• Hisobot tayyorlash talablari
  • FIZIK KATTALIKLARNI O`LCHASH VA XATOLIKLARNI HISOBLASH
  • Laboratoriya ishi boʻyicha hisobot tayyorlash qoidalari




    Download 43,51 Kb.
    bet3/3
    Sana05.02.2024
    Hajmi43,51 Kb.
    #151482
    1   2   3
    Bog'liq
    Texnika xavfsizlik qoidalari

    Laboratoriya ishi boʻyicha hisobot tayyorlash qoidalari
    Laboratoriya ishi kichik, ammo toʻliq oʻquv ilmiy tadqiqotdir. Laboratoriya ishi hisobati maksimal toʻliqlik va obektivlik bilan bajarilgan tadqiqot natijalarini aks ettiruvchi hujjatdir.
    Ilmiy – texnik hujjatlarni loyihalashda yagona talablar qoʻyiladi. Laboratoriya ishlari boʻyicha hisobot ma’lum darajada ushbu talablarga javob berishi kerak.


    Hisobot tayyorlash talablari
    Hisobot standart oʻlchamdagi qogʻozda (A4 formatda) matnning har ikki tomonida boʻsh joylar bilan tuzilishi kerak. Hisobot materiali aniq tavsiflangan boʻlishi kerak, har bir boʻlim sarlavha bilan ta’minlanishi kerak.
    Laboratoriya ishi boʻyicha hisobotning tuzilish tarkibi:

    • ishning maqsadi;

    • laboratoriya ishlarini bajarish tartibi;

    • asosiy elektr sxemalari va (yoki) ulanish sxemalari;

    • passport ma’lumotlari bilan oʻlchov vositalari va elektr jihozlarining roʻyhati;

    • eksperimental tadqiqotlar va bajarilgan hisob – kitoblar jadvallari;

    • funksional bogʻliklarning xarakteristikalari diagrammasi va grafiklari;

    • bajarilgan ish yuzasidan chiqarilgan xulosa.

    FIZIK KATTALIKLARNI O`LCHASH VA
    XATOLIKLARNI HISOBLASH
    Fizika fani bizni o`rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi ma`lumotlarni tajriba orqali yig’adi. Laboratoriya sharoitida biror hodisaning tabiatini o`rganish maqsadida tajriba o`tkaziladi. Laboratoriya ishlarini bajarish davomida talabalar muayyan fizik hodisalarni o`rganishdan tashqari o`lchov asboblari bilan tanishadilar, hisoblashning ba`zi nazariy tomonlarini (xatoliklarni hisoblash) o`rganadilar va nihoyat formulaga kirgan fizik kattaliklarni tajribada aniqlash uchun o`lchash ishlarini bajaradilar.
    O`lchashlar ikki turga bo`linadi - bevosita va bilvosita o`lchash.
    1.Bevosita o`lchashda, o`lchanayotgan fizik kattalik to`g’ridan-to`g’ri etalon bilan yoki tegishli birliklarda darajalangan o`lchov asboblari bilan taqqoslanadi. Biror masofa oralig’ini chizg’ich, shtangentsirkul’ bilan o`lchash, termometr yordamida haroratni o`lchash, ampermetr yordamida tok kuchini o`lchash bevosita o`lchashga misol bo`ladi
    2.Bilvosita o`lchashda aniqlanayotgan fizik kattalik, bevosita o`rganish mumkin bo`lgan kattaliklar orasidagi bog’lanishni ko`rsatuvchi formula orqali ifodalanadi. Masalan, jismning zichligi  ni aniqlash uchun bevosita jismning m massasi va V hajmini o`lchab, so`ngra ular orasidagi quyidagi  = m/V bog’lanishdan zichlik hisoblab topiladi.
    Fizik kattalikni aniqlash uchun quyidagilarni ketma-ketlik bajarish kerak:
    a) asboblarni o`rnatish va tekshirish;
    b) asboblarinng ko`rsatishini kuzatish va yozib olish;
    v) o`lchashlar natijasidan foydalanib, aniqlanishi kerak bo`lgan fizik kattalikni hisoblash;
    g) xatolikni hisoblash.
    Har qanday o`lchashlar har doim qandaydir xatolik bilan bajariladi. Bu xatoliklar ikki turga - sistematik va tasodifiy xatoliklarga bo`linadi.
    1. Sistematik xatolik hamma vaqt mavjud bo`lgan xatolikdir. Asbobning aniqlik darajasidan va tanlanish usulidan kelib chiqadigan xatoliklar, formulalardagi fizik kattaliklarning jadvalda (zichlik, solishtirma qarshilik va boshqalar) berilgan taqribiy qiymatlarni olganda sistematik xatolikka yo`l quyiladi. Masalan, erkin tushish tezlanishini g=9,78 m/s2; 9,81 m/s2 yoki sindirish ko`rsatkichini n=1,3 shakllarda olsak, sistematik xatolikka yo`l qo`yiladi. O`lchash uslubining aniqligini oshirib, asbobning ko`rsatishlariga tuzatishlar kiritib, muntazam ravishda ta`sir qiluvchi tashqi faktorlarni hisobga olish bilan bu xatolikni kamaytirish mumkin.
    2. Tasodifiy xatolik har bir o`lchashga ta`siri har xil bo`lgan tasodifiy sabablarga ko`ra yuz beradigan xatolikdir.Plastinka qalinligini o`lchaganda qalinlikning hamma qismida bir xil bo`lmasligi, o`lchashda asbob shkalasining etarlicha yoritilmasligi, asboblarning stol ustida yaxshi joylashtirilmasligi, sezgi organlarining tabiiy notakomilligi oqibatida tasodifiy xatoliklarga yo`l qo`yiladi.
    Tasodifiy xatolikni kamaytirish uchun aniqlanayotgan fizik kattalikni bir necha marta o`lchash kerak. Bu xatolik ehtimollik nazariyasining qonunlariga bo`ysinadi. Fizik kattalikni bir marta o`lchaganda olingan natija shu hatolikning xaqiqiy qiymatidan katta bo`lib qolsa, keyingi o`lchashlardan birining natijasi, ehtimol, haqiqiy qiymatdan kichik bo`lib chiqar. Binobarin, fizik kattalikni bir necha marta o`lchash orqali tasodifiy xatolikni ma`lum darajada kamaytirish mumkin. CHunki haqiqiy qiymatdan bir tomonga chetlanishlar ehtimolligi ikkinchi tomonga chetlanishlar ehtimolligiga tengdir.
    Bir necha marta o`lchash natijalarining o`rtacha arifmetik qiymati, o`lchash natijalarining har qaysisidan ko`ra, o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinroq bo`ladi. Masalan: x1, x2, …… xn ayrim o`lchash natijalari bo`lsin. U holda bu kattalikning o`rtacha arifmetik qiymati, miqdori o`lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga eng yaqin bo`ladi:


