Bino va inshootlar-
ning xususiyatlari
|
Shikastlanish(buzilish)lar, ballar
|
Kuchsiz
|
O'rtacha
|
Kuchli
|
Kuchsiz
|
1
|
Yuk ko'tarish qobiliyati 25-50 tonnagacha bo'lgan kranlar bilan jihozlangan metall karkasli yirik sanoat bino(inshoot)lari
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
X-XII
|
2
|
Yengil metall karkasli va karkassiz konstruksiyali bino (inshoot)lar
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-XII
|
3
|
Beton bilan to'ldirilgan metall karkasli 30%gacha shishalangan sanoat binolari
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
4
|
Metall karkasli, devorlari va tomi to'lig'icha murt to'ldiruvchi bilan ishlangan sanoat binolari
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
5
|
Yig'ma temir betonli binolar
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
-
|
VIII-XI
|
6
|
Karkassiz, g'ishtli tomi yig'ma temirbeton elementli ko'p qavatli va bir qavatli ishlab chiqarish hamda yordamchi binolar
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
7
|
Karkassiz, g'ishtli tomi yog'och materiallar bilan yopilgan ko'p kavatli va bir qavatli ishlab chiqarish hamda yordamchi binolar
|
VI
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII dan katta
|
8
|
Metall yoki temirbeton karkasli ko'p qavatli ma'muriy bino
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
X-XI
|
9
|
Past (bir-ikki) qavatli g'ishtlik bino
|
VI
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
10
|
Ko'p (uch va undan ko'p) qavatli g'ishtlik bino
|
VI
|
VI-VII
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
11
|
G'ishtlik omborxona binosi
|
V-VI
|
VI-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
12
|
Metall yoki temirbeton estakadaga
o'rnatilgan quvur o'tkazgichlar
|
VII-VIII
|
VIII-IX
|
IX-X
|
-
|
Zilzilaning bino va inshootlarga mexanik ta'sirlari hamda uning zararli ta'sirlariga qarshi chora-tadbirlar, zilzila sodir bo'lganda qanday hatti-harakatlar qilish zarurligi to'g'risida mutaxassislar tomonidan o'rganib chiqilgan yo'llanmalar quyidagicha.
Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi hisoblanadi:
Yer tagida, buzilgan va yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish;
Ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir bo'ladigan avariyalarning oldini olish va to'g'rilash (chunki, bular inson hayotiga xavf soladi);
Buzilgan uylarni, inshootlarni tiklash;
Talofat ko'rganlarga tibbiy yordam ko'rsatish shahobchalarini tayyorlash;
Yer silkinish o'chog'ida suv ta'minotini tiklash.
Shuning uchun har bir korxona rahbari yer silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:
Hududning seysmik xaritasi, unda zilzila bo'lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi ko'rsatiladi;
Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish;
Zilzila sodir bo'lib qolgan holda aholi o'zini qanday tutishi va hatti-harakatlari haqida tushuntirish.
|