Payvandlash tokining qiymati ampermetr
10
bilan o‘lchanadi. Payvandlash
o‘zgartirgichi aravachaga o‘rnatilgan bo‘lib, uni istalgan joyga g‘ildiratib olib
borish mumkin. Texnikada har xil elektrik sxemada
ishlaydigan payvandlash
o‘zgartirgichlaridan foydalaniladi. Bular haqidagi ma’lumotlar maxsus kurslarda
beriladi.
Payvand chokning tuzilishi
Payvand
chokning
tuzilishini metall konstruksiyalarda ko’proq
ishlatiladigan kam uglerodli (S ≤ 0,3 %) po’latlar misolida ko’ramiz.
Buning
uchun payvand chok qirqimining yaxshilab silliqlangan yuzasiga maxsus eritma
ta’sir ettirib, spirt bilan artilgach, uning turli strukturali
ayrim zonalari yaqqol
ko’rinadi va bu zonalardagi struktura o’zgarishlari qonuniyatini G’ye– G’ye
3
S
diagramma asosida tushunish oson.
Ma’lumki, metallarni payvandlash prosessida asosiy metall yoy
temperaturasi ta’sirida qiziydi va qisman suyuqlanadi. Lekin, uglerodli po’latni
qizdirish temperaturasi 727
0
S dan oshmaydigan zonasida
uning payvandlashdan
oldingi strukturasi qanday bo’lsa, shundayligicha saqlanib qoladi. Demak,
payvandlashda 727
0
S dan yuqori temperaturagacha qizigan uchastkalarida
struktura o’zgarishlar sodir bo’ladi. 3-rasmda sxematik
tarzda kam uglerodli
po’latni yoy yordamida dastaki usulda payvandlanganda issiqlik ta’sir etadigan
zonaning struktura o’zgarishi keltirilgan.