|
Qurilmaning tavsifi va o’lchash usuli
|
bet | 4/13 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #123858 |
Bog'liq LAB. ko\'rsatma 2023Qurilmaning tavsifi va o’lchash usuli.
Qurilma-atvud mashinasi (1-rasm) vertical holatda B o’rnatilgan A sterjendan iborat bo’lib, bu sterjenda santimetrgacha bo’lingan shkala mavjud. Sterjennning yuqori qismiga kam ishqalanish bilan aylana oladigan yengil B blok mahkamlangan blok orqali uchlariga bir xil massali C va C1 yuk osilgan ingichka ip o’tkazib qo’yilgan C1 yukni M elektromoagnit ushlab tura oladi. C yuk bemalol o’tishi uchun halqasimon P platform ava pastki D platforma A sterjenga o’rnatiladi. Ishni bajarishda bir-biridan farq qiluvchi m1 va m2 massali yukchalar va sekundomer kerak bo’ladi. Agar С yuk ustiga og‘ir yukchani СI yuk ustiga yengil yukchani qo’yib elektromagnit bilan ushlab turib keyin qo’yib yuborilsa ta’sir etuvchi kuchlar o’zgarmas bo’lgani uchun Sistema tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Tekis harakatni kuzatish uchun yukchalarni faqat C yuk ustiga qo’yish kerak. Shunda yukchalarni halqasimon P platformaga urilguncha Sistema tekis harakat qiladi. Agar yengil yukcha C1 yuk istiga qo’yilsa C yuk ustidahgi yukchani halqasimon P platforma ushlab qoladi va harakat tekis sekinlanuvchan bo’ladi.
Ishni bajarish tartibi
1-vazifa. Jism tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilgandagi yo‘l qonunini tekshirish
C yukning ustiga m1 massali yukcha qo‘yilib M elektromagnit zanjiri tok manbaiga ulanadi va СI yukni pastga tushirib M magnitga tortiladi D platforma C yukning pastki qismidan biron masofada joylashtiriladi Halqasimon platformani yukdan balandroqda o‘rnatiladi
Elektromagnit toki o‘chirilib, shu ondayoq sekundomer ishga tushiriladi C yuk D platformaga urilganda sekundomer to‘xtatiladi. Tajriba 5 marta bajariladi. O‘lchash natijalari 1-jadvalga yozilib o‘rtacha vaqt hisoblanadi
|
| |