Nazorat qilinayotgan yuza bo'yicha harakatlanganda, o'zgartkichning olmos ignasi (3) tayanch
(2)
ga osilgan yakor bilan chiyratma tebranish harakatida bo'ladi. Yakorning burilishlari
g‘altaklaming induktivligini qayta taqsimlaydi va buning natijasida differensial
transformatorning chiqish kuchlanishini o‘zgartiradi. Kuchlanish amplitudasining o'zgarishi
mikronotekisliklaming balandligini, chastotasining o‘zgarishi esa asbob profilometr rejimida
ishlagan holda) qadamini tavsiflaydi. Parametrlarning sonli qiymatlari raqamli sanash qurilmasi
yordamida aniqlanadi. Asbob profilograf rejimida ishlaganda kuchlanishning o‘zgarishi yozish
qurilmasiga uzatiladi.
Sex sharoitlarida yuza g'adir-budurligining parametrlarini yozish emas, balki tezkorlik bilan
aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Bu maqsadlar uchun 253 va 283 modelli sex profilometrlari
chiqariladi. Bularning ish prinsipi ignaning tebranishi mexanotron (elektron yoki ion oqimlari
elektrodlarni mexanikaviy siljitish bilan boshqariladigan elektr vakuum asbob) o'zgartkichi
yordamida o‘zgartirilishiga asoslangan (5.37-rasm). Olmos igna