R a , R z va
R max parametrlari 5.3-jadvalda ko'rsatilgan asos
uzunlikda aniqlanishi zarur bo'lsa, g'adir-budurlikka bo'lgan talablarda uning qiymati
ko'rsatilmaydi. Parametrlaming nominal qiymatlari g'adir-budurlik parametrlari o'rta
qiymatlarining nominal qiymatidan joiz og'ishlari % hisobida ko'rsatilishi lozim, masalan, 10, 20
yoki 40
%. Og'ishlar bir tomonlama yoki simmetrik bo'lishi mumkin.
Parametrlaming nominal qiymati ko'rsatilgan g'adir-budurlikka bo'lgan talablar faqat
mas’uliyatli detallarga joriy etilishi tavsiya qilinadi. Yuza g'adir- budurligiga talablar joriy
qilinmagan bo'lsa, yuza nazorat qilinmaydi. Notekisliklar yo'nalishiga bo'lgan talablar
asoslangan hollarda (5.4-jadval) va u yuzaning sifatini ta’minlovchi yagona usul bo'lsa, ishlov
usuli (yoki usullarning ketma-ketligi) ko'rsatiladi. Eng kichik ishqalanish koeffitsiyenti va
ishqalanuvchi detallarning yeyilish harakati va notekisliklar yo'nalishlari bir-biriga mos
kelmaganda, masalan, superfinishlash yoki xoninglash jarayonida hosil bo'lgan notekisliklaming
ixtiyoriy yo'nalishi ta’minlanadi.
Yuzalar g‘adir-budurliklarini chizmalarda belgilash. Standartga binoan
chizmalarda detallaming shu chizma bo'yicha bajariladigan, ulami hosil qilish usullaridan
qat’iy nazar konstruksiya bilan g'adir-budurlik shartlanmagan yuzalardan tashqari, barcha
yuzalarning g'adir-budurligi belgilanadi. Yuza g‘adir-budurligi belgisining tuzilishi 5.32
a-rasmda ko‘rsatilgan. Konstruktor ishlov turining belgilanmagan yuza g'adir-
budurligining belgisida 5.32 b-rasmda ko'rsatilgan belgi qo‘llanadi; bu belgi afzaldir.
Material qatlamini olib tashlash, masalan, charxlash, frezerlash, jilvirlash, jilolash,
tezob bilan ishlov berish natijasida hosil bo'lgan yuzalarning g‘adir-budurligining belgisi
5.32 d-rasmda ko'rsatilgan. Material qatlami olib tashlanmaydigan usullar, masalan,
quyish, bolg'alash, hajmiy shtamplash, prokat, cho'zish va boshqalar bilan hosil qilingan
yuzalar g'adir- budurligining belgisida 5.32 e-rasmda ko'rsatilgan belgi qo'llanadi, shu
chizma bo'yicha ishlov berilmaydigan yuzalar uchun ham shu belgi qo'llanadi. Bu belgi
bilan belgilangan yuzaning holati materialning sortamenti uchun tegishli standart yoki
texnikaviy shartlarda joriy qilingan talablarga javob berishi kerak.