• 57-rasm. FKT paneli
  • D obyektlar yaratish 1.2.1. Asosiy 3D shakllar: Kub, silindr va konus yasash




    Download 1,85 Mb.
    bet11/22
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,85 Mb.
    #248522
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
    Bog'liq
    Saidov Saidnazarbek

    1.2. 3D obyektlar yaratish

    1.2.1. Asosiy 3D shakllar: Kub, silindr va konus yasash


    Ko‘rinishlar asosida 3D obyektlarni ixtiyoriy olti tomondan va to‘rt xil vaziyatdagi izometrik proyeksiyalarda ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Ayrim 3D obyektlari 4 ta izometrik proyeksiyalardan birida qulay vaziyatdagi tasvirni bermasligi mumkin. Misol uchun kubni olsak. Bunda kub izometriyada teng yonli olti burchak shaklida ko‘rinib qoladi (56 arasm).
    Shuning uchun ko‘rinishlarda va umuman modellashtirishda “Orbita” panelidan foydalanish ancha qulayliklarga ega. Ushbu panel asosida obyektning ko‘rinishi ixtiyoriy burchak ostida burilib ko‘rsatilishi va harakatlantirilishi mumkin (56 b-rasm).

    a) b)


    56-rasm: a) izometrik kub; b) izometrik burilgan kub
    Shunisi e’tiborliki, orbita asosida burilgan obyektlar fazodagi vaziyati va boshqa obyektlarga nisbatan vaziyati o‘zgarmaydi. Bunda obyektlarga nisbatan ko‘rinish burchagi o‘zgartiriladi xolos. Obyektlar istalgan paytda yana oldingi biron bir asosiy ko‘rinishlardan biriga yoki izometrik ko‘rinishlardan biriga keltirilishi mumkin.
    FKT (foydalanuvchi koordinatalar tizimi) paneli. AutoCADda ikki turdagi koordinatalar tizimi mavjud. Bular o‘zgarmas xalqaro (XKT) va o‘zgaruvchan foydalanuvchi (FKT) koordinatalar tizimlaridir. Yangi chizmada dastlabki holatda har ikkala tizim ustma-ust holatda bo‘lib, foydalanuvchi koordinata tizimi boshqa joyga va boshqa vaziyatga keltirilganda xalqaroga nisbatan amalga oshiriladi va xalqaro koordinata tizimi qaytish imkonini saqlab turadi.
    FKT paneli asosan 4 ta bo‘limdan iborat (57-rasm):

    1-bo‘lim 2-bo‘lim 3-bo‘lim 4-bo‘lim

    57-rasm. FKT paneli


    1-bo‘limda XKT va FKTga o‘tish rejimlari joylashgan.
    2-bo‘limda FKTni 1-obyektga, 2-yoqga va 3-ko‘rinishga bog‘lash buyruq tugmalari joylashgan.
    3-bo‘limda FKT turli uslubda ko‘chirish va o‘qlar yo‘nalishini berish buyruq tugmalari joylashgan.
    4-bo‘limda FKT koordinata tekisligini ma’lum bir burchakga bitta o‘q atrofida burish buyruq tugmalari joylashgan.
    Jismni tahrirlash paneli. Ushbu panel asosan 3D jismlarini tahrirlashga qaratilgan bo‘lib, 3 ta bo‘limdan iborat (58-rasm).

    1-bo‘lim 2-bo‘lim 3-bo‘lim

    Download 1,85 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




    Download 1,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D obyektlar yaratish 1.2.1. Asosiy 3D shakllar: Kub, silindr va konus yasash

    Download 1,85 Mb.