• Kurs loyihasini shakllantirish talablari.
  • Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish




    Download 377,46 Kb.
    bet2/7
    Sana23.12.2023
    Hajmi377,46 Kb.
    #127399
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    эмткб курс иши услубий курсатма yangi 2

    Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish.
    Talabalarga kurs loyihasiga topshiriq VII semestr boshida taqdim etiladi. “EMTni boshqarish va energiya samaradorligini oshirish” fanining amaliy mashg’ulotlarida talabalar elektr mexanik tizim va komplekslarni boshqarish ga oid mashqlarni bajaradilar, loyihalash masalalari bo’yicha maslahatlar olishadi, loyihani ayrim bo’limlari bo’yicha aniqliklar va statik momentni xarakteri bo’yicha o’zgartirishlar kiritiladi, elektr dvigatelni tezligini rostlash usullari aniqlanadi va h.k.
    Kurs loyihasini yakunlanishida loyiha raxbari hisoblashlarni to’g’ri bajarilganligi, grafik qismi sifatli tayyorlanganligi, topshiq bandlarini to’liq echimini topganligi to’g’risida xulosa beradi va loyihani himoyaga tavsiya etadi. Kurs loyihasini himoyasi natijasi bo’yicha talaba ishi baholanadi va diplom loyihasini bajarishda qo’llash mumkinligi haqida hulosa chiqaradi.
    Kurs loyihasini shakllantirish talablari.
    Kurs loyihasi A4 formatdagi qog’ozda bajarilgan,muqovalangan, tikilgan hisob-yozma bayoni (HYB) ko’rinishida tayyorlanib, tekshirish uchun loyiha raxbariga topshiriladi. Loyihani grafik qismi (GQ) 2ta A2 formatli vatmanda ilova qilinadi.
    Loyihani hisob-yozma bayoni aniq va tushunarli qilib ko’k yoki qora pastali ruchkada qo’l bilan yoziladi, shatrli belgilar va formulalar texnik standartlar talabiga mos kelish shart. Hisob-yozma bayonidagi ma’lumotlar mantiqiy ketma-ketlikda berilishi, hisoblashlar va qabul qilingan echimlar asoslangan, iboralar aniq va qisqa bo’lishi lozim. HYBning titul varagi o’rnatilgan tartiba tayyorlanishi kerak. Kurs loyihasini boblari va bo’limlarining nomlari raqamlanadi. Masalan: 2.3.(nomi) – ikkinchi bolim uchinchi qism(punkt) va h.k. HYB betlari nomerlanadi, bo’lim va punktlarining nomlarini betlari ko’rsatilgan holda mundarijaga chiqariladi. HYBning betlari quyidagi tartibda raqamlanadi: titul varagi – 1 bet, kurs loyihasi topshirig’i – 2 bet, kurs loyihasi topshirig’iga ilova – 3 bet, mundarija – 4 bet, kirish – 5 bet va shu ketma-ketlikda davom ettiriladi.
    Hisoblash natijasida qurilgan grafiklar, diagrammalar, dvigatelni ishga tushurish va tezligini rostlashdagi xarakteristikalar, EMTni qabul qilingan boshqarish sxemasi nomlangan holda aloxida varoqlarda keltiriladi va umumiy tartibda raqamlanadi. Asosiy chizmalar shiningdek grafik qismda ham beriladi. Hisob-yozma bayonida foydalanilgan formulalar, chizmalar, sxemalarning manbalari ko’rsatilishi shart. Shartli belgilar, terminlar va nomlanishlar DSga mos kelishi, o’lchov birliklari XB sistemasida bo’lishi kerak, so’z va iboralarni qisqartirish mumkin emas.
    Kurs loyihasini grafik qismi qalam bilan texnik chizmachilik talablariga rioya qilgan holda bajariladi, asosiy yozuvlar shrift bilan yoziladi, nomlanadi va ijrochi tomonidan imzolanadi. Yakunlangan va himoyaga tavsiya etilgan kurs loyihasi loyiha raxbari va kafedra mudiri tomonidan imzolanadi.
    Kafedra tomonidan tasdiqlangan topshiriq bo’yicha bajarilmagan va yuqoridagi talablarga jovob bermaydigan loyihalar himoyaga qo’yilmaydi.

    Download 377,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 377,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs loyihasining bajarishni tashkil qilish

    Download 377,46 Kb.