5. Hududning mavjud tabiiy ekologik holatini baholash:
Loyiha qilinayotgan obyekt quriladigan joyning fiziko-geografik va iqlim sharoitlari, tuprog'i, yer ostki va yer ustki suv havzalari, o'simlik va hayvonat dunyosi, mavjud ta'sir etuvchi omillar o'rganib chiqildi. Umuman olganda hududning mavjud ekologik holati qoniqarli, atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadigan manbalar kuzatilmadi.
6. Loyixaning yechimini va texnologik yechimning alternativ variantlarini ekologik tahlil qilish:
Diplom loyihasi buyicha "Ulug’bek" mahallasida qurilishi rejalashtirilgan. Obyekt buyicha batafsil ma'lumot: eski binoni interyerlarini kengaytirish, uning o'ng tomonida sport maydoniga xizmat qiladigan yechinish xonalari, santugunlar
va inventar xonalari loyihalangan, old fasadidagi bir qavatli binoning ustida ikkinchi qavati qurilishi nazarda tutilgan.
Obyekt poydevori monolit quyma shag'al betonli, devori pishiq g'ishtli, tom yopilma monolit quyma temirbetonli. Yer ishlari hajmi Wyer 86 m3, montaj ishlari Wmon 120 m3.
Qurilishga ishlatiladigan materiallar: pishiq g'isht, temir armaturalar, sement, shag'al, qizil qum, ekskavator, ko'tarish krani texnikalari. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi quyma monolit.
Qurilish jarayoni quyidagi asosiy texnologik bosqichlardan tashkil topadi.
Qurilish maydoni o'lchamlarini aniqlash:
Poydevorlar uchun zavur qazish;
Poydevorlar tagidagi zaminni mustahkamlash va tekislash;
Bino devorlarini ko'tarish va tomini yopish;
Suvoq va pardoz ishlarini olib borish;
Elektr,suv ta'minoti va tabiiy gaz tarmoqlarini o'tkazish;
Ko'chalarni tekislash va obodonlashtirish.
Obyektning umumiy yer maydoni Fum = 602,97 m2, shundan, ko'kalamzorlashtirilgan maydon Fzel.n= 72 m2, qurilish egallagan maydon Fstr 322 m2, qattiq qoplamali (asfaltlangan, plitka yotqizilgan, betonlangan va h.k.).
Obyekt qurilishida loyiha qilingan yechimga alternativ bo'lgan yechimni ekologik nuqtai nazaridan taqqoslash (masalan bino tomi yopilmasi loyihada prof.nastildan qurilishi ko'zda tutilgan. Alternativ variant – shiferdan.
Taqqoslash: prof.nastil – ruhlangan po'lat list zanglamaydi, ranglash talab qilinmaydi, yengil, montaj ishlari ancha tezlashadi. Alternativ variant – shifer transportirovka va montaj vaqtida ko'p sinadi. Eng asosiysi shifer tarkibida asbest moddasi bor. Asbest havflilik toifasi buyicha birinchi toifaga mansub, atrof-muhitga va kishi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi).
|