yo‟l qo‟yilsa tayyorlanayotgan buyumning sifatsiz bo‟lishiga olib kelishini
o‟quvchilarga tushuntirish kerak. Chizma chizishda asosiy va yordamchi
chiziqlarni chizish tartibi va uning sabablari aniq ko‟rsatiladi. Asosiy
chizmani daftarga chizishdan oldin albatta o‟lchovlarni kichraytirish uchun
masshtabli chizg‟ich tayyorlab olinadi. Fartuk va bog‟ichli qalpoqcha chizmasini
chizishda o‟qituvchi va o‟quvchilar birgalikda har bir ishni bosqichma bosqich
chizib boradilar. Chizmaning har bir chizig‟ini o‟am o‟qituvchi tushunarli xolatda
izoqlab berishi shart, o‟quvchilar o‟am darsda faol qatnashishlari kerak. Barcha
o‟quvchilarning o‟quv qurollari to‟liq bo‟lmasa dars kutilgan natijani bermaydi. Bu
mavzuni o‟tish uchun o‟quvchilarni oldindan darsga tayyorlash zarur bo‟ladi.
Mavzuni o‟qitishda ko‟rgazmali , amaliy metodlardan foydalanish mumkun.
Darsning yakunida o‟qituvchi barcha o‟quvchilarning dars jarayonida chizgan
chizmalarini ko‟rib chiqib xatolarini ko‟rsatib beradi.