ishonish qiyin emas.
Odatda, moddaning singan joyida har xil burchak ostida joylashgan kristallarning mayda tomonlari yaxshi kо‘rinib turadi. Kristallarni bu yoqlari yaltiraydi, chunki ular yorug‘likni har xil darajada aks ettiradi. Moddaning kristallari nihoyatda kichik bо‘lsa, shu moddaning kristallardan tuzilganligini mikroskop yordami bilan aniqlash mumkin. Qattiq moddalar orasida shundaylari ham uchraydiki, ularning siniq yerida kristallar boriligini payqab bо‘lmaydi, masalan bir bо‘lak odatdagi shisha sindirib kо‘rilsa uning siniq joyi silliq ekanligini va kristall moddalarning siniq joyidan farqli о‘laroq, yassi yuzalar bilan emas balki ovol yuzalar bilan chegaralanganligini kо‘ramiz. Smola, yelim va ba’zi boshqa moddalarning parchalari sindirilganda ham xuddi ana shunday hol kuzatiladi. Bunday moddalarning hammasi amorf moddalar deb ataladi. Har qaysi kristall modda, odatda, mutlaqo muayyan shakldagi kristallarni hosil qiladi. Masalan natriy xlorid yoki osh tuzi kub shaklida, achchiqtosh oktaedr shaklida kristallanadi va hokazo.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Семчиков Ю.Д. Высокомолекулярные соединения. М.: АСАДЕМА, 2005, 367 с.
2. Мусаев У.Н., Бабаев Т.М., Курбанов Ш.А., Хакимжонов Б.Ш., Мухамедиев М.Г. Полимерлар кимёсидан практикум. Тошк.: Университет, 2001.
3. Тагер А.А. Физико-химия полимеров. Учебное пособие. М.: Химия, 1978.
4. Стрепихеев А.А. Деревицкая В.А. Основы химии высокомолекулярных соединений. Учебное пособие, М.: 1976.
5. Оудиан Дж. Основы химии полимеров. М.: Химия, 1978
6. Шур А.М. Высокомолекулярные соединения. Учебник, М.: Высшая школа, 1981.
|
| |