Laboratoriya ishi neftkimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari




Download 411 Kb.
bet14/24
Sana07.01.2023
Hajmi411 Kb.
#37723
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Нефт Yangi qo`llanma
maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza
8-Laboratoriya ishi
Neftning alangalanish va o’z-o’zidan alangalanish xaroratini aniqlash.
Kerakli reaktiv, idish va materiallar:
Uglerod to‘rt xlorid;
Sirka kislotasi;
10%-li kaliy yod eritmasi;
0,1 M vatriy tiosulfat eritmasi
0,05 M bromni sirka kislotadagi eritmasi;
Bromni metanoldagi 0,1 M eritmasi.
Ishdan maqsad: neft mahsulotlari tarkibidagi to‘yinmagan birikmalar miqdorini aniqlash. Neft mahsulotlari tarkibidagi to’yinmagan uglevodorodlar miqdorini aniqlash uchun yod va brom sonlarini aniqlash usullari qo‘llaniladi. Bu usullar neft mahsulotlarining tarkibidagi qo‘shbog‘larga yod yoki bromni birikish qobiliyatiga asoslangan.
Brom soni deb, 100 g miqdordagi tekshirilayotgan moddaning qo‘sh bog’iga birikkan bromning gram miqdoriga aytiladi.
Ish bajarish tartibi: 100 sm3 hajmli ikkita konussimon kolbaga brom soni aniqlanadigan moddadan 0,2-0,4 g solinadi va analitik tarozida 0,0002 g aniqlikda tortib olinadi. Kolbalarga 20 ml dan uglerod IV xlorid qo‘shiladi va muz xammomida 5°S gacha sovutiladi. So‘ngra har bir kolbaga bromni sirka kislotadagi 0,05 M eritmasidan shuncha miqdorda qo‘shiladiki, bunda kolbadagi eritmalar sovutilganda ham ularning rangi sariq bo‘lishi kerak. Kolbalar 5°S gacha sovutiladi va shu haroratda qorong‘i joyda 5 minut qoldiriladi. Shundan keyin kolbalarga 15 ml. dan kaliy yodidning 10% li eritmasi solinadi va chayqatiladi. Ajralib chiqayotgan yodni tezda byuretkadagi natriy tiosulfatni 0,1 M eritmasidan oz-oz qo‘shish bilan titrlanadi Kolbadagi eritmaning sariq rangi kuchsizlana boshlaganda, kolbaga 2 ml kraxmal eritmasi solib chayqatilada va suyuqlikning kuk rangi yo‘qolguncha titrlash davom ettiriladi:

Ajralib chiqayotgan yodni natriy tiosulfat eritmasi bilan reaksiyaga kirishishini tezlashtirish uchun, titrlash davomida kolbadagi suyuqlik doimo, asta-sekin chayqatib turiladi.
Brom sonini aniqlash uchun neft mahsuloti solinmagan boshqa konussimon kolbada yuqorida yozilgan ishlar bajariladi. Tajribani bajarish vaqtida oraliq reaksiyalar sodir bo‘lmasligi uchun reaksiya eritmasining harorati belgilangan ko‘rsatkichdan ko‘tarilmasligi kerak.
Tekshirilayotgan moddaning brom sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bu еrda: Brb.s-brom soni, a-neft mahsuloti solinmagan kolbadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 M natriy tiosulfat eritmasining hajmi, ml.
b-neft mahsuloti solingan kolbadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 M natriy tiosulfat eritmasining hajmi, ml.
g-tekshirish uchun olingan neft mahsulotining massasi, g;
0,008-0,1 M natriy tiosulfat eritmasiniig 1 ml hajmiga barobar keladigan bromning gramm miqdori, g; K-natriy tiosulfatni 0,1 M eritmaga o‘tkazish koeffitsiyenti.

Nazorat savollari



1.Neftni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan to’yinmagan uglevodorodlar.
2.To’yinmagan uglevodorodlar qanday xossalarga ega?
3.Alkenlarni ajratib olish.
4.Alkenlarni kimyoviy xossalari.
5.Alkenlarni oksidlash va azotlash reaksiyalari.
6.Alkadiyenlar va ularni kimyoviy xossalari.
7.Alkadiyenlarni ajratib olish.
8.Atsetilen va uning xossalari.
9.Neft mahsulotlarini brom sonini aniqlash.
10.Neft mahsulotlarini yod sonini aniqlash.


Download 411 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 411 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishi neftkimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari

Download 411 Kb.