|
Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism
|
bet | 1/13 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 124,58 Kb. | | #257992 |
Bog'liq Uljan Aytjanova
Sut va sut mahsulotlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
2.1.Sut ishlab chiqarish tеxnologiyasi;
2.2.Sutning asosiy fizik-kimyoviy xossalari va sifati;
2.3.Sut mahsulotlari assortimenti.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Sut-juda qimmatli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U dispers muhit (plazmamineral tuzlar va sut qandining eritmasi), kolloid faza (oqsil va tuzlar) va kichik dispers faza (sut yog’i) dan tashkil topgan. Sutning tarkibida o’rtacha 3,8% sut yog’i, 4,7% sut qandi, 3,3% oqsil, 0,7% mineral moddalar va 87,5 % suv mavjud.
Bolalarning sog’lom bo’lishi, ularning aqliy va jismoniy jihatdan rivojlanishi
uchun sut va sut mahsulotlarining ahamiyati juda katta ekanligini hakimlar va olimlar ilmiy jihatdan isbotlaganlar. Shuning uchun yosh avlodni bunday mahsulotlar bilan ta'minlash ularning kuchli va aqlan sog’lom bo’lib o’sib, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo’shishlariga qaratilgan muhim vosita deb qarash mumkin.
Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati sut va pishloq mahsulotlari,
sariyog’ va sut konservalari ishlab chiqarish kabi asosiy tarmoqlarga ega. Sut mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog’i aholini turli pasterizatsiyalangan va sterilizatsiyalangan sut va qaymoq, achitilgan sut mahsulotlari, sariyog’, pishloq,
muzqaymoq bilan ta'minlaydi.
Oxirgi yillarda sut va sut mahsulotlarining yangi assortimentini ishlab chiqarishga e'tibor berilmoqda. Buning uchun sut mahsulotlari ishlab chiqarish
254 korxonalarini rekonstruksiyalash, ularni yangi, takomillashgan texnika va
texnologiyalar bilan boyitishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Sut va sut
mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirish-yangi fizik usullarni qo’llash yo’li bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ko’pgina mamlakatlarda yangi texnologik jarayonlar, sut mahsulotlarini infraqizil nurlar va yuqori chastotali elektr toki yordamida pasterizatsiyalash ishlari yo’lga qo’yilgan.
|
| |