LOYIHA ISHLARIDA RANGLARNING TA'SIRI
Bir xillik odamga salbiy ta'sir etib, inson organizmi himoyasini va asabni markazlashuvini kamaytiradi, ya'ni diqqatni bir yerga jamlay olmaydi. Dam olishda, ishlash va ijodiy ish qilishda maxsus shart sharoitlardan foydalanishga to'g'ri keladi.
Ishlab chiqarish estetikasini joriy kilish, xonalarni va interyerni ko'zni qamashtirmaydigan rangda bo'yash, yoritish, musiqa, bezash - toliqishning oldini olishda, ruxiy fiziologik yunalish hisoblanadi. Ko'pchilik ishlab chiqarish binolarini yashil rangga buyash maqsadga muvofiq, chunki, bu rang ta'sirsiz bo'lib, markaziy asab tizimini uyg'otishga ham, tormozlashga ham sabab bo'lmaydi. Asabga ta'sir ko'rsatadigan ko'k va havo rang bo'yoqlar bilan issiqlikni ko'p ajratadigan yoki shovqin hosil qiladigan xonalarni uskunalarini bo'yash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qizil va sariq ranglar ko'zga ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun ulardan ishchilar qisqa ishlaydigan, ya'ni, sozlash va ta'mirlash ishlarini bajarish vaqtidagina bo'ladigan xonalarda foydalanish mumkin.
Biroq xona va uskunalarni bir xil rang bilan bo'yash tavsiya etilmaydi, chunki bunday bir xillik odamga salbiy ta'sir etib inson organizmi himoyasini va asabni markazlashuvini
kamaytiradi. Buyoqlardan, shuningdek, ishora yoki ehtiyotkorlik maqsadida ham foydalaniladi. Transport vositalari, sexdagi jumroklar va boshqa uskunalarni tiniq ranglarga buyash, ishlab chiqarishda shikastlanish hollarining kamayishiga olib keladi. Sex va boshqa joylarni unumli yoritish yorug'likning bir tekis tarqalishi, sexning ichki tomonlarini badiiy bezatish, chiroyli va qulay ish kiyimi toliqishning oldini oladi. Mehnatning tibbiy sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish muhitining gigiyenik talablariga muvofiq qilish, mehnat unumdorligini oshirish yo'llaridan biri hisoblanadi. Chang, gaz, shovqin va tebranishlarni kamaytirish, me'yoriy mikroiqlim yaratish, bularning hammasi kasbga aloqador va kasbga aloqasi bo'lmagan
kasalliklarning oldini olish uchungina emas, balki ish qobiliyatining yuksak bo'lishi uchun ham zarur sharoit hisoblanadi.
|