BOB. Geoaxborot tizimlarining turizmdagi rivojlanish istiqbollari




Download 168,19 Kb.
bet5/6
Sana09.01.2024
Hajmi168,19 Kb.
#132838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sharifboyev Dilshod GAT kurs ishi

2 BOB. Geoaxborot tizimlarining turizmdagi rivojlanish istiqbollari.
2.1. Turizmda Geoaxborot tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi
Bugungi kunda GAT tizimlarini o‘z ichiga olgan raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish turizm sohasi uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu dolzarblik mintaqalarning turizm sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, bartaraf etish hamda ularning turistik salohiyatidan oqilona foydalanishda ham muhim kasb etadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-sonli Farmoni asosida qabul qilingan “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish, zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha yetkazish, shuningdek, 2025 yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijdan — 2 million turistni jalb qilish belgilab qo‘yilgan.Shu maqsadda Konsepsiyada O‘zbekistonning va hududlarning turizm xaritalarini ishlab chiqish va chop etish, shuningdek, turizm xaritasining elektron shaklini turizm portallarida joylashtirish hamda turli platformalar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘iga ulanmasdan ishlaydigan mobil ilova ishlab chiqish kabi bir qator vazifalar belgilab qo‘yilgan1 bo‘lsa, “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165- sonli Prezident farmonida ham respublikaning turistik salohiyatini oshirishda mamlakatning barcha moddiy madaniy meros obektlari va boshqa diqqatga sazovor joylari to‘liq aks ettirilgan turizm xaritasini tayyorlashhamda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan, shu jumladan bonuslar yig‘ib boriladigan, tavsiya etiladigan turizm namoyishi obektlari to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan hamda sayohatlarni qayd etadigan elektron va bosma shakldagi “Turist pasporti”ni joriy etish kabi vazifalar belgilangan2 . Bu vazifalarni amalga oshirishda mintaqalarning turistik salohiyatini namoyon etishning innovatsion yondashuvlaridan bo‘lgan geoaxborot tizimlaridan foydalanishni kuchaytirish lozim. Shulardan kelib chiqib, mintaqa turistikrekreatsion salohiyati to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish va uni taqdim etish, turizm yo‘nalishlarini tizimlashtirish va pasportlashtirishni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining marshrutlari tarmog‘i va turizm namoyishi obyektlarining yagona axborot bazasini shakllantirish GATni rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib, bu borada olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur maqolada geoaxborot tizimlari texnologiyalarining rivojlanishi turizm sohasi uchun innovatsion texnologiya ekanligini inobatga olgan holda, uning mazmun-mohiyatini yoritish, turizmda tutgan o‘rnini aniqlash, rivojlantirish hamda bu orqali mintaqalarning turistik imkoniyatlarini oshirishga oid olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari aks ettirilgan.
Turizm sohasini bugungi kunda iqtisodiyotning muhim tarmog’i sifatida e’tirof etilib, uni rivojlantirish uchun ko‘plab vazifalar belgilangan. Biroq, 2020-yilda sodir bo‘lgan Covid-19 Pandemiyasi va uning asoratlari dunyo bo‘ylab turizm xizmatlar sohasiga katta zarar yetkazdi. Bu holat mamlakatimizga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan turistlar sonining keskin kamayishiga sabab bo‘ldi. Shu davrga qadar turistlar sonida barqaror o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, Pandemiyadan keyin esa keskin pasayish namoyon bo‘ldi
Biroq, “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida esa 2020-yilda mamlakatimizga 7 mln.dan ko‘p turistlarning tashrifi kutilgan edi(amalda esa 1,5 mln.dan ortiq). Avvalo turistlar sonini dan keyin bir necha barobarga kamayib ketishi sohaning rivolanishiga salbiy ta’sir etishi tabiiy. Ushbu holatni yuzaga kelmasligini ta’minlash uchun turistlarning tashrifini oshirishga xizmat qiladigan yangi servislar shu jumladan. innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda xizmat turlarini taklif etish zarurdir. Mintaqalarning turizm salohiyatini rivojlantirishga xizmat qila oladigan innovatsion texnologiyalarni rivojlanishi boshqa sohalarning uyg‘unligi asosida amalga oshiriladi. Bu holat GAT tizimlarining rivojlanishi uchun ham o‘rinli hisoblanadi. Chunki, geoaxborot tizimlarining rivojlanishi avvalo, geografik ma’lumotlarni to‘plash, saralash, ularni tahlil qilish hamda ma’lum bir tizimga joylashtirish asosida amalga oshiriladigan texnologiyalar davridan boshlab rivojlana boshlagan.
