HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI QISMI
Diplom loyiha ishi SAMARQAND SHAHRI HARBIYLAR SHAHARCHASI ISTIROHAT BOG’INING LANDSHAFT YECHIMI
mavzusida bo'lib, unda mexmonxona binosining me'moriy rejaviy va interyer dizayn yechimi masalasi qarab chiqilgan.
Diplom loyiha ishida xududning hozirgi zamon muhandislik talablaridan kelib chiqqan holda boqqa tashrif buyuruvchilar va ishchi xodimlari ishlashi uchun, yaxshi hordiq chiqarish uchun, havfsizlikni ta'minlash, yong'in va elektr havfsizligi oshirish, zilziladan va yog'in-sochinlardan odamlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari ko'rib chiqilgan.
Xudud Samarqand shahrida joylashgan, havo havzasiga nisbatan kam ifloslangan hududda joylashtirilgan. Xududning sharq tomonida turar joy binolari, shimol tomonida bozor, janub tomonida savdo do'konlari va g'arb tomonida turar joy binolari joylashgan.
Hududning o'ziga xos meteorologik va klimatik xususiyatlariga ko'ra, yil davomida atmosfera havosidagi zararli aralashmalarni tarqalib-yoyilib ketishini qiyinlashtiradigan sharoit kam kuzatiladi.
Me'moriy-landshaft yechimida havoning isib ketishi, sovib ketishi, yer relyeflari, havoning tezligi va shamol yo'nalishi, quyoshning tushishi va yog'ingarchilik vaqtida suvlarning ketish yo'li eng muhim o'rinni egallaydi.
Quyida “Xudud” uchun me'yoriy loyihani tayyorlashda ishlatilgan klimatik parametrlar keltirilgan.
|