Kurs ishi mavzu: Autocad dasturida 3D obyektlarni yaratish va ularni tahrirlash jarayoni




Download 1,85 Mb.
bet2/22
Sana21.05.2024
Hajmi1,85 Mb.
#248522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Saidov Saidnazarbek

Kirish

Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va texnika, ishlab chiqarish vositalari hamda texnologik jarayonlar deyarli to‘liq kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, dunyoning barcha ishlab chiqarish korxonalarida hamda ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalarni yaratishda loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan grafik dasturlar asosida kompyuterdan foydalanib kelinmoqda.


Hozirgi kunning talabidan kelib chiqadigan bo‘lsak, muhandislik grafikasi o‘qituvchilari kamida beshta zamonaviy grafik dasturlardan dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va ulardan foydalanib chizma elementlarini kompyuterda loyihalashni bilishlari lozim, ya’ni, Adobe Photoshop, Corel DRAW, 3D MAX va AutoCAD kabilarni. Chunki, har qanday zamonaviy o‘quv elektron qo‘llanmalarni ishlab chiqishni bu dasturlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Mavzuning dolzarbligi: 3D modellashtirishda qo'llaniladigan qurilmalar va ulaming xususiyatlari mavzusining dolzarbligi bir qator omillar bilan bog'liq. Zamonaviy jamiyatda texnologiyalar tez sur'atlarda rivojlanmoqda va bu o'zgarishlar modellashtirish texnologiyalariga ham ta'sir qilmoqda. 3D modellashtirish texnologiyalari ko'plab sohalarda, jumladan, san'at, arxitektura, muhandislik, tibbiyot, o'yinlar ishlab chiqarłsh va o'quv jarayonlarida faol qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalar yordamida yaratilgan modellar va prototiplar sohaga qarab turli maqsadlarda foydalanilishi mumkin, bu esa mavzuning dolzarbligini oshiradi. 3D printerlar va CNC mashinalar kabi qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini tubdan o'zgartirishi mumkin Raqamli ishlab chiqarish usullari an'anaviy ishlab chiqarish usullariga qaraganda tejamkor va samaraliroq bo'lishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarim kamaytłradi va mahsulot sifatini oshiradi. 3D modellashtłrish qurilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida ham muhim o'rin tutadi. Ular yangi materiallar, qurilmalar va texnologiyalar yaratishda qo'llaniladi, bu esa o'z navbatida ilmiy va texnik taraqqiyotni rag'batlantiradi. Bu texnologiyalar ta'lim sohasida ham keng qo'llanilmoqda. Talabalar va o'qituvchilar ushbu texnologiyalar yordamłda yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganishlari, shuningdek, amaliy ko'nikmalarini rivojlantirłshlari mumkin.

Download 1,85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 1,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Autocad dasturida 3D obyektlarni yaratish va ularni tahrirlash jarayoni

Download 1,85 Mb.