Mazkur tizimlar fanga XX asrning o‘rtalaridan insoniyat hayotida kompyuter texnologiyalarning kirib kelishi, ularning rivojlanish davridan boshlab shakllana boshladi. Umuman, bu davrda axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi sabab tizimlarning rivojlanishi shiddat bilan amalga oshirila boshlangan.5
Dastlabki davr o‘zining nazariy va amaliy tadqiqotlar, ilk yirik loyihalar, ilk tajribalar va ular natijalarini o‘rganilishi, umumlashtirilishi, nazariy va amaliy xulosalar to‘planilishi bilan xarakterlanadi. Davlatlar tarafidan qo‘llab-quvvatlanadigan yirik loyihalarning amalga oshirilishi, GATlar sohasidagi davlat institutlarining shakllantirilishi, xususiy tadqiqotchilar va ular guruhlari ahamiyatining pasayishi – keyingi boqichni, ya’ni davlatlarning tashabbuslari davrini boshlab berdi. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab geografik axborot tizimlari sohasidagi taraqqiyot bu sohani ikki yo‘nalishda rivojlanish imkoniyatlarini yaratdi. GAT larining uchinchi bosqichi - tadbirkorlik rivojlanish davrida turli dasturiy vositalar bozorining rivojlanishi, stol geografik axborot tizimlarining turli sohalarda qo‘llanishining kengayishi, tarmoq ilovalarining paydo bo‘lishi, professional bo‘lmagan foydalanuvchilar sonining ortishi, geoma’lumotlar korporativ va taqsimlangan bazalarini vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Mazkur texnologiyalarning rivojlanishidagi so‘nggi, hozirgacha davom etayotgan bosqich - geoaxborot texnologiyalari xizmatlari ishlab chiqaruvchilari orasidagi raqobatning kuchayishi, dasturiy vositalarning ochiqligi va hammabopliligi, foydalanuvchilar klublari, telekonferensiyalari, hududiy tarqoq bo‘lsada, biroq yagona tematika bo‘yicha bog‘langan foydalanuvchilarning paydo bo‘lishi, umumjahon geoaxborot infratuzilmasi shakllanishining boshlanishi bilan bog‘liq. Dastlabki yaratilgan texnologiyalar asosan, jug’rofiy ma’lumotlar bilan ish ko‘rishga, ya’ni qaralayotgan soha hududidagi geografik nuqtai nazardan taqsimlangan nuqtalar bilan ish olib borishga asoslangan edi
Xaritalashtirish hamda axborot texnologiyalarining alohida mustaqil rivojlanishi va ularning integratsiyalanishuvi geoaxborot texnologiyalarining kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Buning amaliy natijasi sifatida chiziqli printerlardan foydalanib chiziladigan grafiklarni ishlab chiqish sifatidagi ijobiy o‘zgarishlar, ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy serverlarning ishlab chiqilishidagi yutuqlar, yangi ma’lumotlarni kiritish bilan bog’liq qulayliklarni misol keltirish mumkin.
GAT yondashuvning boshqa axborot tizimlardan asosiy farqi – bu uning ma’lumotlarni geografik axborotlar bilan uyg‘unlashganidadir. Shu sababli ham, yangi sun'iy yo‘ldoshlarni ishga tushirish va masofadan zondlash texnologiyasini rivojlantrilishi bu sohani takomillashtirishga imkoniyat yaratib bergan GATning rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatgan yana bir jihat bu odamlarda shaxsiy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishning ortishidir. Bunda geoaxborot tizimlariga oid dasturiy ta’minotlardan foydalanishda kuchli va zamonaviy kompyuterlardan foydalanish talab etilgan. Keyingi davrlarga kelib esa kompyuter texnologiyalari va tizimlarining keng rivojlanishi va shu asosda mavjud ma’lumotlarga tezkor ishlov berish imkoniyatlarining yaratilishi, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanishning osonlashuvi, mintaqalarga ajratilgan yoki alohida olingan obyektlar faoliyatini elektron xaritalar asosida kompleks tadqiq qilish imkoniyatining paydo bo‘lishiga va bu orqali tadqiq qilinayotgan obyektga tegishli barcha turdagi ma’lumotlar asosida ish ko‘rish imkoniyatlarini namoyon etdi. Geoaxborot tizimlaridan samarali foydalanish mintaqalarning turizm salohiyatini rivojlantirish uchun ham muhim hisoblanadi. Mazkur texnologiyalar mintaqada turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli rejalashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda alohida ahamiyatga ega. Mintaqaviy turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda geoaxborot yondashuvning o‘ziga xos xususiyati - birlashtirilgan yagona intellektual tizimni shakllantirishga qaratilganligidir. Bu tizim zamonaviy ko‘p o‘lchovli raqamli kartografik bazalar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini, shuningdek videokuzatuv materiallarini; monitoring va modellashtirishning