|
Laboratoriya №1
|
bet | 29/46 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,93 Mb. | | #228057 |
Bog'liq Atadjanova Nozima Oquv qollanma 123 oxiri c2a31-convertedНайти далее (Yana topilsin) tugmachasini bosasiz. Endi kursor oltinchi yozuvga kelib to‘xtaydi. Bu esa Siz uchun kerak bo‘lgan yozuv- ning o‘zi;
endi Заменить (Almashtirilsin) tugmachasini bosishingiz kerak bo‘ladi. Buning natijasida ma’lumotlar o‘zgaradi, ya’ni Assistent Mali- kova ning maoshi 30000 so‘mdan 32000 so‘mga o‘zgaradi. Agarda barcha ma’lumotlarni o‘zgartirish zarur bo‘lsa, Заменить все (Ham- masi almashtirilsin) tugmachasidan foydalanish kerak bo‘ladi;
Закрыть (Yopilsin) tugmachasini turting.
Tug‘ilgan sanasi maydoni bo‘yicha kamayish tartibida tartiblash- tirishni amalga oshirish uchun:
Tug‘ilgan sanasi maydonining istalgan yozuviga sichqoncha ko‘r- satkichini keltirib, uni bir marta turting;
Uskunalar panelidagi A-Ya harflari orqali belgilangan tugmachani bosing yoki Записи, Сортировка, Сортировка по убыванию buyruqlarini ketma-ket bajaring. Bu amallar natijasida Tug‘ilgan sanasi maydoni bo‘yicha kamayish tartibida tartiblashtirish amalga oshiriladi.
Mansabi va O‘qitadigan fani maydonlari bo‘yicha ma’lumotlar filtratsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Mansab maydonidagi Dotsent yozuvini belgilang;
Uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Записи, Фильтр, Фильтр по выделенному buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida jadvalda faqat dotsentlar haqidagi ma’lumotlargina qoladi;
endi O‘qitadigan fani maydonida IAT yozuvini turting;
uskunalar panelidagi filtratsiya tugmachasini bosing yoki Записи, Фильтр, Фильтр по выделенному buyruqlarini ketma-ket tartibda bajaring. Bu ishlar natijasida jadvalda faqat informatika kafedrasining dotsentlari haqidagi ma’lumotlargina qoladi;
|
| |