|
-BOB. Turizm va xizmatlar sohasida GAT ning nazariy asoslari
|
bet | 2/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 168,19 Kb. | | #132838 |
Bog'liq Sharifboyev Dilshod GAT kurs ishi1-BOB. Turizm va xizmatlar sohasida GAT ning nazariy asoslari.
1.1 Milliy iqtisodiyotda turizm va xizmatlar sohasining o’rni haqida tushuncha.
Turizm bоshqа sоhаlаrgа nisbаtаn tеz tаrаqqiy etаdigаn tаrmоqdir, chunki bu sоhа mаmlаkаtimiz uchun unchаlik kаttа invеstisiyani tаlаb qilmаsdаn rivоjlаnishi mumkin bo’lgаn sоhаdir. Bоshqа sоhаlаr, jumlаdаn hаvо, tеmiryo’l, аvtоmоbil trаnspоrti, оvqаtlаnish vа sаvdо shаhоbchаlаri, mеhmоnхоnаlаr rivоj tоpsа o’shа jоydа turistik оb’еktlаr mаvjud bo’lsа bеmаlоl turizmni rivоjlаntirish mumkin. Turizm sоhаsidаgi mutахаssislаrning fikrichа, u XXI аsrdа dunyo miqiyosidа eng ustuvоr fоydа kеltiruvchi sоhаgааylаnаdi. Hоzir u dunyo bo’yichааvtоmоbilsоzlik vа nеftni qаytа ishlаsh sоhаsidаn kеyin uchinchi o’rinni egаllаb turibdi. Bu sоhа dunyo sаnоаti vа qishlоq хo’jаligidаn o’zib kеtdilаr. Turizmning tеz rivоjlаnishigа yanа bir sаbаb, u yuqоri dаrаjаdаgi kаttа ilmiy tаdqiqоt хаrаjаtini vа quvvаtni ko’p sаrf qilаdigаn tехnоlоgiyani tаlаb qilmаydi. Birоq, turizm bоshqа sоhаlаrni rivоjlаntirishni tаqоzо qilаdi. SHu tufаyli ushbu sоhа bilаn ko’pginахizmаt ko’rsаtuvchi sоhаlаr bir-biri bilаn uzviy bоg’liq rаvishdа rivоj tоpmоg’i lоzim. Turizmning yuqоri dаrоmаd kеltiruvchi sоhаbo’lgаnligi tufаyli ko’pginа dаvlаtlаr vа tаdbirkоrlаr uning rivоjlаnishi uchun kаttа e’tibоr bеrmоqdаlаr. Ulаr yangi-yangi mеhmоnхоnаlаrni qurmоqdа, eskilаrini rеkоnstruksiya qilib tа’mirlаmоqdа, qаysiki ulаrni hаm jаhоn stаndаrtlаri tаlаblаrigа mоslаshtirmоqdа. Bungа birginа Sаmаrqаnd shаhridа qurilgаn o’nlаb shахsiy mеhmоnхоnаlаrni misоl kеltirish mumkin. Ulаr hеch kimning tа’ziqi yoki ko’rsаtmаsisiz o’z tаshаbbuslаri bilаn qurilgаn оb’еktlаrdir. Mаqsаdi shu sоhаni rivоjlаntirib kаttа fоydаоlish. Bu esа o’z nаvbаtidа, turizmni rivоjlаntirish uchun eng muhim оmillаrdаn biridir. Bugungi globallashuv jarayonida qariyb barcha mamlakatlar iqtisodiy faoliyatida turizm sektori yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Mazkur sohaning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta‘siri nafaqat valyuta tushumi, ish o‘rni yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, balki ajdodlardan meros qolgan madaniyat va qadryatlarning saqlashning bosh omilidir. Shu sababdan, turizmning iqtisodiyotga ta‘sirini to‘liq tushunish va samarali faoliyat yuritishni ta‘minlash maqsadida ko‘plab xalqaro turistik tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bular ichida Dunyo sayohat va turizm kengashini (WTTC) alohida ta‘kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. WTTC jahon miqyosida turizm va sayohatning iqtisodiy-ijtimoiy ulushini belgilaydigan global hokimyatdir. Ushbu hokimyat turizm sektorining barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda, sayyohlik eksportini boshqarishda va samaradorlikka erishishda hukumatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 25 yildan buyon WTTC turizm va sayohatning iqtisodiy ta‘sirini o‘rganib kelmoqda. 