Majburiy evakuasiya jarayoni ikki-to'rt pog'onada o'tkaziladi




Download 7,22 Mb.
bet43/52
Sana22.06.2021
Hajmi7,22 Mb.
#15161
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Majburiy evakuasiya jarayoni ikki-to'rt pog'onada o'tkaziladi.

Birinchi pog'ona bu binoning oxirgi qavatida eng chetda joylashgan xonadagi chiqish eshigidan maksimal uzoqlashgan ish joyidan odamlarni koridorga chiqishidir. Bularga barcha bino va inshootlarning yuqori qavatidagi xonalari kiradi.

Ikkinchi pog'onaga odamlarni xonaning chiqish eshigidan to zinaxona eshigigacha bo'lgan masofani bosib o'tishi uchun mo'ljallangan harakati kiradi.

Bunda harakatlanuvchi oqim koridor bo'ylab o'tadi. Agar bino bir qavatli bo'lsa, evakuasiya ikkinchi pog'onadan so'ng tugashi mumkin.

Uchinchi pog'onaga odamlarni yuqorigi qavatning zinaxonaga kirish eshigidan to birinchi qavatda zinaxonadan chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o'tish uchun qilingan harakati kiradi.

To'rtinchi pog'onaga odamlarni zinaxonadan chiqqandan keyin vestibyul yoki foye va tambur orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o'tishiga qaratilgan harakati kiradi.

Evakuasiya yo'llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlarni doimiy ish joyidan eng qisqa yo'l bilan tashqariga olib chiqadigan yo'nalish bo'ylab joylashgan yo'laklar, koridorlar, dahliz, zinaxonadagi zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar-

vestibyul, tambur (kirish darvozalari orasidagi maxsus xona), chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.

Chiqindi va chang to'planishiga mo'ljallangan bunker ostida yonmaydigan materiallardan o'tish yo'llari loyihalanishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlarini texnologik loyihalash me'yorlariga asosan portlashga, yong'inga qarshi va yonish havfsizligi talablari buyicha qabul qilish kerak.

Bir yo'nalish buyicha harakatlanayotgan kishilar oqim zichliga, harakat tezligi, harakat intensivligi va yo'l qismining o'tkazish qobiliyati kabi ko'rsatkichlar bilan ta'riflanuvchi odamlar oqimini tashkil etadi.

Odamlar oqimi zichligi evakuasiya yo'lida-maydon birligida joylashuvchi odamlar mikdorini tashkil etadi. Katta yoshdagilarni evakuasiya qilishda zichlik 10-12 odam/kv.m ni, o'quvchilarni evakuasiya qilishda 20-25 odam /kv.m ni tashkil etishi mumkin.

Odamlar oqimining harakat tezligi yo'l turidan va odamlar oqimi zichligidan kelib chiqadi. Odamlar oqimining chegaraviy zichligida odamlar to'planmasligi uchun harakat tezligi quyidagilarni tashkil etadi:

-gorizontal yo'l uchun 15 m/daqiqa

-zina orkali pastga 8 m/daqiqa

-zina orkali yuqoriga 11 m/daqiqa

Odamlar oqimi intensivligi, evakuasiya yo'lidagi 1 metr eshik orqali 1 daqiqa ichida o'tuvchi odamlar sonini ta'riflaydi.

Yo'l qismining o'tkazish qobiliyati undan vaqt birligida o'tgan odamlar sonini ta'riflaydi.

Zaruriy evakuasiya vaqti deb, u tugagandan so'ng yong'in paytida ishchi mintaqada odamlar hayoti va salomatligi uchun yonishga havfli omillari paydo bo'ladigan vaqtga aytiladi.



Bitta evakuasiya chiqish joyiga ega bo'lgan xonalar uchun hamda har bir evakuasiya chiqish joyiga odamlar soni 50 kishidan oshmasa va eng uzoq ish joyidan eng yaqin evakuasiya chiqish joyigacha bo'lgan masofa 25 m dan oshmagai holda evakuasiya vaqti hisobi ishlab chiqilmaydi.


Download 7,22 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Download 7,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Majburiy evakuasiya jarayoni ikki-to'rt pog'onada o'tkaziladi

Download 7,22 Mb.