Lecture 5
Mavzu:
Metallarni elektr yoy yordamida avtomatik
usulda payvandlash va jihozlardagi deformatsiyalar
Reja:
1.
Metallarni elektrik yoy yordamida avtomatikaviy usulda payvandlash
2.
Payvandlash o‘zgartirgichining tuzilishi
3.
Payvand chokning tuzilishi
4.
Jihozlardagi deformatsiyalar
Metallarni elektrik yoy yordamida avtomatikaviy usulda
payvandlash
Metallarni dastaki usulda payvandlashning serunum
usullari yaratilgani
bilan ish unumini keskin orttirish problemasi to‘la hal bo‘lgani yo‘q. Bu masala
ustida olib borilgan ishlar natijasida avtomatikaviy payvandlash usullari yaratildi.
Hozir sanoatda qalinligi 2-100
mm
bo‘lgan uglerodli va legirlangan po‘latlarni,
shuningdek, mis, alyuminiy va ularning qotishmalarini to‘g‘ri va egri chiziqli
payvandlashda avtomatik usulda payvandlashdan keng foydalanilmoqda.
Atomatikaviy payvandlashda barcha ishlar avtomatlashtirilgan bo‘lib,
payvandchining vazifasi avtomatni rostlab ishga
tushirish va ish tugagach, uni
to‘xtatishdan iborat bo‘ladi.
Payvandlash o‘zgartirgichining tuzilishi
Payvandlash o‘zgartirgichi (1-rasm) o‘zgaruvchan tokni payvandlash
yoyini ta’minlab turadigan o‘zgarmas tokka aylantirib beradi. O‘zgartirgich
umumiy korpus
1
ga joylashtirilgan tok generatori hamda elektrik dvigatel
2
dan
iborat.
Generator yakori bilan elektrik dvigatel rotori bitta valga o‘rnatilgan,
elektrik dvigatel valiga agregatni ish vaqtida sovutib
turadigan ventilyator
3
o‘tqazilgan. Valga ventilyator bilan yonma-yon payvandlash generatorining
yakori
5
o‘rnatilgan. YAkorning bo‘ylama o‘yiqlariga yakor bilan birga kollektor
6
ham bor. Bu kollektor juda ko‘p mis plastinkalardan iborat bo‘lib,
plastinkalarga yakor o‘ramining tashqariga chiqarib qo‘yilgan
uchlari
kavsharlangan.
Generatordagi magnitaviy
oqim korpusda mahkamlangan
elektromagnit
qutblari orasida
hosil bo‘ladi.