avtomatik fazoviy-vaqtli tahlili usullari va texnologiyalarini; WEBtexnologiyalar orqali fazoviy ma’lumotlarning nashr etish jarayonlarini qamrab oladi[2]. Geoaxborot texnologiyalardan foydalanish orqali mintaqalarning bir biridan farqli jihatlari, ular relefining o‘ziga xosligi, yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, bugungi kundagi GATlarning grafik ma’lumotlarni alohida tematik qatlamlar, hudud yoki alohida obektlarning sifat va son jihatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini xaritalarda aks etgan ko‘rinishida saqlash kabilar mintaqalarning turizm imkoniyatlarini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda Geoaxborot tizimlaridan ko‘plab sohalarda, turli maqsadlarda foydalanib kelishmoqda. Ular qatoriga agrar sohadagi muammolarni bartaraf etishda, ekologik muammolarni o‘rganish va hal etishda, yangi hududlarni o‘zlashtirishda, shu bilan birga iqtisodiyot uchun zarur obyektlarni joylashtirishda foydalanib kelinmoqda. Mazkur tizimlardan mintaqalarning turistik imkoniyatlarini oshirishda ham qo‘llash va bu orqali sohani rivojlantirish mumkin. Geoaxborot tizimlarini rivojlantirish orqali mamlakat turizm sohasi bilan bog’liq ko‘plab muammolariga yechim topa olishi mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni ham kiritishimiz mumkin: − Dunyo amaliyotida bugungi kunda ko‘plab ochiq geoaxborot tizimlariga ixtisoslashgan elektron xaritalar mavjud bo‘lib, ularda ma’lumotlarni aks ettirish va ularning aniqligini tekshirib borish hamda qimmatlilik darajasini yo‘qotgan axborotlarni yangilanishi bilan bog’liq vazifalarni bajarish; − Tashrif buyurushi mumkin bo‘lgan turistlar uchun ochiq elektron xarita bazasini taqdim etish, bunda ortiqcha muammo (ro‘yxatdan o‘tish bilan bog’liq muammolar, shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi, yuklanishi qiyin bo‘lgan platformalar bilan ishlash kabi)larsiz bo‘lgan dasturiy ta’minotlarni rivojlantirish; − Turistlar o‘zlari sayohat qilayotgan marshrutlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlashda, elektron xaritalarning rolini oshirish uchun zarur imkoniyatlarni qo‘llash(internet bilan qamrovni kengaytirish, mobil aloqa stansiyalarning barqarorligini ta’minlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib axborotlar sifatini optimallashtirish); − Mintaqaning o‘ziga xos jihatlarini elektron xartalarda aks ettirishda, eng so‘ngi ma’lumotlarga asoslangan foto, video yoki uch o‘lchamli tasvirlarni ko‘rsatib berish(Bunda, hududlarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishda, landshaft, suv havzalari va yashil hududlarning tasvirlarini o‘ziga xos usulda namoyon etish). Xulosa sifatida shuni yoza olamizki, hozirgi raqamli texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi har qanday sohaning imkoniyatlarini to‘laroq ochib berishga xizmat qilmoqda. Mintaqaviy turizm sohasida geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish esa bevosita ushbu sohaning keng darajada rivojlanishini ta’minlab beradi.
2.2. Global bronlash tizimlari va ularning rivojlanish tarixi.
Kompaniyalarning turli rezervlash tizimlari bilan ishlash ko`p yillik tajribasi
elektron rezervlash tizimidan foydalanishga o`tgan o`rta mehmonxona mazkur tizim orqali har oyda qo`shimcha tarzda bir necha o`ntadan bir necha yuztagacha buyurtma olishini ko`rsatadi. Tarixan bu tizimlar aviachiptalarni rezervlash tizimi sifatida yaratilgan edi. Hozirda bu funksiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni rezervlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda jahonda to`rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global
Distribution Systems - GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Worldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko`prog’ini qamrab olgan. Ularning terminallari er yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o`rnatilgan. Bu tizimlar "oltin to`rtlik" deb atalishi bejiz emas. Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo`shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli. Rezervlash tizimlari bilan ishlashning universal retsepti mavjud emas, shu bois har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx - navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo, Yevropada, Sabre va Worldspan esa - Amerikada faoliyat ko`rsatadi. SAHARA tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin SHarqning ba`zi bir mamlakatlarida tarqalgan3.
