• MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………. 1BOB. Turizm vaxizmatlar sohasidaGAT ning nazariy asoslari.
  • 2 BOB. Geoaxborot tizimlarining turizmdagi rivojlanish istiqbollari.
  • Kurs ishi mavzu: Turizm va xizmatlar sohasida gat ning ahamiyati




    Download 168,19 Kb.
    bet1/6
    Sana09.01.2024
    Hajmi168,19 Kb.
    #132838
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Sharifboyev Dilshod GAT kurs ishi


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
    MAGISTRATURA BO‘LIMI
    “TURIZM” KAFEDRASI
    “Turizmda geoaxborot tizimlari ”FANIDAN

    KURS ISHI


    MAVZU: Turizm va xizmatlar sohasida GAT ning ahamiyati

    Bajardi: MMX1-123-guruh magistranti D.Sharifboyev


    Qabul qildi: “Turizm” kafedrasi Professori, I.Tuxliev
    Samarqand -2023

    MUNDARIJA:
    KIRISH………………………………………………………………………….
    1BOB. Turizm vaxizmatlar sohasidaGAT ning nazariy asoslari.
    1.1 Milliy iqtisodiyotda turizm vaxizmatlar sohasining o’rni haqida tushuncha.
    1.2 Geoaxborot tizimlari haqida tushuncha
    2 BOB. Geoaxborot tizimlarining turizmdagi rivojlanish istiqbollari.
    2.1. Turizmda Geoaxborot tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi
    2.2.Global bronlash tizimlari va ularning rivojlanish tarixi.
    XULOSA, TAKLIF VA TAVSIYALAR………………………………………….
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………...

    KIRISH
    Bugungi kunda jahondagi globallashuv sharoitida turizm va mehmonxona biznesi ko’pgina mamlakatlarda yetakchi tarmoq sifatida eng katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish va asosiy ishchi o’rinlarini yaratuvchi tarmoq bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda turizm iqtisodiyotning barqaror rivojlanayotgan sohasi bo’lib, iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalari bilan o’zaro aloqalari tufayli turizm mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy yangilanishlarning katalizatori sifatida maydonga chiqmoqda.
    Yangi O’zbekistonda turizm xizmatlar bozori umumjahon tendensiyalarini saqlab qolish bilan birga, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu, avvalo, mamlakatimizda turistik majmuaning shakllanishi davomida yuzaga kelgan turizm va rekreatsion talab hamda taklifning o’zaro munosabatining ijtimoiy xarakterga ega bo’lishi bilan bog’liqdir.
    O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida eng katta turistik salohiyatga ega bo’lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Buyuk Ipak Yo’lining rivojlanishini o’zida aks ettiradigan ko’p asrlik tarixiy va madaniy sakkiz mingdan ziyod tarixiy – arxitektura yodgorliklari bo’lgan boy merosga egaligi jihatidan dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallab turibdi.
    Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, o’rta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo’nalishlari sifatida “…turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o’zaro bog’liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim bo’lgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish…”1 belgilandi.
    Mazkur vazifalarning bajarilishi turizm sohasini yanada rivojlantirish, uning YaIMdagi ulushini oshirish, aholini yangi ishchi o’rinlari bilan ta’minlash maqsadida turizm xizmatlar bozorini chuqur tahlil qilish va o’rganish maqsadida o’quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish ehtiyoji mavjudligini ko’rsatmoqda. Darhaqiqat, mamlakatni modernizatsiyalash bosqichida turizm va mehmondo’stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi xodimlarga qo’yilgan malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash muhim masala bo’lib turibdi. Shularni hisobga olib hozirgi vaqtda Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining Klassifikatoridagi barcha ta’lim yo’nalishlari hamda mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va o’quv rejalari xalqaro tajribalar asosida qayta ko’rib chiqilmoqda.
    Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq asosiy davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida qaralmoqda. Turizm sohasining rivoji uchun zarur bo’lgan tashkiliy – huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham ham davom etmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Turizm to’g’risida”gi qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmon va Qarorlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Ekologiya Vazirligi huzuridagi Turizm qo’mitasining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo’riqnoma, ko’rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda.
    Ma‘lumki, turistik xizmat ko’rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o’rinda turadi. "Turizm to’g’risida"gi qonun2 bo’yicha o’z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o’z yo’llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta‘minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlabchiqaruvchi va turistik mahsulot iste‘molchisi o’rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir.
    Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilmoqda va ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va o’zbek xalqining turmush farovonligini oshirish ko‘rsatkichidir. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu milliy turizm, dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - O‘zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir. Mamlakatimizda 8ming 200dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan.3 Shu bilan birga, mamlakatimizning o‘ziga xos tabiati, go‘zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi sayyohlik yo’nalishlarini ochish mumkin. Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma’rifiy, etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik munosabatlarini qo’llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxo-ro, Xorazim, Surxondaryo va Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “Kichik haj” dasturini ishlab chiqish va tezlashtirish zarur. Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko’lamli imkoniyatlarni to’liq ishga tushirish zarur So’ngi yillarda turizm sohasi tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Turizm sohasi vakillari ichki va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rishmoqda, birinchi navbatda, mamlakatimiz hududlaridagi turizm infratuzilmasini yaxshilashga doir faol ishlar olib borilmoqda.



    Download 168,19 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 168,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Turizm va xizmatlar sohasida gat ning ahamiyati

    Download 168,19 Kb.