2015-yilgi ma‘lumotlar yillik iqtisodiy hisobotlar 184 mamlakat va 25 ta hududni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma‘lumotlarga muvofiq, dunyo bo‘yicha 2014-yilda sayohat va turizm 7,6 trillion AQSH dollari, ya‘ni umumiy YaIMning 10 %i va 277 million ish o‘rni (har 11dan 1 kishi turizm sohasida ishlaydi) ga teng bo‘ldi. Yaqin yillarda turizm dunyo miqyosida avtomobil sanoati, moliyaviy xizmatlar va sog‘liqni saqlashga qaraganda tez sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘tgan yil ham bundan mustasno bo‘lmadi. Xalqaro turistlar tashrifi 1,14 mlrdga teng bo‘ldi va bu ko‘rsatkichning 46 %i rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aytish joizki, ayni davrda davom etayotgan Rossiyadagi retsessiya, ya‘ni iqtisodiy tanglik jahon turizmiga o‘z salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan, jahonning ko‘plab mamlakatlari shular qatorida O‘zbekiston ham iqtisodiy o‘sishda davom etdi. Ma‘lumki, O‘zbekiston turizm sanoatida katta imkoniyatga ega davlatdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 4000 dan ortiq tarixiy obidalar va muzeylarimizda 2 mlndan ziyod qadimiy eksponatlar saqlanayotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Shuningdek, Respublika bo‘yicha jami 550 ta sayyohlik kompaniyasi turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. Mintaqamizdagi tarixiy ob`yektlar, arxitektura va shaharsozlik obidalarining aksariyatini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yo‘nalishlarning 65 tasi tarixiy madaniy meros ob`yektlari, 30 tasi tabiiy rekreatsion, 15 tasi sog‘lomlashtirish turizm elementlarini o‘z ichiga olgan ekologik yo‘nalishdir. Hozirda yurtimizda 50.000 dan ziyod o‘ringa ega bo‘lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglarda sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda. 4
1.2 Geoaxborot tizimlari haqida tushuncha.
Ахбороттизимларибугунгикундаинсонфаолиятинингтурлисоҳаларидаишлатилади. Одатда фойдаланувчилар учун ўрганилаётган жисмларнинг фазовий ўрнини аниқлаш зарурияти туғилади. Ҳар қандай фазовий ахборот тизими барча ахборот тизимларига хос тамойиллари асосида ҳосил бўлади. Бундай тизимлар автоматик ахборот тизимлари сифатида ер юзасидаги табиий ва сунъий фазозвий жисмларни тақдим этиш ҳамда ўрганиш учун тақдим этилади. Жисмларнинг фазовий боғланиши“географик ахборот тизими” жумласини келиб чиқишига асос бўлган.Вақт ўтиши билан бу жумла кенгроқ талқинга эга бўлиб “геоахборот тизими” (ГАТ) тушунчасига эга бўлди, чунки ГАТ га нафақат ер юзасида жойлашган обектларнинг аниқ жойлашуви, балки турли хил хусусиятларини тавсифловчи ахборот ҳам киритилган.
Мураккаб сўзларнинг асосий қисмини юнон тилидан таржима қилинганда "Гео" бу "ер" деган маънони англатади. “Гео”қўшимчаси на фақат объетларнинг ер майдони нуқталарига ва хариталарига боғлиқлик тамойил ларини белгилайди, балки барча турдаги маълумотларни ягона ахборат мухитига интеграция қилиш имкониятини беради ва турли маълумотларни ягона тизимда комплекс кайта ишлашни ифодалайди. Кенг маънода ГАТ дунёнинг реал модели сифатида, тор маънода эса ер юзасига бириктирилган ахборот тўплаш ва сақлаш тизими сифатида тушинилади.
|
| |