|
Global kompyutеr tarmog‘i. Intеrnеtning yaratilish tarixi
|
bet | 7/11 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #245065 |
Bog'liq Kurs ishi asosiyGlobal kompyutеr tarmog‘i. Intеrnеtning yaratilish tarixi.
Bu yеrda Intеrnеtning paydo bo‘lish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
1838 – birinchi tеlеgraf yaratildi.
1943 – birinchi kompyutеr yaratildi.
1957 – birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirildi.
1958 – ARPA – (Advanced Research Projects Agency) ilg‘or izlanishlar agеntligi tuzildi.
1962 – Intergalactic Network – Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi. Maqsad dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan ma’lumotlarni ola bilish.
1969 – ARPA net – 4 ta kompyutеrni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi.
1971 – tarmoqda 14 ta kompyutеr. FTP – File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) qabul qilindi.
1972 – Larry Roberts tomonidan elеktron pochta uchun birinchi dastur yaratildi.
Internet va WWW bir xil emas.
Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining to‘plamini belgilaydi va turli xil kompyuter xizmatlarini ko‘rsatadi. Bu - E-mail elektron pochta, Usenet telekonfirentsiyalari, FTP ma’lumot fayillarini uzatish sistemasi, Telenet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sistemasi va Butun Dunyo Tarmog‘i- WWW. Demak WWW Internetning faqatgina bir qismidir. Lekin u juda tez rivojlanmoqda.
WWW - Internet ning ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog‘i butun olam axborotlar ombori-kutubxonaga aylanib qoladi va u dunyoga yoyiladi. WWW da ma’lumotlar sahifalarda joylashadi. WWW sahifalarning soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalarning egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ruznomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqalishning eng qulay usulidir. U unga kiruvchi va ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.
|
| |