Inter - Continental, Radisson va boshqa mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi
mehmonxonalar uchun GDS bilan ishlash markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladi va mehmonxona tarmog’i marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil mehmonxonalar uchun dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlashning bir nechta variantlari mavjud:
- bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o`zida
o`rnatish va mustaqil ishlash;
- bunday xizmatlar ko`rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya
bilan shartnoma tuzish;
- dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o`z GDS terminallarini o`rnatish eng murakkab va qimmat echimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona rezervlash tizimlari bilan shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o`tkazishi, kerakli asbob – uskunalarni o`rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o`rgatishi va boshqа ko`plab shunga o`xshash ishlarni amalga oshirishi lozim. Qilingan sarf - xarajatlar yaqin kelajakda o`zini oqlashi uchun GDSdan muttasil ravishda ko`plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday yondashuv faqat o`z mehmonxonalar tizimiga ega bo`lgan mehmonxonalar tarmoqlari uchun o`rinlidir. SHu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning ishlash holatlari deyarli ma`lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha engil va arzondir. Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob - uskunalar o`rnatish, maxsus ajratilgan aloqa tarmoqlarini o`tkazish vа mehmonxonaga xos bo`lmagan boshqa funktsiyalarni bajarish talab etilmaydi. Mehmonxonani, uning nomerlarini, narxlarni mufassal tavsiflovchi so`rovnomani to`ldirish va bronlashga tasdiqnoma kelishini (odatda faks orqali) kutish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming
dollarga etishi mumkin. Har bir sof (ya`ni amalga oshirilgan va bekor qilinmagan) bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AQSH dollari) olinadi. Vositachi kompaniya funktsiyasiga (tegishincha mehmonxona xarajatlariga ham) bronlashni amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to`lash kiradi. Vositachilik haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi. Odatda uning miqdori bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, turoperator orqali ishlash oldingi variant bilan aniq mos keladi. Birdan -bir farq moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishidadir. Turoperator uchun GDS orqali mehmonxonani bronlashtirgan har bir mijoz amalda yakka turist hisoblanadi. Uni mehmonxonaga joylashtirishga mehmonxona turoperatorlar uchun belgilagan narxlar amal qiladi. Turoperator skidkasi (komissiyasi)ning miqdori, qoida tariqasida, nomerlar narxiga qarab, 15 - 30% va undan ko`proq bo`ladi. O`z skidkasidan turoperator agentlik komissiyasini to`laydi, rezervlash tizimlari, telekommunikatsion kompaniyalarga majburiy to`lovlarni amalga oshiradi.
Turoperator orqali ishlash barcha jihatlardan ma`qulroqdir, chunki turoperator skidkasi mijozlarning mehmonxonada amalda yashashiga nisbatan amal qiladi, binobarin, turoperator mehmonxonaga mijozlarni jalb qilishdan bevosita manfaatdordir. Mijozlar bo`lsa - daromad bo`ladi, mijozlar bo`lmasa - mehmonxonadan hech qanday to`lovlar kelmaydi.
Axborot tarqatish muqobil kanallari jadal rivojlanishi natijasida mehmonxonalar sohasida dunyo miqyosida rezervlash tizimlari o`zining avvalgi mavqeini asta - sekin yo`qotib bormoqda. Jahon Internet komp'yuter tarmog’i bu "yangi to`lqin"ning sardoridir. Buni bronlash tizimlarining o`zi ham e`tirof etmoqda. Bu ularni Internet bilan birlashishga va o`z Internet – serverlarini tuzishga rag’batlantirmoqda. Bunda GDSdagi axborotga kirish va mehmonxonalarni bronlashtirish Internet - serverlar orqali ta`minlanadi.
Bugungi kunda SAHARA tizimidan tashqari, barcha GDS shunday
imkoniyatlarga ega. Mehmonxonalar uchun Internet tarmoqining imkoniyatlari faqat GDS bilan hamkorlikda ishlashdan iborat emas. Internetdan foydalanishda mehmonxonalar erishadigan asosiy ustunlik hamrab olinadigan mijozlar doirasining kengligi (er yuzi aholisining 100 mln.dan ko`prog’i) va GDSga qaraganda arzonroq ustama xarajatlardadir.
