|
D chizish uchun zarur bo'lgan asboblar va buyruqlar
|
bet | 10/22 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #248522 |
Bog'liq Saidov Saidnazarbek
AutoCAD dasturida 3D modellarini qurish uchun dastlab dasturni 3D muhitida ishlash uchun moslashtirish kerak bo‘ladi. Buning uchun 3D geometrik obyektlarni yaratish, tahrirlash, vizuallashtirish kabi funksiyalar bilan bog‘liq qo‘shimcha panellarni ekranga chiqarish talab etiladi. Qo‘shimcha panellarni ekranga chiqarish uchun, ekranda mavjud panellardagi biron bir buyruq tugmasi ustida sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi va AutoCAD panellari ro‘yxati ekranga chiqariladi (50-rasm).
50-rasm. Panellar ro‘yxati
Ro‘yxatda oldin tanlangan 2D modellashtirish uchun zarur bo‘lgan 8 ta panellarga qo‘shimcha ravishda yana 7 ta panel tanlanadi. Bular:
“Вид” – ko‘rinish;
“Визуальные стили” – vizual uslublar;
“Моделирование” – modellashtirish;
“Орбита” – orbita;
5)“ПСК” (пользовательская система координат) – FKT
(foydalanuvchi koordinatalar tizimi);
“Редактирование-2” – tahrirlash-2;
“Редактирование тела” – jismni tahrirlash panellari.
Endi jami panellar soni 15 ta bo‘lib, oldingi 2D panellari vaziyati o‘zgartirilmagan holda yangi 3D panellari qulay qilib ekranga joylashtirib chiqiladi.
Ish jarayonida panellar vaziyatini o‘zgartirib turish tavsiya etilmaydi. Panellarning joylashuvi namuna sifatida keltirilgan bo‘lib, ular o‘rnatib chiqilgandan so‘ng albatta panellar vaziyatini dastur xotirasida saqlab qolish tavsiya etiladi va panellar joylashuvi o‘zgartirib yuborilganda saqlangan ish muhitiga o‘tib panellarning oldingi holatini tiklash mumkin bo‘ladi
Panellarni joylashtirib chiqilgandan so‘ng, ularning holatini saqlab qolish uchun menyu satridagi “Сервис” – “Рабочее пространство” menyulari ketma-ket tanlanib “Сохранить как...” bandi tanlanadi (52rasm).
Ekranga “Сохранить рабочее пространство” – ish muhitini saqlash oynasi chiqadi (53-rasm).
Ushbu oynadagi tahrirlash bo‘limida muhitga nom beriladi va “Сохранить” tugmasi bosiladi. Endi panellarning holati o‘zgartirilgan taqdirda ham istalgan vaziyatda menyu satridagi “Сервис” – “Рабочее пространство” menyulari asosida oldingi muhitni tanlab panellarni oldingi holatiga keltirish mumkin bo‘ladi.
AutoCAD dasturida oddiy 3D primitivlari mavjud bo‘lib, ular “Моделирование” – modellashtirish panelida joylashgan. Panel 4 ta bo‘limdan iborat (54-rasm).
1-bo‘lim 2-bo‘lim 3-bo‘lim 4-bo‘lim
1-bo‘limda oddiy 3D geometrik primitivlarni qurish buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“Политело” – polijism;
“Ящик” – quti;
“Клин” – pona;
“Конус” – konus;
“Сфера” – sfera;
“Цилиндр” – silindr;
“Тор” – halqa;
“Пирамида” – piramida;
“Спираль” – spiral;
10. “Плоская поверхность” – tekis sirt (tekislik).
Ushbu bo‘limdagi barcha buyruq tugmalari o‘z menyusiga ega bo‘lib, ular obyektlarni geometrik ko‘rsatkichlari asosida qurishni nazarda tutadi. Bunday geometrik ko‘rsatkichlarga quriladigan 3D obyektining eni, bo‘yi, balandligi, markazi, radiusi kabi ko‘rchatkichlari kiradi.
2-bo‘limda turli uslubda jism va sirtlarni qurish buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“Выдавить” – siqib chiqarmoq;
“Вытягивание” – cho‘zmoq;
“Сдвиг” – siljish;
“Вращать” – aylantirish;
“По сечениям” – kesimlar bo‘ylab.
Ushbu bo‘limda oldindan yaratilgan 2D obyektlari asosida 3D sirt yoki jismlar yaratiladi. Ya’ni sirt yoki jismlarni yasovchi va yo‘naltiruvchilar asosida quriladi. Shuning uchun dastlab sirt yoki jismlarning yasovchi va yo‘naltiruvchilarini qurish talab etiladi.
3-bo‘limda tarkibli jismlarni hosil qilish buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“Объединение” – birlashuv;
“Вычитание” – ayiruv;
“Пересечение” – kesishuv.
Ushbu bo‘lim asosida oldindan yaratilgan jismlar bir-biri bilan birlashib, biri ikkinchisidan ayrilib yoki ikki jism o‘zaro kesishib yangi jism hosil qilinadi. Bunday jismlar tarkibli jismlar deyiladi.
3-bo‘limda 3D obyektlarni fazo bo‘ylab ko‘chirish, burish, bir-biriga tekislash buyruq tugmalari joylashgan. Bular:
“3D перенос” – 3D ko‘chirish;
“3D поворот” – 3D burish;
“3D выравнивание” – 3D tekislamoq (to‘g‘rilamoq).
Ushbu bo‘limda yaratilgan 3D obyektlari X, Y va Z o‘qlari bo‘ylab bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi, burilishi va 3D obyektlar bir-biriga tekislab olinishi mumkin.
Ko‘rinish paneli. Panel asosan 2 bo‘limdan iborat (55-rasm).
1-bo‘lim 2-bo‘lim
1-bo‘limda asosiy standart ko‘rinishlar bo‘lib, unda quyidagi buyruq tugmalari joylashgan:
“Сверху” – ustidan;
“Снизу” – ostidan;
“Слева” – chapdan;
“Справа” – o‘ngdan;
“Спереди” – oldindan;
“Сзади” – orqadan.
Odatda 2D modellashtirish muhitida yuqoridan ko‘rinish faol holatda bo‘ladi va barcha 2D obyektlari yuqoridan ko‘rinish tekisligida, ya’ni X Y koordinatalar tekisligida yaratiladi.
2-bo‘limda izometrik proyeksiya ko‘rinishlarining buyruq tugmalari joylashgan, bular:
“ЮЗ (юго-западная)” – jg‘ (janubiy-g‘arbiy);
“ЮВ (юго-восточная)” – jsh (janubiy-sharqiy); 3) “СВ (северо-восточная)” – shsh (shimoliy-sharqiy);
4) “СЗ (северо-западная)” – shg‘ (shimoliy-g‘arbiy).
Odatda 3D obyektlari izometrik proyeksiyalar muhitida bajariladi, sababi bu muhitda uchta koordinata o‘qlari (X,Y,Z) to‘liq ko‘rinib turadi va qurilayotgan obyekt to‘la namoyon bo‘lib turadi.
|
| |