• 6.Laboratoriya qurilmalarini yig‘ish va tayyorlash
  • 7.Tajriba natijalarini qayta ishlab chiqish
  • Kislotalar va ishqorlar bilan ishlash qoidasi




    Download 411 Kb.
    bet2/24
    Sana07.01.2023
    Hajmi411 Kb.
    #37723
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Нефт Yangi qo`llanma
    maqolaaaaa, Fan mavzu test4tadan-ШАБЛОН-1 , B Grammatik, 7-Ma'ruza, Mavzu arbolit betonning fizik mexanik xossalari betonning fizik-fayllar.org, Safarova Zebiniso Muhriddin qizi, Mavzu ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yec, 1-Seminar, web dizayn -- , Papka yuziga, Ko\'rish o\'tkirligini aniqlash va ovqat rejimi, атхам, 4-laboratoriya mashg\'uloti. Oksalat kislotaning kaliy permanganat bilan oksidlanish issiqligini aniqlash, 1-ma\'ruza
    5.Kislotalar va ishqorlar bilan ishlash qoidasi
    5.1. Kislotani suyultirish vaqtida suvni kislotaga emas, kislotani suvga qo‘shish kerak.
    5.2. Ishqorni suyultirish paytida suvni sekinlik bilan tomizish zarur, shuningdek, uni to‘xtovsiz aralashtirib haddan tashqari qizdirib yubormaslik kerak.
    5.3. Kislotadan kuyib qolganda kuygan joyni kuchsiz soda eritmasi bilan yuvish lozim, ishqordan kuyib qolgan joyni esa-suv yoki kuchsiz kislota eritmasi (sirka, limon kislota) bilan yuvish zarur. Ishlatilgan zaharli moddalar, kislotalar va ishqorlar, hamda tez alanga oluvchi moddalarni rakovinaga emas, balki mahsus belgilangan idishga to‘kish darkor.
    6.Laboratoriya qurilmalarini yig‘ish va tayyorlash
    6.1. Qurilmalarni yig‘ishdan avval ularni biriktiruvchi naychalarning, yig‘uvchi jihozlarning va x.k. tozaligini tekshirish lozim, chunki tajriba natijasi tozalikka bog‘liqdir.
    6.2. Kimyoviy moddalardan ifloslangan, idish va asboblarni yuvish uchun xrom eritmasi qo‘llaniladi.
    6.3. Metall apparaturani (kublar, reaktorlar va x.k.) agarda ular еngil ochiladigan bo‘lsa, kerosin yoki benzin bilan yuvib, so‘ng havoda quritish kerak. Yuqoridagi tekshiruvdan so‘ng laboratoriya ishini bajarish uchun qurilmani yig‘ishni boshlayverish mumkin.
    6.4. Asbobni yoki qurilmani yig‘ishni boshlashdan oldin, ularning qurilmasi va sxemasi bilan tanishish kerak.
    6.5. Qurilmani yig‘ish vaqtida shlifli asboblarni qo‘llash yaxshiroq, probkalar va kranlarni vaqti-vaqti bilan moylab turish lozim.
    6.6. Ish vaqtida shlifli tutashmalar kimyoviy moddalarning bug‘lari bilan uchrashganda shlifdagi surkov moylariga kimyoviy ta’sir-etmasligi kerak.
    6.7. Shishali apparatni yig‘ish vaqtida, shunga alohida e’tiborni qaratish lozimki, apparatlarning sinishga olib keluvchi priborlarning alohida qismlarini «kuchlanish»dan saqlash kerak. Apparatlarning shishali qismlarini mustahkamlash uchun shtativni qo‘lchalariga yupqa asbestdan qo‘yish lozim.
    7.Tajriba natijalarini qayta ishlab chiqish
    Laboratoriyada ishlayotganda o‘lchov asboblarida va torozida juda aniqlik bilan ish bajarish zarur. Homashyoda komponentlarni shunday aniqlik bilan olish kerakki, bunda moddiy balansdagi hatolikning hissasi 1/10 foizdan oshmasin.
    Tekshirishni amalga oshirishda kimyo jarayonidagi yo‘kotishni ham alohida hisobga olish zarur, ayniqsa ular ketma-ket bosqichli bo‘lsa. Barcha mahsulotlarni hajmi yoki massasini o‘lchash mumkin bo‘lsa, u holda tajribadagi barcha yo‘qotishlar mahsulot balansida alohida hisobga olinadi.
    Bevosita tajriba vaqtida olingan o‘lchovlar va torozida tortishlarning natijalarini, shuningdek, hisoblashning oxirgi natijalari va ish daftaridagi oraliq yozuvlarni ham ish hisobotiga kiritish darkor.
    Har qaysi ish yuzasidan hisobotga quyidagi bo‘limlarni kiritish lozim:
    1)ish maqsadi va tajriba shartlarining ko‘rsatilishi topshiqda aniq belgilanishi.
    2)Apparatni ta’riflash yoki qurilma va uning sxemasi.
    3)Tajribani ta’riflash.
    4)Tajriba parametrlarini yozish (vaqti, temperaturasi).
    5)Oxirgi mahsulotlarni xarakteristikasi.
    6)Jarayonning mahsulot balansi.
    7)Xulosalar.
    8)Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.

    Download 411 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 411 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kislotalar va ishqorlar bilan ishlash qoidasi

    Download 411 Kb.