Hozirning o`zidayoq Internet dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlarining
jiddiy raqibiga aylandi. Internet orqali ishlash dunyo miqyosidagi rezervlash
tizimlari ishidan quyidagi jihatlar bilan farq qiladi:4
GDSda mehmonxona faqat bir marta, Internetda esa - istalgan serverlarda
istalgan miqdorda ko`rsatilishi mumkin; Dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan o`z ishi uchun mehmonxonalardan vositachilik haqi oladigan professional turagentlar ishlaydi, Internetdan esa arzon mehmonxona topishga harakat qilayotgan jismoniy shaxslar foydalanadi. Bunda hech qanday agentlik komissiyasi to`lanmaydi. Internetga kirish imkoniyatiga ega bo`lish va unda o`z sahifasini tashkil etish dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlaridan foydalanish huquqini ho`lga kiritishga qaraganda oson va arzonroq bo`lib, bunga istalgan mehmonxonaning qurbi etadi. Ammo, Internet - markazlashtirilmagan muhit. Аgar Toshkent mehmonxonasi o`zi haqida axborotni istalgan GDSga kiritsa, uni Toshkent mehmonxonalari ro`yxatini ko`zdan kechirgan har bir turagent ko`radi. Internetda buning batamom teskarisi: muayyan mehmonxona sahifasi tashkil etilganidan keyin u haqda deyarli hech kim xabar topmaydi. Internetning istalgan foydalanuvchisi o`ziga mehmonxona tanlamoqchi bo`lganida yuqorida zikr etilgan mehmonxona sahifasini topishi uchun uni turli axborot qidirish tizimlari, ma`lumotnomalar, kataloglarda ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha uzoq va mashaqqatli ish olib borish, bannerli reklamaga katta mablag’lar sarflash va boshqa shunga o`xshash sa`y - harakatlar talab etiladi.
Internetdan foydalanishning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u xalqaro
va shaharlararo so`zlashuvlarga xarajatlarni ancha kamaytirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda turistik agentlar mehmonxonalarda o`rinlarni bronlashtirish usullarini o`zgartirmoqdalar. Ular telefon va faks orqali buyurtmalar yuborishdan mehmonxona nomerlarini bevosita komp'yuter tizimlari orqali buyurtma qilishga jadal sur`atlarda o`tmoqdalar. Ilgari o`rinlarni bronlashtirish komp'yuter tizimlari deb atalgan turistik agentlar uchun mo`ljallangan komp'yuter tizimlari bugungi kunda taqsimlash va sotish bilan shug’ullanadigan Dunyo miqyosidagi distrib'yutorlik tizimlari - "Ji - Di - Es" (Global Distribution Systems)ga aylandi.
"Ji - Di - Es" komp'yuter tizimlari zamirida turistik agentlar hamda mehmondo`stlik sohasidagi xizmatlarni taqsimlash va sotish jarayoni boshqa ishtirokchilari uchun mo`ljallangan turistiк mahsulotlar katalogi yotadi. Dastlab mazkur tizimlarni aviakompaniyalar o`z sotuvlarini rag’batlantirish uchun ishlab chiqqan, ularga jadval bo`yicha muntazam reyslar kiritilgan edi. Eng mashhur tizimlar quyidagilar hisoblanadi: Apollo (United Airlines), Sabre (American Airlines), System One (Continental Airlines), Worldspan (Delta Airlines va Northwest Airlines) va British Airways kompaniyasi Apollo bilan o`zlari ishlab chiqqan Galileo tizimini birlashtirdi. Galileo - asosiy xalqaro tizimlardan biri. Yana bir yirik xalqaro tizim - Amadeus tizimi Lufthansa va Air France aviakompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Mehmonxona korxonalari, turoperatorlar, avtomabillarni ijaraga beruvchi kompaniyalar va turizm sohasidagi boshqa tashkilotlar, o`zlari haqida axborot berishi va turistik agentlarga o`z xizmatlarini sotish uchun qulay imkoniyatlar yaratish mumkin.
Aviakompaniyalar turoperatorlar sifatida ish olib borishi ham mumkin. Masalan, Air New Zeland aviakompaniyasi mehmonlarni joylashtirishga ixtisoslashgan provayderlar yordamida yakkа tartibdagi turistlarga rancho yoki uxlash uchun o`rin va nonushta, avtomobilni ijaraga berish yoki qildirakdagi uycha taklif qiladi.
