4. Hududning o'simlik va hayvonot dunyosi, aholi salomatligi.
Yerning yuqorigi unumdor tuproq qismi sho'rlanmagan, kuchli eroziya
kuzatilmagan. Shu sababli har xil o'simliklarga boy. Ayniqsa qishloq xo'jalik ekinlari ko'katlar, gullar ko'p yetishtiriladi. Ko'p yillik usimliklardan mevali daraxtlar, uzum, madaniy manzarali daraxtlar (archa, kayin, kashtan) .
Qurilish rayonining hayvonot dunyosi ham xilma-xil uy xayvonlaridan tashqari, boshqa kichik yemiruvchi hayvonlar, har xil qushlar: mayna, musicha, chumchuq, qarg'a.
Qurilish rayoni aholisi salomatligi sog'liqni saqlash departamenti tomonidan berilgan ma'lumotlarga muvofiq respublikamizda uchraydigan ko'pchilik kasalliklar buyicha foiz hisobida viloyat va respublikadagi ko'rsatkichga nisbatan ancha past.
|