• 9-rasm. Xolat qatori
  • -rasm. Obyekt xususiyatlari paneli




    Download 1,85 Mb.
    bet8/22
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #248522
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
    Bog'liq
    Saidov Saidnazarbek

    8-rasm. Obyekt xususiyatlari paneli


    1. “Менеджер свойств слоя” – qatlam xususiyatlarini boshqarish;

    2. “Создать слой” – qatlam yaratish;

    3. “Сделать слой объекта текущим” – obyekt qatlamini joriy qatlamga aylantirish;

    4. “Предыдущий слой” – dastlabki (oldingi) qatlam;

    5. “Цвета” – qatlamga rang berish; 6) “Типы линей” – chiziqlarning turlari;

    7) “Толщина линии” – chiziq qalinligi.
    Dastur ishchi hududining eng pastgi qismida holat qatori joylashgan (9rasm).

    9-rasm. Xolat qatori


    Unda kursorning joriy koordinatalari hamda chizish rejimlarini yoqish/o‘chirish tugmalari mavjud. Tugmalarning qisqacha vazifalari bilan tanishib chiqiladi:
    “Snap Mode” (Шаговый режим) (qadamli rejim) bog‘lanish rejimini o‘chirib/yoqadi. Bu amalni klaviaturadagi “F9” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
    “Grid Display” (Отображение сетки) (to‘rni tasvirlash) ekrandagi to‘rning tasvirni o‘chirib, yoqadi. Bu amalni klaviaturadagi “F7” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
    “Ortho Mode” (Ортогональный режим) (ortogonal rejim) ortogonal rejimni o‘chirib/yoqadi. Bu rejim yoqilganda kursorning gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda surilishi chegaralangan. Bu amalni klaviaturadagi “F8” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
    “Polar Tracking” (Полярное отслеживание) (qutbli kuzatish) – qutbli kuzatish rejimini o‘chirib/yoqadi. Qutbli kuzatish kursor yo‘nalishini belgilangan burchak ostida surilishini chegaralaydi, berilgan biror bir qutbli burchaklarni xayoliy chiziqda yotuvchi nuqtalar tanlanishini osonlashtiradi. Ana shu tugmaning bosilishi “F10” tugmaning bosilishiga mos keladi;
    “Object Snap” (Объектная привязка) (obyektli bog‘lanish) – ular bilan ishlashda har xil obyektlarning nuqtalarini tanlash imkonini beradi, grafikli kursorni aniq harakatini osonlashtiradi. Bu amalni klaviaturadagi “F3” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin;
    “Object Snap Tracking” (Объектное отслеживание) (obyektli kuzatish) – obyektli kuzatish rejimini o‘chirib/yoqadi. Obyektlarni ma’lum burchaklar ostida yoki boshqa obyektlar bilan ma’lum nisbatda chizishga yordam beradi. Yoqilgan rejimlarda maxsus vaqtinchalik chiziqlarni avto kuzatishlar, ko‘rishni aniq bajarishga yordam beradi. Bu amalni klaviaturadagi “F11” tugmasi yordamida ham bajarish mumkin; “Allow/Disallow Dynamic UCS” (Включить/выключить динамическую систему координат) (dinamikali koordinatalar sistemasini o‘chirib/yoqish) – dinamik koordinatalar sistemasini o‘chirib, yoqish. Dinamik koordinatalar sistemasi uch o‘lchovli obyektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan va u biror bir mavjud yuzada vaqtinchalik X, Y yuzasini tekislash imkonini beradi;
    “Dynamic Input” (Динамический ввод) (dinamikli kirish) – dinamik xulosa rejimini o‘chirib, yoqadi. Dinamik xulosa funksiyasi buyruqlarni kiritish va buyruqlar qatoridan foydalanilgan holda kursor hududida ularning ko‘rsatkichlarini tanlash imkonini beradi. Dinamik kiritish qachon yoqilsa, ma’lumot, kursor yonidagi tasvirlanadigan bildirib turuvchi, qanchalik qo‘zg‘alishiga ko‘ra dinamik yangilanadi. Qachon buyruq faol bo‘lsa, bildirib turuvchi foydalanuvchiga ko‘rsatkich qiymatlarini kiritish uchun joyini ta’minlaydi;
    “Show/Hide Lineweight” (Показать/cкрыть толщину линий) (chiziq qalinligini ko‘rsatish/yashirish) – chiziq tasvirini ularning qalinligiga mos ravishta o‘chirib, yoqish rejimi;
    “Quick Properties” (Краткие свойства) (qisqa xususiyatlar) – tanlangan obyekt xususiyatlarini tasvirlovchi panelni o‘chirib, yoquvchi rejim;
    “Model or Paper space” (Модель) (model) – varoq va modelni fazolari oralig‘ida o‘tishga imkon beradi;
    “Quick View Layouts” (Быстрый просмотр слоев) (qatlamlarni tezda ko‘rsatish) – uncha katta bo‘lmagan alohida oynalarda hamma qatlam chizmalarini darhol tasvirlaydi;
    “Quick View Drawins” (Быстрый просмотр чертежей)
    (chizmalarni tezda ko‘rsatish) – chizmalarni ko‘rsatishni o‘chirib/yoqadi;
    “Pan” (Панорамирование) (panoramalashtirish) – rasmni panoramalashtirish;
    “Zoom” (Зумирование) (yaqin, uzoqlashtirish) – tasvirni uzoqlashtirish yoki yaqinlashtirish;
    “SteeringWheel” (Управление колесиком) (g‘ildirak bilan boshqarish) – “Wheel” g‘ildirak uskunasi yoqiladi;
    “ShowMotion” (Показать движение) (harakatni ko‘rsatish) – “Motion” (harakat) uskunasini yoqadi;
    “Workspace switching” (Изменение рабочей области) (ishchi hududni o‘zgartirish) – ishchi hududni tasvirlash uchun kontekstli menyuni paydo qiladi;