Mehmonxona provayderlarining tizimlari. Mehmonxona provayderlarining komp'yuter tizimlari - yagona reklama konsortsiumi tarkibidagi mehmonxonalar uchun nomerlarni rezervlashtiruvchi markazlashtirilgan tizimlar. Mehmondo`stlik sanoatida o`z a`zolari foyda olishini ko`zlab tuzilgan tashkilotlar guruhi konsortsium deb ataladi. Konsortsiumlar tashkil etilishining asosiy sababi - marketing. Konsortsium mehmonxonaga egalik va boshqarishda mustaqil bo`lish, marketing sohasida kuch – g’ayratning birlashtirilishidan foyda ko`rish imkonini beradi. Konsortsiumlarga quyidagilar misol bo`ladi: "Leading Hotels of the World", "Small and Beautiful", "Utell International" va b. Ular o`rtasidagi farqlar faqat marketing faoliyatini amalga oshirish usullari va nomerlarni rezervlashtirish tizimlari bilan bog’liq bo`lishi mumkin. Bu rezervlashtirish tizimlari rivojlanishining tabiiy yo`lidir. Mehmonxona nomerlari miqdoriga ko`ra 1990 yilda peshqadamlik qilgan besh konsortsium - "Utell International", "Supranational", "Logis de France", "Leading Hotels of the World" va "Golden Tulip". CHunonchi, "Utell International" konsortsiumining rezervlashtirish xizmati tizimga a`zo bo`lgan 6500 mehmonxonada 1,3 mln. o`rinni taklif qilgan. "Utell Vision" tizimi turli mamlakatlardagi agentlarga bronlashtirish haqidagi axborotni o`z komp'yuterlarining ekranlarida taqdim etgan. "Utell International" konsortsiumi
"Hotel and Travel Roadshows" bilan ham bog’liq. Mazkur tashkilot turistik
bozorda kongresslar, konferentsiyalar, ko`rgazmalar va boshqa umumiy anjumanlar tashkilotchilariga mehmonxonalarni taklif qiladi. "Logis de France" - Frantsiyada bir, ikki va uch yulduzli 4000 dan ortiq kichik mehmonxonalarni birlashtiruvchi konsortsium. "Logis de France" mehmonxonalari o`z maxsus belgilariga ega. Mazkur belgilar yo`lko`rsatgichlarda ham ifodalangan. Konsortsiumlar va rezervlashtirish tizimlari mehmonxonalar faoliyatini tashkil etishga marketing ta`sirini kengaytirish imkonini beradi. "Hotels" jurnalining bosh muharriri F.Martin bergan ma`lumotga ko`ra, er yuzidagi 25 asosiy konsortsium 1989 -1990 yillarda taqdim etilgan mehmonxona nomerlari miqdorini uch baravar ko`paytirgan .
"Logis de France" konsortsiumiga o`xshash tashkilotga a`zolik kichik mehmonxonalar bozorida nomerlarni taklif qilish va sotishning asosiy usuli bo`lishi mumkin. Biznesning globallashuvi rivojlanishi bilan konsortsiumlar marketingning tobora kuchli vositasiga aylanib bormoqda. Mintaqalar ham turistlar uchun o`zining jozibadorligini oshirish maqsadida konsortsiumlar tuzmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning Bas viloyatidagi turistik tashkilotlar reklama materiallarini ishlab chiqish va tarqatish uchun o`z uyushmasini tuzdi.
O`z navbatida, turistik agentlar ham mehmonxona nomerlarini, aviakompaniyalarning xizmatlarini va boshqa xizmatlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotib olish uchun o`z konsortsiumlarini tuzdilar. "Woodside Management Systems" konsortsiumi turistik agentliklarning eng yirik konsortsiumlaridan biridir. Konsortsiumlar shuningdek o`z a`zolari uchun buyurtmalarga maxsus shartlar belgilash yo`li bilan vertikal marketing tizimlarini rivojlantirishi ham mumkin. Korporativ distrib'yutorlik tizimlari. Korporativ distrib'yutorlik tizimlari - "Si - Di - Es" (Corporate Distribution Systems) mehmonxona tarmoqlariga tegishli bo`lib, korporatsiyalarning butun dunyo bo`ylaб joylashgan mehmonxonalarini yuklash uchun xizmat qiladi. "Ji - Di - Es" tizimidan farqli o`laroq, korporativ tizimlar nisbatan berk xususiyatga ega va o`z mehmonxonalarni yuklash uchun mo`ljallangan. Ularning asosiy vazifasi - o`z mijozini qo`ldan chiqarmaslik.
SHu bilan birga, o`z mehmonxonalarini turistik agentliklarning buyurtmalari
bilan ta`minlash, shuningdek aviachiptalarni bronlashtirish uchun korporativ tizimlar dunyo miqyosidagi distrib'yutorlik tizimlari bilan tobora ko`proq aloqa qilmoqdalar. Misol uchun, "Xilton" korporativ tizimi Apollo, Sabre tizimlariga ulangan.
Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimida bronlash – KTB (Computer Reservation SyStem - CRS) ga XX asrning 1950 yillar oxiri va 1960 yillar boshlarida asos solingandi[188]. Xuddi o`sha paytda aviа tashishlar nufuzi oshishi aviakompaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug’dirdi. Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo`lda ishlash edi. G’oyat kattaligi va ishlovchi xodimlar sonining ko`pligiga qaramay, o`tgan biroz vaqt ichida rezervlashtirish bo`yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay qoldilar. Bu esa KTB ishlanmalarining boshlanishiga turtki berdi.
