|
Yuzalar g‘adir-budurliglni o'lchashBog'liq Laboratoriya ishi 7Yuzalar g‘adir-budurliglni o'lchash.
Yuzalar g'adir-budurligining sifatiy nazorati
g'adir-budurlik namunalari yoki namunali detallar bilan qiyoslash, paypaslash yo'li bilan amalga
oshiriladi. Standartga binoan mexanikaviy ishlov berilgan galvanoplastika usuli bilan pozitiv
aksini olib yoki plastmassa aksiga qoplama qilib tayyorlangan namunalar joriy qilingan. Alohida
namunalar yoki ularning to'plamlari to'g'ri chiziqli, yoysimon yoxud kesishib joylashgan
yoysimon notekisliklarga ega. Har bir namunada
R
a
parametrining qiymati (mkm hisobida) va
ishlov turi tamg'alangan. Ko‘z bilan g'adir-budurligi Ra=0,6—0,8 mm va ortiqroq bo'lgan
yuzalami baholash mumkin. Aniqlikni oshirish uchun shchuplar va qiyoslash mikroskoplari,
masalan, MC-48 qo'llanadi.
G'adir-budurlik parametrlarining miqdoriy nazorati kontaktsiz (MИC-11, ПCC-2 turdagi nur
kesimli asboblari, mikrointerferometrlar, MMИ-10 imeision-aks mikrointerfcrometr, MИИ-4,
MИИ-9, MИИ-11, MИИ-12 turdagi, OPИM-1 va boshqa turdagi rastr o'lchash mikroskoplari
yordamida) va shchupli asboblar (profilometrlar va profilograflar) yordamida amalga oshiriladi.
Usul va asboblarni tanlashda chizmada ko'rsatilgan parametmi nazorat qilishning imkoniyati,
o'lchash chegaralari, nazorat qilinuvchi parametming joiz og'ishlari, asbob va o'lchashning
xatoliklari, asbob ishining unumdorligi, detalning o‘lchamlari va materiali, boshqalar ko'zda
tutilishi kerak. Yuqori aniqlikka ega bo'lgan profilograf va profilometrlar eng mas’uliyatli
o'lchashlar uchun qo'llanadi.
Asbobning ignasi detal yuzasida iz (tirnalgan joy) qoldiradi, shuning uchun yumshoq
materiallardan tayyorlangan detallar uchun kontaktsiz o'lchash asboblari qo'llanadi. ПCC-2,
MИC-11 kontaktsiz priborlaming ish prinsipi yuzaga qiya yo'naltirilgan nur tarami yordamida
ko'rilayotgan yuzaning nur kesimi proyeksiyasining parametrlarini o‘lchashga asoslangan(5.36-
rasm); nur tarami tor tirqishli diafragma (1) va kondensor
|
| |