Talabaga vazifalar.
1. Fartuk va ro‟molning asosiy chizmasini 1:1
masshtabda plakatga chizib
kelish.
2. O‟quvchilarning bilimlarini nazorat qilish
uchun tarqatma materiallar
tayyorlash.
Dars konspekti.
Har qanday kiyimni tikishdan avval gavdadan o‟lchov olinadi.
O‟lchovni to‟g‟ri olish uchun gavdaning asosiy chiziqlari: bo‟yin chizig‟i,
ko‟krak chizig‟i, bel chizig‟i, bo‟ksa chizig‟i, etak chizig‟i aniqlanadi. Bu
chiziqlarning ustiga kenglik va aylana olchovlarining yarmi qo‟yiladi,
chunki
andozaning
yarmi chiziladi, bu chiziqlar gorizontal yo‟nalishda bo‟ladi.
Uzunlik
o‟lchovlari vertikal ko‟rinishdagi chiziqlar ustiga qo‟yiladi, bu o‟lchovlar to‟liq
o‟lchab qo‟yiladi.
O‟lchov olishda quyidagilarga amal qilinadi.
1. O‟lchov gavdaning o‟ng tomonidan belgilanadi.
2. Belning ixcham joyidan belbog‟ bilan bog‟lanadi.
3. O‟lchov olinayotganda gavdani to‟g‟ri, bo‟sh tutib turish kerak, aks xolda
o‟lchov noto‟g‟ri chiqadi.
4. O‟lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi,uni tortib yoki bo‟sh qilib
o‟lchash mumkun emas.
5. Uzunlik o‟lchovlari to‟liq yoziladi. Kenglik va aylana o‟lchovlarining
yarmi yoziladi.