Axborotlar ishlab chiqish va taqsimlashda uni uzatish va ko`paytirish, ishonchligini ta`minlash (shу jumladan, sayohtlar uchun ma`lumotnomalar, prays - varaqlar, biletlar, rezervlashtirish to`g’risidа axborotlar) ancha qimmat turadi. CHunki xato ham juda qimmatga tushadi. AQSHda ayrim kompaniyalar hali o`tgan asrning 1960 yillaridayoq o`z xususiy komp'yuter tizimlarini ishlab chiqqandilar. Keyinchalik ayrim firmalarni ular birlashtirishga o`rinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi (1961 yil - "DEL TAMATIC" "Delta", "PANA - MAC", "Pan Am"firmalari), ikki Amerika kompaniyalari "American Airlenes" va "United Airlines" bir - biridan mustaqil yuqori unumli, raqobatbardosh rezervlashtirish tizimlari yaratdilar5.
"United Airlines" 1976 yilda "Apollo" tizimi bilan birinchi bo`lib bozorga chiqdi. Oradan biroz vaqt o`tib "American Airlenes" o`z "Sabre" tizimini taklif qildi. Ushbu tizimlar munosabati bilan foydalanuvchilarga tizimlar ko`priklari orqali (konnektorlar) real vaqt rejimida aviareyslar haqida axborot olish imkoniyati yaratildi. 1980 - yillar ikkinchi yarimida aviakompaniyalar bozorni egallash nuqtai
nazaridan KTB qo`llanishi afzal ekanligini anglaydilar va shunday tizimlar uchun jahonbirinchligi musobaqlari boshlanib ketdi. Amerikaning "Sabre" va "Apollo" tizimlari Britaniya bozorlarini egallab oldi Yevropa yangi "Galileo" va "Amadeus" tizimlari ularga qarshi turishga intildilar.
Bu tizimlarning paydo bo`lishi bilan agentlar sanoqli sekundlar ichida rezervlashtirishni tasdiqlashni amalga oshirish imkoniga ega bo`ldilar. Qiymati va usullarining mustahkamligi nuqtai nazaridan aviabiletlarni rezervlashtirish tizimi asosida zarur barcha xarajatlarni shakllantirishda inqiloб yasalganda, tizim muvoffaqiyatlari ham ulkan edi.
Xodimlar sonini qisqartirish, taklif etilayotgan xizmatlar hajmining ko`payishi, tannarxni va xizmat ko`rsatish vaqtining kamayishi oqilona samarasi bilan bir qatorda ko`rsatilgan tizimlar aviakompaniyalar marketing strategiyasini amalga oshirishni ta`minlash imkonini berdi. Jumladan, narx belgilash qismida, avialaynerlar yuklanishi va daromad olishida, buyurtmachini xabardor qilishda qulayliklar paydo bo`ldi. Avialiniyalar soni ko`payishi bilan 1970 - yillar ikkinchi yarimida samolyotlarda aviatashishlar hajmi o`sdi. KTB haqli aviabiletlarni, rezervlashtirishda operatsiyalarni amalga oshiruvchi asosiy vosita bo`lib qoldi. Faqat ichki avialinilarda 95 % buyurtmalar beshta asosiy tizim orqali o`tadi, ulardan "Sabre" va "Apollo" ga 75 % gacha to`g’ri keladi. "United Airlines" va "Amercan Airlines" kompaniyalarining o`zlari esa faqat 30 % aviatashishni ta`minladilar.
Bronlashtirishning komp'yuter tizim taraqqiyoti yo`lida birinchi qadam aviakompaniyalarning o`zlarini idoralarida terminallar o`rnatilishi bo`ldi. Bu aviakompaniyalar xodimlari ish samaradorligi va sifatini keskin oshirish imkoniga ega bo`ldi. Telefon qo`ng’iroqlari va telegrammalar orqali turistik agentlar va jismoniy shaxslar tomonidan bronlashga berilayotgan buyurtmalar sonini kamaytirmasdan tez va aniq ishlashga sharoit yaratdi. Aviakompaniyalar tomonidan navbatdagi qadam bir necha yil keyin qo`yiladi, ya`ni yirik turistik agentliklarda bronlashtirishning terminallarini o`rnatish boshlandi. Bronlashtirishning yangi texnologiyasi samaradorligini tez anlagan turistik agentlar aviakompaniyalardan bronlashtirish tizimida taqdim etilgan axborotlar miqyosini sezilarli ko`paytirishni qat`iy turib talab qila bshladilar. Bu tizimlarning funktsional imkoniyatlari juda katta edi. Natijada avval alohida aviakompaniyalarga mo`ljallangan dastur, majmualar, tizimlarga bo`lisha boshlashadi. Aviakompaniyalarning xizmat ko`rsatuvchi guruhlariga nafaqat u yoki bu reyslarda mavjud o`rinlar haqida, balki reys haqida batafsil axborot taqdim etila boshladi. Bu axborotlarda tariflar barcha tafsilotlari, shuningdek turistik biznesning aralash sohalari haqida ma`lumotlar – avtomobillarni prokatga olish, mehmonxonada joylashish, temir yo`l biletlarining sotilishi va boshqalar o`z ifodasini topgan.
