|
Kurs ishi mavzu: “Boshqarishning tashkiliy strukturalari
|
bet | 12/13 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 50,85 Kb. | | #153550 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu “Boshqarishning tashkiliy strukturalari-fayllar.org1. Lizing firmalar - bunda salohiyati qudratli xo’jalik tizimi etarlicha moliyaviy vositalari bo’lmagan boshqa bir korxonaga mashina-uskunalar va boshqa mulklarni shartnoma asosida muayyan muddatga berib turadi. Muddat tugagandan so’ng ijarachi bu mulkni qoldiq qiymati bo’yicha sotib olish huquqiga ega bo’ladi.
2. Injiniring firmalari - ular turli inshootlar va tuzilmalarni loyihalash, qurish, foydalanishga topshirish bilan shug’ullanadi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziyalar sotadi. Texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi, injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, etkazib turadi.
3. Konsalting firmalar - ular ishlab chiqarishning turli muammolari yuzasidan maslahatlar beradi, loyihalash bilan shug’ullanadi, xo’jalik yuritishning yangi shakllariga o’tish, boshqaruv tizimlarini takomillashtirish va shunga o’xshash faoliyat turlariga ko’maklashadi.
4. Venchur firmalari - bu firmalarni tavakkalchilik firmalari deb ham atashadi. Ular kichik biznesning bir turi bo’lib: ilmiy-muhandislik ishlari; yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish; tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish; ishlab chiqarishni boshqarish bilan shug’ullanadi.
6. Seleng firmalari - ular jismoniy va yuridik shaxslarning mulklarini jalb etish va bu mulklardan o’z ehtiyojlari bo’yicha erkin foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar. Bu mulklarga er maydonlari, binolar, mashina-uskunalar, pul, qimmatli qog’ozlar kiradi.
Xulosa
Xulosa o’nida shuni aytish mumkinki, menejmenti vazifalarni turkumlanishi boshqaruv ob’ektini xususiyatini baholashga asoslanadi. Bu holda ishlab chiqarish boshqaruvida butun bir tizimning aniq vazifalari ajratib ko’rsatiladi.
Boshqaruv jarayonida strukturani bajarishdan maqsad bu boshqaruvni mustahkamlash, boshqaruvni umumiy, universal vazifalarini ajratib ko’rsatish. Ular har qanday tashkilotda boshqaruv jarayonining mazmunini izhor etadi va sub’ekt boshqaruvi uning xususiyatga bog’liq emas. Boshqaruvning strukturasini ishlab chiqarish jarayonida samarali mehnat faoliyatini ta’minlaydi. Qayd qilingan jarayonlar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko’p unsurlardan, komponentlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, boshqaruv funksiyalari korxona va ishlab chiqarishdagi ishlarni yengillashtirishga qaratilgan. Misol qilib boshqarishning iqtisodiy funksiyasini olsak, bu funksiyani bajarish jarayonida korxonani iqtisodiy tanglikdan saqlashga qaratilgan:”mablag’larning doiraviy oborotini amalga oshirish;mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish;marketing xizmatini uyushtirish;foyda olishni ta’minlash”. Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko’ra, korxonani mablag’larini aylanishini ta’minlash, sifatli maxsulot va sifatli xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotilishini ta’minlash, maxsulot sotilishi davomida foyda olishga qaratilgan funksiya hisoblanadi. Bundan tashqari boshqaruv funksiyalarini qo’llash jarayoni xodimlarni samarali mehnat faoliyati, o’z ishiga mehr-muhabbat, ularni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o’zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo’lish ruhida tarbiyalash,xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilishnin xam o’rgatadi. Bularga erishish uchun boshqaruvni yaxshi rejalashtirish, tashkil qilish, xodimlar va ish faoliyatlarini nazorat qilish zarur.
Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta'minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob'ektlarining joylashuvi ham ta'sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o’tkazish shunchalik samarali amalga oshiriladi.
|
| |