    Uskunalar panelining holatini va oynasini bloklash uchun tugma;
    Holat qatorida chizish rejimini o‘chirib yoqish tugmalarining tasviri kontekstli menyuda o‘rnatiladi (10-rasm);

    10-rasm. Qator holatini sozlash kontekstli menyusi
    “Clean Screen” (Очистка экрана) (ekranni tozalash) – ekranni tozalaydi. Uni bosganda barcha uskunalar paneli g‘oyib bo‘ladi, shu bilan grafik ekranining hududi kattalashadi. Bu funksiya kichik diagonalli ekranlarda ishlashda foydalidir.
    Chizish panelidagi “Точка” – nuqta uskunasining tugmasi yuklangach, muloqotlar darchasida “Nuqtani kiriting” so‘rovi paydo bo‘ladi. Unga javoban nuqtani ekranda “Sichqon” yordamida kursor nishoni bilan ixtiyoriy joyga kiritiladi yoki X1va Y1 koordinatalari, masalan, 55 va 77 kiritib, “Enter” bilan qayd etiladi va ekranda nuqta belgilanadi. Shunda, nuqta piksel ko‘rinishida bo‘lgani uchun ko‘zga tashlanmaydi. Shuning uchun, tushuvchi menyular qatoridagi “Формат” menyusi va undagi “Отображение точек” – nuqta qiyofasi uskunalari yuklanadi, shunda ekranda nuqtalarning qiyofasi oynasi paydo bo‘ladi (11rasm, 12-rasm).


    Undan birortasi masalan, aylana ko‘rinishi taklif qilingan 5% da tanlanadi va “OK” tugmasi yuklanadi. Shunda, ekranda koordinatalari bilan kiritilgan nuqtalar aylana ko‘rinishida tasvirlanib qoladi. Nuqtani istalgan qiyofasini keltirilgan oynadan tanlab olish mumkin. Unga rang berish va o‘rnini o‘zgartirish kesma kabi bo‘ladi.


    Chizish panelidagi “Otrezok” – kesma chizish tugmasi yuklangach, muloqotlar darchasida “Boshlang‘ich nuqtasini kiriting” so‘rovi paydo bo‘ladi.
    Unga javoban, sichqon yordamida kursor nishoni bilan ekranning ixtiyoriy joyida kesmaning birinchi nuqtasi kiritiladi. Shunda, navbatdagi, keyingi nuqtasini kiriting so‘rovi paydo bo‘ladi (13- rasm).


    Download 1,85 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




    Download 1,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Obyekt xususiyatlari paneli

    Download 1,85 Mb.