SHunday qilib, bronlashtirishning komp'yuter tizimi asta - sekin turistik xizmatlarning global distrib'yutor tizimi - GDT (Global Distribution Systemes - GDS) ga aylandi. Bronlashtirishning komp'yuter tizimi funktsiyasi kengayishi parallel ravishda turagentga bronlashni etkazib beruvchi xizmat tasdiqini qaytarish muddatini qisqartirishga qaratilgan faol ish olib borildi. To`liq komp'yuterlashgan bo`g’in yo`qligi "Turagent - rezervlashtirish markazi - xizmat etkazib beruvchi" zanjirida 2 soatdan 2 kungacha vaqtni tashkil etadi.
Chunki etkazib beruvchi tasdig’i tizimida qo`lda kiritiladi. qo`lda axborot kiritishga batamom barham berilib, bu bilan vaqtni bir necha soatga qisqartirishga muvaffaq bo`lindi. Bunday qo`shiluv V tipi degan nom oldi. Keyingi bosqich A tipini qo`shish bo`ldi. Unga muvofiq tasdiqning qaytishi 7 sekund ichida amalga oshiriladi. Vaqtni bunday keskin qisqartirishga xizmat etkazib beruvchi va rezervlashtirish tizimi o`rtasida axborot almashinish texnologiyasini takomillashtirish tufayli erishildi. Bu turagentga mijozga xizmat ko`rsatishda printsipial yangi darajaga chiqish imkonini berdi: endi har qanday bronlashtirish shu zahotiyoq, mijoz turagent idorasida turgan daqiqasining o`zida bajariladi. Bu rejadagi eng so`nggi texnik yutug’, "ulamasiz" qo`shiluv hisoblanadi. Nisbatan yangi bu ish rejimi asosida oddiygina g’oya yotibdi: joy borligi haqida eng dolzarb axborot, tariflarning batafsil tafsiloti va h.k. Ya`ni oxirgi xizmatlar etkazib beruvchilar aviakompaniya, mehmonxonalar, avtomobillarni ijaraga beruvchi kompaniyalar. Bu g’oyaga muvofiq turagent bronlashtirishning global komp'yuterlashtirilgan tizimi terminalida bevosita xizmat etkazib beruvchi komp'yuter tizimidan olingan axborotni ko`radi6.
Agar avval boshda KTB faqat aviakompaniyaning muntazam reyslarida o`rinlarni bronlashtirishdа qo`llanilgan bo`lsa, endi ularni joriy etish sohalari kengaydi va ular bronlashtirishga taaluqli barchа turistik mahsulotlar – kema sayohti, avtomobilni ijaraga olish, mehmonxonada nomer band etish uchun foydalanilayapti. GDT dan foydalanishga joylashtirish sektorida ayniqsa qiziqish katta va unga o`zining xususiy ulanish tizimini ishlab chiqdi. Butun jahonga mashhur KTB va GDT larning milliy va hududiy turistik brokerlar (turistik xizmatlar etkazib beruvchi mahalliy firmalar, turbuyurolar bilan ham) bilan aloqasi taqsimlangan turistik bozor makonida rezervlashtirish va bronlashtirish tizimi evolyutsiyasining so`nggi bosqichi hisoblanadi. Ulangan hisoblash tarmoqlarining keng joriy etilishi va ular o`rtasidagi raqobat foydalanuvchilar uchun tizimiga kirish qiymatini kamaytirishga olib keladi.
Bronlashtirishning komp'yuterlashgan tizimi va rezervlashtirish tobora mashhur bo`lib bormoqda. AQSHdа bronlashtirish terminallaridan barcha turagentlarning 96 % foydalanilmoqda. KTB o`z pulining katta qismini bronlashtirish huquqi, ya`ni xizmat etkazib beruvchilardan olib agentliklarga etkazib berish orqali ishlab topadi. Agentliklar bilan aloqa qiymati kattaligi amalda doimiy, buyurtmani etkazib beruvchilar soni o`sishi sof daromadga aylanadi. har bir etkazib beruvchi aniq mijozga nima zarur bo`lsa hammasini muhayyo qilishga urinadi, buni ular sotish va daromadni ko`paytirish uchungina emas, balki mijozlarni boshqa potentsial raqobatchi etkazib beruvchilarga oqib ketmasligi uchun ham qilishadi. SHu tariqa "Monopoliya sotish nuqtasi" g’oyasi tug’ildi raqobat va evolyutsiya tizimi jarayonlari global distrib'yutor tizimi bozorini qo`yidagi holatga olib keldi.

Download 168,19 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 168,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. Geoaxborot tizimlarining turizmdagi rivojlanish istiqbollari

Download 168,19 Kb.