|
Конструктор rejimida jadval qo‘yish
|
bet | 26/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-convertedКонструктор rejimida jadval qo‘yish. Конструктор rejimida jadval tarkibini yaratib, so‘ngra ma’lumotlar kiritish uchun jadval rejimiga o‘tish kerak.
Jadvalning har bir maydoni uchun Имя поля ustuniga nom bering, so‘ngra Тип данных ro‘yxatidan mos ma’lumot turini tanlang. Xohishingizga ko‘ra, Описание ustuniga har bir maydon uchun tavsif berishingiz mumkin. Barcha maydonlar kiritilgandan so‘ng jadvalni saqlang.
Microsoft Access jadvaliga boshqa manbadan ma’lumotlar qo‘yish.
Agar kerakli ma’lumotlar boshqa dasturda saqlangan bo‘lsa, masalan, Office Excel, ulardan nusxa olish va Access jadvaliga qo‘yish mumkin. Ma’lumotlarni bo‘sh jadvalga qo‘yilganda, Access kiritilayotgan ma’lumotlarni ko‘rinishiga qarab maydon turini o‘rnatadi.
Faraz qilaylik, kerakli ma’lumotlar boshqa dasturlarda to‘plangan bo‘lib, ularni import qilish zaruriyati tug‘ildi. U holda quyidagilarni bajarish zarur:
Внешние данные– Импорт bo‘limida ma’lumotlari import qilinayotgan fayl turiga mos buyruqni tanlang. Agar kerakli dastur turi mavjud bo‘lmasa, u holda Дополнительно tugmasini bosing.
Внешние данные dialog oynasidan Обзор tugmasini bosing va ma’lumotlar manbasi faylini tanlang. Quyidagi guruhdan kerakli para- metrni tanlang:
import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yaratish;
mavjud jadvalga qo‘shish;
bog‘langan jadval yaratish.
Укажите, когда и где сохранять данные в текущем базе данных, ya’ni, import qilingan ma’lumotlar asosida yangi jadval yara- tishni tanlang.
OK tugmasini bosing. Bunda Microsoft Accessda import ustasi ishga tushadi. Импорт ustasining barcha ko‘rsatmalarini bajaring.
Ma’lumotlar Microsoft Accessning yangi jadvaliga import qilinadi.
|
| |