|
-rasm. Chiziqning bog‘lanish nuqtasi
|
bet | 9/22 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #248522 |
Bog'liq Saidov Saidnazarbek 13-rasm. Chiziqning bog‘lanish nuqtasi
Bu so‘rovga ham dastlabki nuqtaning koordinatalarini kiritgan kabi kursorni ekranning istalgan joyiga qo‘yib ixtiyoriy o‘lchamdagi chizma yoki X2, Y2 yoki X2i, U2i koordinatalarini kiritilsa (masalan, 100 mm) ekranda kesma paydo bo‘ladi.
Muloqatlar darchasida ikkinchi to‘g‘ri chiziqni chizish uchun navbatdagi nuqtani kiritishni so‘raydi. Bunday nuqtalarni ketma-ket kiritib, ko‘plab kesmalarni ketma-ket o‘tkazish mumkin. Kesma chizish buyrug‘idan chiqish uchun “Enter” yoki “ESC” tugmasini ketma-ket ikki marotaba yuklanadi. Ikkinchi va uchinchi kesmalarni o‘tkazgach, keyingi so‘rovda, qavs ichida “Замкнуть” – “Birlashtirish” yoki “Отменить” – “Bekor qilish” qo‘shimcha buyruqlari paydo boladi (14-rasm).
“Замкнуть” – “Birlashtirish” so‘zining bosh harfini terib, “Enter” yuklansa, oxirgi kesma uchi birinchi kesmaning boshlang‘ich nuqtasi bilan birlashib qoladi.
Birinchi “По слою” rang berish tugmasi yuklanadi: Shunda standart ranglar ro‘yxatini taklif qiluvchi darcha paydo bo‘ladi (15-rasm). Agar, ulardan bo‘lak boshqa rang tanlash lozim bo‘lsa, “Выбор цвета” tugmasi yuklanadi va boshqa ranglarni o‘ziga jamlagan “Rang tanlash” darchasi paydo bo‘lib, unda jamlangan turli xildagi ranglar taklif qilinadi (16-rasm).
Bu darchadan tanlangan rangni kursor yordamida yuklab, ketma-ket ikkita “OK” tugmalari yuklanib, uni standart ranglar ro‘yxatiga o‘tkaziladi. Shunda, “По слою” o‘rnida yangi rang tartib raqamining yozuvi paydo bo‘ladi.
15-rasm. Ranglar ro‘yxati 16-rasm. Ranglar raqami
Shunda, kesma chizig‘i tanlab olingan yo‘g‘onlikda tasvirlanib qoladi. Agar, tanlab olingan yo‘g‘onlik qiymati uchinchi “По слою” so‘zi o‘rnida yozilgan bo‘lsa, keyingi chiziladigan chiziqlar yo‘g‘onligi tanlab olingan yo‘g‘onlikda chiziladi. Bu yo‘g‘onlikdan chiqish uchun, tanlab olingan yo‘g‘onlik yuklanadi va ro‘yxatdan “По слою” so‘zi yuklanadi. Natijada, ekrandagi chiziqlar kompyuterda o‘rnatilgan standart yo‘g‘onlikka o‘tib qoladi.
Ikkinchi “По слою” (Типы линии) chiziq turlari tugmasi yuklanadi. Bu buyruqdagi chiziq turlarining ro‘yxati taklif etiladi (17-rasm). Agar, chiziqlarning boshqa turlari kerak bo‘lsa, ro‘yxatning eng pastida joylashgan “Другой” tugmasi yuklanadi. Shunda, ekranda “Chiziq turlari dispetcheri”ning darchasi paydo bo‘ladi. Undagi yuqori o‘ng tomonda joylashgan “Загрузить” qo‘shimcha buyrug‘i yuklanadi. Natijada, darcha o‘rtasida kompyuterga kiritilgan chiziq turlarining nomi va tasviri taklif qilinadi (18-rasm).
Undan istalgan chiziq turini, masalan “Dosh doot” yoki “Dosh doot 2” “Sichqon” bilan yuklanadi va “OK” tugmasi bosiladi.
17-rasm. Chiziq turlari 18-rasm. Chiziq nomi
Shunda, derazaning dastlabki ko‘rinishi paydo bo‘ladi va yana undagi
“OK” tugmasi yuklanadi;
Kesma ajratiladi;
“По слою” – chiziq turlari tugmasi yuklanadi va ro‘yxatdan chiziq turi tanlanib yuklanadi, shunda ekrandagi ajratilgan kesma tanlangan chiziq turida chizilib qoladi.
|
| |