    (1)
    Bunda n - o`lchashlar soni.
    Har bir o`lchashning o`rtacha qiymatidan chetlashish farqi absolyut xatolik deyiladi. Bu kattaliklar quyidagicha aniqlanadi:
    ………
    Bu xatoliklarning ishorasi har xil bo`lishi mumkin. SHu sababli xatoliklarning faqat moduli olindi. Ayrim xatoliklar son qiymatlarining (modullarining) o`rtacha arifmetik qiymati o`lchashning o`rtacha absolyut xatoligi deyiladi va quyidagi formuladan topiladi:
    (2)
    bunda nisbatlar ayrim o`lchashlarining nisbiy xatoligi bo`ladi.
    O`rtacha absolyut xatolik ning o`lchanayotgan kattalikning o`rtacha arifmetik qiymati ga nisbati o`lchashning nisbiy xatoligi bo`ladi va quyidagicha belgilanadi:
    (3)
    Nisbiy xatoliklar odatda, foizlarda o`lchanadi:
    (4)
    Tabiiyki, fizik kattalikning haqiqiy qiymati topilgan o`rtacha qiymatdan  ga farq qiladi, ya`ni
    (5)
    Faraz qilaylik, bilvosita o`lchanadigan kattalik bevosita o`lchanadigan x, u va z lar orqali quyidagicha ifodalansin:

    Bilvosita o`lchash natijasida yo`l qo`yilgan o`rtacha absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblash uchun quyidagicha ish ko`riladi:
    -larni o`zgaruvchan kattaliklar deb,yuqoridagi funktsiyadan differentsial olamiz:
    (6)
    so`ngra d- differentsial belgilari - orttirma belgilariga almashtirib, hamma hadlari musbat ishorada olinadi. Natijada o`rtacha absolyut xatolikni hisoblashga imkon beruvchi quyidagi formula hosil bo`ladi:
    (7)
    bunda ( ) lar x,y,z kattaliklarni o`lchashdagi absolyut xatoliklar. O`rtacha nisbiy xatoliklar yuqorida ko`rsatilgan singari quyidagi ifodadan hisoblanadi:
    (8)
    Download 43,51 Kb.
    1   2   3




    Download 43,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi boʻyicha hisobot tayyorlash qoidalari

    Download 43,51 Kb.