Sovuq holatda payvandlash
- payvandlanadigan qismlarni anchagina plastik
deformatsiyalagan holda, tashqi issiqlik manbalari
bilan qizdirmasdan bosim
ostida payvandlash.
Sovuq holatda payvandlash usuli plastik deformatsiyalashdan foydalanishga
asoslangan. Plastik deformatsiyalash yordamida,
payvandlanayotgan yuzadagi
mo‘rt oksid pardasi, ya’ni metallarning birikishiga halaqit beruvchi asosiy to‘siq
parchalab tashlanadi. Biriktirilayotgan metallar orasida metalli boglanishlar
yuzaga kelishi hisobiga yaxlit metall birikma hosil bo‘ladi. Ushbu bog‘lanishlar
biriktirilayotgan metallar yuzalari (2–8)∙10
-7
mm atrofida yaqinlashtirilganda
elektron bulut hosil bo‘lishi natijasida atomlar orasida yuzaga keladi.
By bulut
ikkala metall yuzaning ionlangan atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
8-rasm.
Bosim bilan payvandlash ussullarining tasnifi.
9-rasm.
Sovuq holatda payvandlash sxemasi:
1 – payvandlanayotgan detallar; 2 – puanson.
Diffuzion payvandlash
bosim ostida payvandlash usullari guruhiga kiradi,
bunda payvandlanayotgan qismlarning plastik deformatsiyalanish evaziga birikishi
erish
haroratidan past haroratda, ya’ni qattiq fazada amalga oshadi. Mazkur
usulning o‘ziga xos xususiyati shundaki, nisbatan uncha katta bo‘lmagan qoldiq
deformatsiya yuqori haroratdan foydalaniladi.
Jarayonni payvandlashda ma’lum bo‘lgan ko‘pigina
issqlik manbalaridan
foydalanib amalga oshirish mumkin. Induksion, radiatsion, elektron-nur yordamida
qizdirish, shuningdek o‘tuvchi tok bilan qizdirish hamda tuzlar eritmasida
qizdirishdan amalda eng ko‘p foydalaniladi.
Payvandlash paytida biriktirilayotgan detallar bir-biriga to‘gridan-to‘gri yoki
qatlamlar (folga yoxud kukun qistirmalar, qoplamalar) orqali tekkiziladi.
Diffuzion payvandlash ko‘pincha vakuumda olib boriladi.
Ammo jarayonni
himoya yoki tiklash gazlari yoxud ularning aralashmalari muhitida amalga oshirish
ham mumkin (nazorat qilinadigan muhitda diffuzion payvandlash). Kislorodga
uncha yaqin bo‘lmagan materiallarni payvandlashda jarayonni hatto havoda ham
olib borish mumkin. Diffuzion payvandlash
uchun muhit sifatida tuzlar
eritmalaridan ham foydalansa bo‘ladi, ular ayni paytda issiqlik manbalari vazifasini
ham bajaradi.
Diffuzion biriktirish orqali payvandlash jarayoni shartli ravishda ikki bosqichga
bo‘linadi.
Birinchi bosqichda materiallar yuqori haroratgacha qizdiriladi va bosim beriladi,
natijada
bir-biriga
tegib
turgan
yuzalardagi
mikrochiqiqlar
plastik
deformatsiyalanadi turli pardalar yemiriladi hamga yo‘qoladi. Bunda metali bir-
biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegib turuvchi (kontakt) ko‘plab qismlar (metall bog‘lar)
hosil bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda qolib ketgan mikronotekisliklar yo‘qotiladi
va singish
(diffuziya) ta’sirida o‘zaro birikish hajmiy zonasi yuzaga keladi.
10-rasm.
Diffuzion payvandlash sxemasi:
1 – yuklash tizimi; 2 – qizdirgich; 3 – detallar.