• 1-jadval. Ventilyatorli yuvuvchi mashinalarining texnik xarakteristikasi
  • Lecture 10 mavzu: xom–ashyo va shisha idish yuvuvchi jihozlarni o`rnatish va ta`mirlash, pishirish, bug`latish va issiqlik almashinuv jihozlarini o`rnatish va ta’mirlash. Ventilyatorli yuvuvchi mashinalar




    Download 0.53 Mb.
    bet1/15
    Sana16.09.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #82211
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Lecture 10 mavzu xom–ashyo va shisha idish yuvuvchi jihozlarni
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

    Lecture 10
    MAVZU: XOM–ASHYO VA SHISHA IDISH YUVUVCHI JIHOZLARNI O`RNATISH VA TA`MIRLASH, PISHIRISH, BUG`LATISH VA ISSIQLIK ALMASHINUV JIHOZLARINI O`RNATISH VA TA’MIRLASH.


    Ventilyatorli yuvuvchi mashinalar. KУM–1 va KУВ–1 rusumidagi ventilyatorli yuvuvchi mashinalar korserva zavodi texnologik tizimida yumshoq va qattiq strukturali xom–ashyoni yuvish uchun ishlatiladi. Bu mashina tunuka po`latdan payvandlab yasalgan va po`lat prokat karkasga mahkamlangan vannadan iborat. Vanna ichida qiya transportyor joylashgan.
    Ventilyatorli yuvuvchi mashinalarining texnik xarakteristikasi 1-jadvalda keltirilgan.


    1-jadval. Ventilyatorli yuvuvchi mashinalarining texnik xarakteristikasi



    Ko`rsatgichlar

    KУM–1

    KУВ–1

    Ish unumdorligi (pomidor bo`yicha), kg/soat

    3000

    10000

    Suv sarfi, m3/soat

    3

    10

    Yuritma quvvati, kVt
    transportyorniki
    kompressorniki

    1,1
    3



    1,1
    3



    Gabarit o`lchamlari, mm

    3790 x 1130 x 1840

    3790 x 1545 x 1880

    Massa, kg

    824

    962

    Montajga mashina uch qism bo`lib keladi: vanna transportyor bilan, kompressor elektryuritmasi bilan va transportyor yuritmasi.


    Mashinaning montaj o`q chiziqlari belgilanadi va shu asosiy chiziqqa nisbatan karkas oyoqlariga maydonchalar quriladi. Maydonchalarda vanna karkas oyoqlarda o`rnatiladi va boltlar bilan mahkamlanadi. Mahkamlashdan oldin uning gorizontallik holati vanna devorining gorizontal yuzasi ustiga obtarozi qo`yib tekshiriladi. Po`lat prokatdan qilindan va mashina karkasiga payvandlangan maydonchada kompresser elektryuritmasi bilan o`rnatiladi va kompressor vanna bilan havo etkazib beruvchi truba orqali ulanadi. Karkasning oldingi tomonining ustida tayyorlangan maydonchada transportyorning elektrodvigateli va reduktori o`rnatiladi, reduktor va barabandagi yulduzchalar zanjir orqali ulashdan oldin transportyor qo`l bilan aylantiriladi.
    Mashinani ishlatishda quyidagi nuqsonlar uchraydi: dush qurilmasining teshiklari havo fil’trining to`ri tiqilib qoladi, barabannining tayanch podshipniklari va baraban bo`yinchasi yeyiladi, zanjir va yulduzchalar yeyiladi.
    Dush qurilmasining teshiklari havo filtrining to`ri tiqilib qolmasligi uchun davriy ravishda tozalab turiladi. Zanjirli uzatmaning tarangligi har smenada tekshiriladi. Moylash sxema va kartasiga asosan davriy ravishda ishqalanuvchi birikmalar moylanadi. Har mavsumda bir marta reduktordagi va havo havdovchi sistemada moy to`liq almashtiriladi. Har bir smenadan keyin mashina tozalab yuvib qo`yilishi kerak. Mashinani ishlatganda begona tovush chiqarsa, podshipniklar isib ketsa, mashina dar hol to`xtatilib, nosozlik bartaraf qilinishi kerak.




    Download 0.53 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 10 mavzu: xom–ashyo va shisha idish yuvuvchi jihozlarni o`rnatish va ta`mirlash, pishirish, bug`latish va issiqlik almashinuv jihozlarini o`rnatish va ta’mirlash. Ventilyatorli yuvuvchi mashinalar

    Download 0.53 Mb.